Toshkent moliya insitituti
Download 23.73 Kb.
|
Документ Microsoft Word
TOSHKENT MOLIYA INSITITUTI MUSTAQIL ISH Kafedira nomi :_____________________________ Mavzu: Yaponiya davlati soliq xizmati organlarida xuquqiy maqom tushunchasi Bajardi : ______________________________________________ Qabul qildi:__________________________________________ Mavzu:Yaponiya davlati soliq xizmati organlarida xuquqiy maqom tushunchasi REJA: Yaponiya davlati haqida tushuncha. Yaponiya soliq tizimi shakllanishi. Yaponiya davlati haqida tushuncha. Yaponiya – orollardan tashkil topgan o‘ta iqtisodiy rivojlangan va taraqqiy etgan davlat. Davlat boshqaruv shakli konstitutsion – monarxiyali davlat hisoblanadi. Konstitutsiyaga asosan imperatorlik taxti merosdan merosga o‘tishi belgilangan. Xukumat ishlarini bosh vazir shug`illanadi.Yaponiya parlamenti - ikki palatadan iborat bo`lib, tashkilotchilar palatasi va maslaxatchilar palatasi bo`linadi. Tashkiliy palataga jami 480 ta deputat saylanadi. Saylanish yoshi 25 yosh va saylov muddati 4 yil belgilangan. Maslahatchilar palatasi 252 ta deputatdan tashkil topadi, shundan 98 tasini bosh vazir tomonidan tayinlanadi. Saylanish yoshi 30 yosh va saylov muddati 6 yil belgilangan. Saylovda beshta partiya ishtirok etadi. Mamlakat iqtisodiyoti yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotdir. Mamlakatda elektronika, robotsozlik, avtomobilsozlik hamda qishloq xo‘jaligi rivojlangan. Tashqi dunyoga eksport bo‘yicha kompyuterlar, elektrotexnika buyumlari va avtomobillar eksport qilinadi. Boshqa mamlakatlardan asosan kimyo mahsulotlari, yoqilg’i, temir va oziq ovqat mahsulotlarini import qiladi. Yaponiya xalq xo‘jaligida hizmat ko‘rsatish soxasi 61 foiz, sanoat 37 foiz hamda qishloq xo‘jaligi 2 foizi to‘g’ri keladi. Ishsizlik darajasi 4.2 foizni tashkil etadi. Yaponiya soliq tizimi shakllanishi. To‘g’ri va egri soliqlar 1940 yillardan boshlab rivojlana boshladi.Unda 33 foizi egri soliqlar bolsa 67 foizi esa to`g`ri soliq hisoblangan. Ushbu egallagan to‘g’ri soliqlarning 64 foizini daromad solig’i tashkil etadi. Yaponiyadagi Soliq tizimining islohotiga Amerika faylasuf professori Karls Shoupning tavsiyalari katta ta’sirini o‘tkazdi. Shundan so‘ng Yaponiya soliq tizimi rivojlanishining etaplari ishlab chiqildi: 1945-1949y.y. Iqtisodiy tartibsizlik davri. 1950-1959y.y. Iqtisodiy tiklanish va barqarorlik davri. 1960-1969y.y. Iqtisodiy rivojlanish davri. 1970-hozirgacha. Xalq farovonligini yaxshilash davri. 1997 yildagi Osiyoda valyuta inqirozi Yaponiya iqtisodini juda jiddiy ahvolga solib qo‘ydi. Iqtisodiy ahvolini yaxshilash maqsadida soliq stavkalari pasaytirila boshlandi. Shu kunga kelib Yaponiya soliq stavkalari dunyo standartlariga tenglashtirilgan. Shu sabablim 2003 yilda «Istalgan soliq sistemasi» deb nomlangan islohat amalga oshirilgan. QQS tarixidan 1949 QQS mahalliy soliq sifatida (Doktor SHoups tavsiyasi bilan kiritildi) (1954 yilda bekor qilingan) 1979 Umumiy istemol solig’i (muvaffaqiyatsizlikka uchradi) 1987 Aylanma soliq (muvaffaqiyatsizlikka uchradi) 1989 Iste’mol solig’i joriy etildi. Yaponiya soliqlari. Yaponiyada davlat va mahalliy soliqlar mavjud. Mamlakatda 3045 ta shahar, shaharchalar, rayonlarni birlashtiruvchi 47 prefektura bo‘lib, ularning har biri o‘zining mustaqil byudjetiga ega. Soliqlarning taqsimlanishi xuddi ularni to‘plashning ko‘zgudagi aksidek: Moliya resurslarining 64,2 foizi mahalliy mablag’lar sifatiga sarflanib 35,8 foizi esa umumdavlat funktsiyalarining amalga oshirilishini tag’minlaydi. Yaponiyada soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
Mamlakat byudjeti va prefekturalar byudjetlarining daromad qismi faqat soliqlargagina asoslanmaydi.Qator boshqa mamlakatlarga qaraganda Yaponiyaning soliq tushumlarining xissasi ancha yuqoridir.Soliqlar davlat byudjetiga 83,8 foizni va nosoliq mablag’lar 16,2 foizni tashkil etadi, mahalliy boshqaruv idoralari nosoliq tushumlarining chorak qismiga ega 25,3% bunga ijara haqi yer uchastkalarini va boshqa munitsipial ko‘chmas mulkni sotish, pensiyalar, jarimalar, obligatsiyalarni sotish, lotareyalardan keladigan daromadlar, qarzlar va boshqalar kiradi. Daromadlarning xuddi shu moddalariga avvalgi yil qoldig’i kiritiladi. AQSH va Yevropaning soliq tizimi kabi Yaponiyaniki soliqlarning ko‘pligi bilan harakterlanadi. Ularni xududiy boshqaruvning har bir idorasi undirish xuquqiga ega. Biroq mamlakatning barcha soliqlari qonuniy xujjatlarda qayd qilingan. Daromad solig’ining har bir turi qonun bilan to‘g’rilanadi. Mahalliy soliqlar haqidagi qonun ularning turlari va meg’yoriy stavkalarini belgilaydi qolganlarni mahalliy parlament belgilaydi. Mamalakatda jami 25 ta davlat va 30 ta mahalliy soliq bor. Ularni 3 ta asosiy gurux bo‘yicha tasniflash mumkin. Birinchi – bu xuquqiy shaxslardan bo‘lgani kabi, jismoniy shaxslardan ham undiriladigan to‘g’ri daromad soliqlari. Ikkinchi – mulk to‘g’ri soliqlari. Uchinchi to‘g’ri va bilvosita isteomol soliqlari. Byudjet asosini to‘g’ri soliqlar tashkil etib, xuquqiy va jismoniy shaxslar daromad solig’i davlatga eng yuqori daromad keltiradi. U butun soliq tushumlarining 56,4 foiziga teng. Daromad solig’ining kelib chiqishi Birlashgan Qirollik 1799 yildan kiritildi. O‘sha davrdan beri, daromad solig’i ko‘p davlatlarning soliq tizimiga kiritilgan edi va uning o‘zagidir. Shunday qilib daromad solig’i «eng yaxshi» deb ataladi. Yaponiyada 1887 yildan boshlab amal qila boshladi. Jismoniy shaxslarni daromad solig’i. Jismoniy shaxslar 4 ta stavka: 10%, 20%,30%, 37% ga bo‘lgan progressiv shkala bo‘yicha daromad solig’ini to‘laydilar.
Bundan tashqari, uchta stavka 5-10 va 15% bo‘yicha prefektura daromad solig’i mavjud.Yana mahalliy daromad soliqlari bor. Bosh ustiga har bir kishi daromad miqdoridan qat’iy nazar yiliga 3200 yen hisobidan soliq to‘laydi. Bir qarashda daromad soliqlari g’oyat yuqori ko‘rinadi, lekin shuni nazarda to‘tish kerakki g’oyat ahamiyatli soliq solinmaydigan minimum mavjud bo‘lib, u shuningdek odamning oilaviy ahvolini ham hisobga oladi. Davolashda sarflangan soliq to‘lashdan ozod qilinadi. Ko‘p bolali fuqarolar qo‘shimcha soliq imtiyozlariga ega. Tokiolik har bir kishining o‘rtacha yillik daromadi oxirgi yillarda 7100-7500 ming yenni tashkil etadi. Yaponiyaning boshqa prefekturalarida u odatda, bir qadar past. Maoshi o‘rtacha bo‘lgan kishi daromadlarining 30 foizdan ko‘prog’i daromad solig’idan ozod qilinishi mumkin.
Jismoniy shaxslar uchun daromad solig’iga nisbatan soliqqa tortiladigan eng kam miqdorni hisoblash tizimi quyidagi jadvalda berilgan: Yaponiyada jismoniy shaxslar uchun daromad solig’i bo‘yicha soliqqa tortiladigan eng kam miqdorini hisoblash tartibi
Daromad solig’ni hisoblash uchun, soliq to‘lovchining turli manbaalardan olgan daromadlari qo‘shiladi va so‘ngra daromadning umumiy summasidan turli chegirmalar ( ijtimoiy sug’urta badallari, xayotiy sug’urta va nafaqa fondi, tibbiy hizmatlarga ketadigan harajatlar hamda nogironlar qariyalar, bevalar uchun maxsus chegirmalar) inobatga olingan holda soliqqa tortilmaydigan eng kam miqdor chegirib qolinadi. Yaponiyada 4 kishidan iborat bo‘lgan oyla uchun soliqqa tortilmaydigan eng kam daromad qiymati AQSH, Germaniya, Angliya, Frantsiya kabi mamlakatlarga nisbatan ancha yuqoridir. 1.Daromad solig’ining xususiyatlari
Soliqqa tortiladigan daromad 10 kategoriya 1.Foiz daromadi 2. Dividend daromadi
2.Daromad solig’ning xususiyatlari SHaxslarning jamlangan daromadiga soliq. (Istisno: nafaqalik daromadi, yog’och daromadi, foiz, divident va boshqalar) O‘z-o‘zini baholash tizimi (Soliq to‘lovchilar o‘zlarining jami soliqlarini keyingi yilning 16 fevral va 15 martigacha topshirishlari kerak. To‘lov muddatiga binoan: keyingi yilning 15 martigacha (qayta to‘lov: bir yilda 2 marotaba (31 iyul va 30 noyabr) Soliq ushlash tizimi keng qo‘llaniladi (mehnat daromadi, foiz daromadi, dividend daromadi va b.q) Download 23.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling