Asosiy podani shakllantirish
№
|
Muomalalar mazmuni
|
Debet
|
Kpedit
|
1.
|
Xo‘jalik chorvachilik tarmog‘idan asosiy podani shakllantirish uchun yosh mollarni kirim qildi
|
0840
|
2010
|
2.
|
Asosiy podani shakllantirish uchun chetdan yosh mollar olindi
|
0840
|
6010
|
3.
|
Asosiy podani shakllantirish uchun chetdan sotib olinayotgan yosh mollar qiymatiga bank foizlarini kapitallashtirilayotgan qismi kiritildi
|
0840
|
6920
|
4.
|
Asosiy podani shakllantirish uchun boqilayotgan mollarga em-xashak uchun xarajatlar sarflandi
|
0840
|
1010
|
5.
|
Asosiy podani shakllantirish uchun boqilayotgan yosh mollarni parvarishlashda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi va yagona ijtimoiy to‘lov hisoblandi
|
0840
|
6710,
6520
|
6.
|
Yosh mollar asosiy poda tarkibiga qabul qilindi
|
0170
|
0840
|
0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar” schyotida korxonaning yer maydonini obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlari shuningdek, kirish yullari, avtomobil va boshqa transport vositalarining to‘xtash maydonlari, devoplar va ko‘kalamzoplashtirishning boshqa turlari qiymati hisobga olinadi.
Yer maydonlari, o‘rmon va suv havzalari hamda ko‘p yillik o‘simliklarga qilingan inventar xususiyatiga ega bo‘lgan kapital qo‘yilmalar, asosiy vositalar tarkibiga, kompleks ishlar tugashidan qat’iy nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli xarajatlar summasi bo‘yicha kiritiladi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida ko‘p yillik daraxt ko‘chatlari ularni ekish va o‘stirishga sarflangan kapital xarajatlar hisobini yuritishda ham ayrim muammolar mavjud. 21-son BHMSga asosan asosiy vositalar tarkibida ko‘p yillik o‘simliklar uchun alohida schyot ochilgan, lekin kapital qo‘yilmalar tarkibida ularga qilinadigan xarajatlar 0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar” schyotida olib borilishi belgilangan. Yosh ko‘chatlarni parvarishlash xarajatlari ularning bahosiga qo‘shilib boradi. Yosh daraxtlar o‘stirib bo‘lingach, ularga sarflangan jami xarajatlar ekilgan maydonga bo‘linib, bir gektar yepga sarflangan xarajatlar topiladi. Ammo, har bir gektar epga ekilgan ko‘chatlar soni har xil bo‘lishi mumkin. Bu holatda ma’lum bir gektarga sarflangan xarajatlar shu gektarga ekilgan daraxtlar soniga bo‘linib bir daraxtning haqiqiy tannarxi topiladi.
54-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |