Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
Aktiv Summa
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Balans 2 550 010 Balans
- 3-tur o‘zgarishdan keying buxgalteriya balansi ko‘rinishi
- Aktiv O‘zgarish Summa Passiv
- Balans +35000 2 585 010 Balans
- 4-tur o‘zgarishdan keying buxgalteriya balansi ko‘rinishi
- Balans 1 985 010 Balans
- 3.3. Buxgalteriya balansi turlari
- Buxgalteriya balansi turlari
Uchinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip)ga kiruvchi muomalalar balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir moddaning ko‘payishi va balansning passiv qismidagi boshqa bir moddaning shu summaga ko‘payishi bilan balansning umumiy summasi ham shu summaga ko‘payadi. Xo‘jalik operasiyasi natijasida balansning aktv va passiv moddalari bir vaqtning o‘zida bir hil summaga ko‘payadi.11 Misol: mol yetkazib beruvchilardan 35 000 ming so‘mga xom-ashyo materiallar olindi, lekin puli to‘lanmadi. Balansning aktiv qismidagi xomashyo materiallar schyoti 35 000 ming so‘mga ko‘paydi, passiv qismidagi mol yetkazib beruvchilarga to‘lanadigan schyotlar ham 35 000 ming so‘mga ko‘payadi. Uchinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. 6-jadval 3-tur o‘zgarishdan keying buxgalteriya balansi ko‘rinishi (ming so‘m)
To‘rtinchi tur o‘zgarish. Balansning aktiv va passiv qismlarida sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida balansning aktiv qismidagi bir modda va passiv qismida boshqa bir modda shu summaga kamayadi, balansning umumiy summasi ham shu summaga kamayadi. Xo‘jalik operasiya natijasida balansning aktiv va passiv moddalari bir hil summaga kamayadi.12 Misol: hisob-kitob schyotidan mol yetkazib beruvchilarga olingan xom-ashyo materiallar uchun 600 000 ming so‘m to‘landi. Balansning aktiv qismidagi hisob-kitob schyoti 600 000 ming so‘mga kamaydi, passiv qismidagi to‘lanadigan schyotlar ham 600 000 ming so‘mga kamaydi. To‘rtinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. 7-jadval 4-tur o‘zgarishdan keying buxgalteriya balansi ko‘rinishi (ming so‘m)
Yuqoridagilardan quyidagi xulosalarni qilish mumkin: I va II tipdagi o‘zgarishlar oldingi balans summasini hech qachon o‘zgartirmaydi. III va IV tipdagi o‘zgarishlar albatta oldingi balans summasini o‘zgarishiga olib keladi, jumladan uchinchi tip o‘zgarishlar balans summasini oshishiga, to‘rtinchi tip o‘zgarishlar balans summasini kamayishiga sabab bo‘ladi. Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari bir vaqtning o‘zida aktivni bir summaga oshirib, passivni esa o‘sha summaga kamaytirishi mumkin emas. Hech qachon balansdagi o‘zgarish tiplari aktivni bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga), passivni esa boshqa bir summaga ko‘paytirishga (kamaytirishga) olib kelishi mumkin emas. 3.3. Buxgalteriya balansi turlari Buxgalteriya balansining har xil turlari mavjud bo‘lib, ular quyidagi belgilari bo‘yicha tavsiflanadi: tuzilish vaqtiga ko‘ra; axborot hajmiga ko‘ra; mulkchilik shakliga ko‘ra; aks ettirish obyektiga ko‘ra; tozalash usuliga ko‘ra. 5-rasm. Buxgalteriya balansi turlari Tuzilish vaqtiga ko‘ra buxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo‘linish va birlashtirish balanslariga bo‘linadi. Kirish balansi korxonaning tashkil topish paytida tuziladi. U korxona o‘z faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi. Kirish balansida ustav kapitali ta’sis hujjatlari bo‘yicha va unga doir badallar pul mablag‘lari, boshqa mol-mulk ko‘rinishida aks ettiriladi va hokazo. Joriy balanslar korxona qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda vaqti-vaqti bilan tuzilib turiladi (oylik, choraklik, yarim yillik, yillik). Xorijiy adabiyotlarning ma’lumotlariga asosan buxgalteriya balansi tuzilishdan oldin sinov balansi qayd qilinadi. Sinov balansi – barcha hisob-kitoblarlarning debet va kredit qoldig‘ining natijasidir. Sinov balansida debet tomonidagi so‘mma kredit tomonidagi so‘mmaga mos bo‘lishi kerak. Sinov balansi buxgalteriya davrining so‘nggi kunida tayyorlanadi.13 Sinov balansi yordamida bir tashkilotning moliyaviy hisobotlarni chizish mumkin va bu keng qamrovli muvozanat ro‘yxatini beradi. Masalan, savdo faoliyatida yalpi foyda aniqlash uchun foyda va zarar tahlil qilinadi, xulosa qilishga tayyor hisobot tayyorlanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling