Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet 5110 (A) Kredit
- Debet 6710 (P) Kredit
- Debet 5010 (A) Kredit
- Debet 2010 (A) Kredit
- Debet 2510 (A) Kredit
- Debet 1030 (A) Kredit
10-rasm. 1-misoldagi muomala aks ettirilishining ko‘rinishi 2-misol. Kassadan xodimlarga 1 500 000 so‘m ish haqi berildi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida kassadagi pul mablag‘i kamaydi, xodimlar bilan ish haqi yuzasidan qarzlar ham kamaydi.
11-rasm. 2-misoldagi muomala aks ettirilishining ko‘rinishi 3-misol. Ombordan asosiy ishlab chiqarishga 1 200 000 so‘mlik va umumishlab chiqarishga 150 000 so‘mlik yoqilg‘i-moylash materiallari berildi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida ombordagi yoqilg‘i-moylash materiallari kamayadi, asosiy ishlab chiqarish va umumishlab chiqarishlarda yoqilg‘i-moylash materiallari ko‘payadi.
12-rasm. 3-misoldagi muomala aks ettirilishining ko‘rinishi Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuv usulidan schyotlarda xo‘jalik operatsiyalari to‘g‘ri aks ettirilishi ustidan nazorat olib borishda foydalaniladi. Har bir operatsiya bir xil summaga bitta schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditga yoziladi. Natijada hamma schyotlarning debet tomonidagi oborotlar jami, hamma schyotlarning kredit tomonidagi oborotlar jamiga teng bo‘lishi kerak. Shunday tenglikning bo‘lmasligi schyotlarda xatoga yo‘l qo‘yilganligidan dalolat beradi. Moliyaviy hisobda provodka berilishi.16 1. Tijoratchi biroz miqdor naqd pulda o‘zining chakana savdo biznesiga sarmoya qildi. Standart ikkiyoqlama yozuv ko‘rinishi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: Debit : naqd pul hisobi. Kredit: capital hisobi. Maqsad: ikkiyoqlama yozuv qoidasiga binoan naqd pul hisobida naqd pul tijoratchi tomonidan berilgan naqd pul qabul qilingan. Buning ma’nosi capital hisobi beriladigan hisob va naqd pul hisobi qabul qilinadigan hisob. 2. biznes tashkiloti naqd pulga offisda foydalanish uchun mebel sotib oladi. Haqiqiy ikkiyoqlama yozuv tizimida quyidagicha bo‘ladi: Debit : mebel hisobi. Kredit: naqd pul hisobi. Maqsad: bu operatsiyada mebel hisobida mebel qabul qiluvchiva naqd pul hisobida mebel uchun to‘langan pul aks etadi. 3. Biznes tashkiloti chakana savdo tovarini sotib oldi . ikkiyoqlama yozuvda quyidagicha aks etadi: Debit : Sotib olish hisobi. Kredit: Naqd pul hisobi. Maqsad: bu operatsiyada tovarni sotib olish hisobida aks etadi va naqd pul hisobida tovar uchun mol yetkazib beruvchilarga to‘langan pul aks etadi. Har bir biznesda, biznes faoliyatida asosiy mahsulot yoki Tovar sotib olingan vaqtda “ sotib olish” hisobidan foydalaniladi. 4. Biznes tashkilotimol yetkazib beruvchidan kreditga chakana savdo tovari sotib oldi. (mol yetkazib beruvchi kreditor sifatida boshqa biznes tashkilotlariga tovar va mahsulotlarini qarzga beradi) Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi: Debit : sotib olish hisobi. Kredit: Kreditor hisobi. Maqsad: bu operatsiyada sotib olish hisobida Tovar qabul qilindi, biroq mol yetkazib beruvchi sotilgan Tovar uchun hali pul olmadi kredit hisobi kreditlanadi. Kredit hisobi to‘lab berish hisobi shaklida. 5. biznes tashkiloti chakana savdo tovarini xaridorga sotdi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi: Debit: naqd pul hisobi. Kredit: sotish hisobi. Maqsad: naqd pul hisobida sotilgan Tovar uchun pul qabul qilinadi. Sotish hisobi xaridorga Tovar yetkazib berishni aks ettiradi. 6. Biznes tashkiloti chakan savdo tovarini xaridorga sotadi, ammo xaridor hali pulni to‘lamadi. Ikkiyoqlama yozuv qoidasiga ko‘ra quyidagicha aks etadi: Debit: debitorlik hisobi. Kredit: Sotish hisobi. Maqsad: Yetkazib berilgan mahsulot yoki xizmat ko‘rsatgan biznes uchun pul mablag‘ini qarz bergan shaxs debitor deb aytiladi. Debitorlik hisobining boshqacha nomlanishi olinadigan hisob varaqlar deyiladi. Bu vaziyatda debitor mahsulot qabul qilyapti; shuning uchun uning hisob raqami debitlanayapti. Sotish hisobi kreditlanadi, mahsulotni xaridorga yetkazib berishni ko‘rsatadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling