Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Download 0.85 Mb.
bet30/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

1030–“Yoqilg‘ilar” schyoti bo‘yicha
Analitik schyot kodi: 1031 Mahsulot nomi: Benzin A-80
Bahosi: 4000 so‘m O‘lchov birligi: litr




Operatsiya mazmuni


kirim


chiqim


qoldiq


miqdori


summasi


miqdori


summasi


miqdori


summasi

Oy boshiga qoldiq






1500

6000000

1

Asosiy ishlab chiqarishga
berildi



400

1600000

1100

4400000

2

Mol yetkazib beruvchilardan
qabul qilindi

500

2000000



1600

6400000

3

Yordamchi ishlab chiqarishga
berildi



800

3200000

800

3200000

4

Ma’muriyatga berildi



200

800000

600

2400000

Oborot

500

2000000

1400

5600000

600

2400000

Keltirgan misoldan ko‘rinib turibdiki, tegishli analitik schyotlarning oboroti va oxirgi qoldiqlari tegishli sintetik schyot ma’lumotlariga barobardir.

Sintetik va analitik (tahliliy) schyotning boshlang‘ich hamda oxirgi qoldiqlari o‘z tavsifi bo‘yicha analitik schyotlardagi tegishli qoldiqlarning umumiy summalariga teng bo‘lishi kerak.


Bu qoida shundan kelib chiqqanki, analitik schyotlar sintetik schyotlar ma’lumotlarini faqat batafsil ko‘rsatib beradi va unda umumiy ko‘rinishda aks ettirilgan mablag‘larning tarkibiy qismlarini ko‘rsatadi. Bu qoidaga ko‘ra, masalan, sintetik schyotdagi debet qoldiq uning rivojiga yuritiladigan analitik schyotlardagi barcha debet qoldiqlarning umumiy summasiga teng bo‘lishi kerak.
Sintetik schyotning debeti va krediti bo‘yicha aylanma summalari tahliliy schyotlari bo‘yicha aylanmalarning tegishli summalariga teng bo‘lishi kerak.
Bir sintetik schyotning aylanma summasi bilan shu sintetik schyot bo‘yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar aylanmalari summalarining tengligi shu bilan shartlanganki, analitik schyotlarga ham xuddi sintetik schyotlardagi kabi o‘sha muomalalarning o‘zi va o‘sha tomoniga yoziladi. Bunda bir nechta analitik schyotlarga yozilgan muomalalar summalari har doim pirovardida shu muomala bo‘yicha sintetik schyotda aks ettirilgan umumiy summani hosil qiladi. Hisobot davri yakunlarini chiqarish paytida sintetik va analitik schyotlarning ko‘rsatkichlari albatta solishtirib tekshirilishi kerak, chunki yo‘l qo‘yilgan nomuvofiqlikni topish va to‘g‘rilash uchun muhimdir.


4.4. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
Xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qilish va buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilayotganligini tekshirish uchun har bir mablag‘lar turi, ularning manbalari va jarayonlar bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar zarurdir.

Sintetik va analitik hisobning ma’lumotlarini tekshirishda, ma’lumotlar har oyning oxirida schyotlardan olinadi. Lekin, har bir schyotda hisobning bitta obyekti bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Barcha mablag‘larni yoki hammasini birlashtirgan xolda, ularning ayrim guruhlarini tavsiflovchi ma’lumotlar bir oydagi qoldiq va aylanmalar yakunini ko‘rsatuvchi aylanma qaydnoma (oborot vedomost)larda mujassamlanadi.


Aylanma qaydnoma (oborot vedemost) bu buxgalteriya hisobi schyotlari yordamida joriy davrda hisobga olingan ma’lumotlarni ma’lum bir vaqtga (asosan bir oyga tuziladi) umumlashtirib ko‘rsatadigan jadvalga aytiladi.
Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi:
  1. Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti;


  1. Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha oborot vedomosti.


Aylanma vedomostlarida obyektlarning boshlang‘ich qoldig‘i, oy davomidagi xarakati va oy oxirigagi qoldig‘i aks ettiriladi.


Aktiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar boshlang‘ich qoldiqqa debet oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Passiv schyotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqni topish uchun boshlang‘ich qoldiqqa kredit aylanma summasi qo‘shilib debet aylanma summasi ayriladi.
Aylanma qaydnomadagi ustunlar bir - birlariga tegishli tartibda teng keladigan debet va kredit jamilarga ega bo‘lishlari kerak. Debet va kredit bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar jamilarining tengligi balansning har xil bo‘limlarida keltirilgan bir xil mablag‘larning umumiy summalaridan iboratdir. Pul ko‘rinishida bu summalar har doim bir xil bo‘lishi kerak, chunki u aktiv va passivning jamidir. Barcha schyotlar debeti va kreditining yakunlari har xil bo‘lishi mumkin emas, chunki barcha muomalalar schyotlarda ikki yoqlama yozuv bilan aks ettiriladi. Oxirgi qoldiqlarning tengligi boshlang‘ich qoldiqlarning tengligiga o‘xshab shartlanadi.
Sintetik schyotlarda ma’lumotlar umumlashtirilib, faqat pul ko‘rsatkichida ifodalangani uchun sintetik hisob sintetik schyotlari aylanma vedomostlari quyidagicha shaklda bo‘ladi.
10-jadval

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling