Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
Sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Schyotlar raqami Schyotlarning nomi
- ______________” sintetik schyotining analitik hisob schyotlari bo‘yicha aylanma qaydnomasi
- Obyektlar nomi O‘lchov birligi Bahosi
- Oxirgi qoldiq miqdori summa
- 4.5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi Schyotlar rejasi
Sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma
20 __ yil “________________” oyi uchun
Yangi balansni tuzish uchun sintetik aylanma vedomostidagi oxirgi qoldiqlar summalaridan foydalaniladi. Gap shundaki, o‘ng tomondagi so‘ngi ustunlarda ko‘rsatilgan oxirgi qoldiqlarning barchasi birgalikda korxonaning yangi balansini anglatadi. Lekin balansni tuzish aylanma vedomostiga sintetik schyotlar qoldiqlarini balans jadvaliga mexanik o‘tkazishni anglatmaydi. Aylanma vedomosti faqat hisobot davrining oxiriga bo‘lgan korxona mablag‘lari holati to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlargagina egadir. Unda hisoblab chiqarilgan qoldiqlar, balans tuzishdan oldin tekshiriladi va aniqlanadi. Shuning uchun sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma vedomostlar ko‘pincha tekshiruv balansi deb ham nomlanadi. Analitik hisob schyotlarida esa natura va boshqa o‘lchov birliklari qo‘llanilishi ular aylanma qaydnomasi shaklinining quyidagi ko‘rinishda bo‘lishini taqazo etadi. 11-jadval “______________” sintetik schyotining analitik hisob schyotlari bo‘yicha aylanma qaydnomasi
4.5. Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi Schyotlar rejasi - buxgalteriya hisobi tizimidagi axborotning umumiy tuzilishini, uning xo‘jalik mexanizmiga muvofiq holda iqtisodiy tavsifini aniqlab beradi. Amaldagi schyotlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103 - sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (21-BHMS) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy - xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan qayd qilingan. Ushbu standart, mulk shakllaridan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2004 yil 1 yanvardan boshlab ijro etila boshladi. Ushbu schyotlar rejasini tizimga keltirilgan schyotlar ro‘yxati deb ta’riflash mumkin. Barcha schyotlar oltita qism bo‘yicha tizimga keltirilgan: Uzoq muddatli aktivlar; Joriy aktivlar; Majburiyatlar; Joriy kapital; Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi; Balansdan tashqari schyotlar. Birinchi to‘rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy hisobotning I-shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism “Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi” schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot 2-shakl tuziladi. Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda quyidagi tizimda keltirilib ko‘rsatilgan: 1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar; 2-bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralar; 3-bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan xarajatlar - joriy qismi; 4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi; 5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar; 6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar; 7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar; 8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar; 9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar. Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga mos kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga mos keladi. Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa, ikkinchi qismi to‘rt bo‘lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7) bo‘limlardan, to‘rtinchi qism bir (8-bo‘lim) bo‘limdan va beshinchi qism bir (9- bo‘lim) bo‘limdan iborat. Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan. Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab qolishni osonlashtirish va axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo etadi. Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega. Schyotning nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Chunonchi, har bir shaxsning familiyasi, uning o‘zini ramzi bo‘lganidek, schyotning nomi o‘zini anglatadi. Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning tayinlanishi va foydalanish tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir. Ayrim subyektlar tomonidan qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar rejasini taqozo etadi: birinchisi-namunali, qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasi, ikkinchisi-buxgalteriya hisobining ish schyotlar rejasi. Har bir korxona umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida tanlab olingan schyotlar miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik muomalalari hisobini ta’minlashi kerak. Hisobning barcha subyektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling