Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Mulkning butligini ta’minlash


Download 0.85 Mb.
bet12/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

Mulkning butligini ta’minlash. Bu funktsiya buxgalteriya hisobi tizimini takomillashtirish va uning nazorat funktsiyasini kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. Buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish mulkning butligini ta’minlash, turli xildagi yo‘qotishlar va talon-tarojlarning oldini olishga olib keladi. Buning uchun korxonada barcha shart-sharoitlarni yaratish lozim: omborxonalar, nazorat-o‘lchash asboblari, o‘lchash idishlari va boshqalar. Ushbu funktsiyani amalga oshirishning asosiy omili bo‘lib, o‘z vaqtida va belgilangan tarbida inventarizatsiya o‘tkazish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobda aks ettirish hisoblanadi.
Tahliliy funktsiya. Ishonchli va huquqiy asoslangan axborot korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ishlatiladi. Tahlil bu qabul qilingan qarorlar natijasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni o‘rganish hamda u orqali natijalarni yanada yaxshilash maqsadida ichki–tashqi omillarni izlash jarayonidir.
Hisob funktsiyasi korxona xo‘jalik faoliyati hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir.


2.2. Buxgalteriya hisobining obyektlari va subyektlari
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir. Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama schyotlarda aks ettiriladi. Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga binoan, buxgalteriya hisobining subyektlari bo‘lib, Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda uning tashqarisida joylashgan shu’ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi. Kichik korxonalar 20-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi va hisobotini tuzish tartibi to‘g‘risida” deb nomlangan buxgalteriya hisobining milliy standarti asosida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan tartibda yuritadilar.





Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling