3.2. Xo‘jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar
Har doim korxonada turli xildagi xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘ladi va korxonaning faoliyati ushbu operatsiyalardan tashkil topadi. Korxona omboriga materiallar kelib tushdi, ular ishlab chiqarishga berildi, ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot qabul qilindi, tayyor mahsulot xaridorlarga sotildi va sotilgan mahsulot uchun pul mablag‘i olindi, yana xom-ashyo materiali sotib olindi, xodimlarga ish haqi to‘landi, olingan foydadan soliq, yig‘im va to‘lovlar to‘landi.
Har bir xo‘jalik operatsiyasi mulk tarkibi yoki uning tashkil topish manbai yoki bir vaqtning o‘zida ham mulkda ham uning tashkil topishida o‘zgarishlarga olib keladi.
Barcha xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya balansiga ta’sir ko‘rsatadi va balansda to‘rt tipdagi o‘zgarishga olib keladi.
3-jadval
Hisobot davrining boshiga korxona qisqartirilgan balansi
(ming so‘m)
Aktiv
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
Asosiy vositalar
|
1 200 000
|
Ustav kapitali
|
1 250 000
|
Tovar-moddiy zaxiralar
|
600 000
|
Taqsimlanmagan foyda
|
450 000
|
Hisob-kitob schyoti
|
750 000
|
To‘lanadigan schyotlar
|
848 750
|
Kassa
|
10
|
Byudjetga qarzlar
|
1 260
|
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |