Balans
|
2 550 010
|
Balans
|
2 550 010
| |
Birinchi tur o‘zgarish. Bu toifa (tip, tur)ga kiruvchi muomalalar ta‘sirida balansning aktiv qismida o‘zgarish sodir bo‘lib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir modda ko‘payadi va boshqa bir modda shu summaga kamayadi. Balansning umumiy summasi esa o‘zgarmaydi. Shunday bir xo‘jalik operasiyasi natijasida balansning aktiv moddalarida o‘zgarish yuz beradi. O‘zgarish natijasi balansning umumiy summasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.9
Misol: Ishchi va xizmatchilarga ish haqi berish uchun hisob-kitob schyotidan kassaga 50 000 ming so‘m pul olib kelindi. Kassa schyoti 50 000 ming so‘mga ko‘payishi, hisob-kitob schyoti esa 50 000 ming so‘mga kamayishi sodir bo‘ladi. Birinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
4-jadval
1-tur o‘zgarishdan keying buxgalteriya balansi ko‘rinishi
(ming so‘m)
Aktiv
|
O‘zgarish
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
Asosiy vositalar
|
|
1 200 000
|
Ustav kapitali
|
1 250 000
|
Tovar-moddiy zaxiralar
|
|
600 000
|
Taqsimlanmagan foyda
|
450 000
|
Hisob-kitob schyoti
|
-50000
|
700 000
|
To‘lanadigan schyotlar
|
848 750
|
Kassa
|
+50000
|
50 010
|
Byudjetga qarzlar
|
1 260
|
Balans
|
|
2 550 010
|
Balans
|
2 550 010
|
Ikkinchi tur o‘zgarish. Sodir bo‘lgan muomala balansning passiv qismidagi moddalarga ta’sir ko‘rsatib, xo‘jalik operatsiyasi natijasida bir moddaning ko‘payishi va boshqa bir moddaning shu summaga kamayishi tushuniladi. Balansning umumiy summasi o‘zgarmaydi.
Xo‘jalik operasiyasi natijasida balansning passiv moddalarida o‘zgarish yuz beradi. O‘zgarish natijasi balansning umumiy summasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.10
Misol: taqsimlanmagan foydaning bir qismi 25 000 ming so‘m ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirildi. Taqsimlanmagan foyda schyoti 25 000 ming so‘mga kamayishi, ustav kapitali schyoti esa 25 000 ming so‘mga ko‘payishini aks ettiriladi.Ikkinchi operatsiyadan keyin balans quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi.
5-jadval
2-tur o‘zgarishdan keying buxgalteriya balansi ko‘rinishi
(ming so‘m)
Do'stlaringiz bilan baham: |