Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
Debet AKTIV SCHYOT
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktiv schyotning ko‘rinishi
- Debet PASSIV SCHYOT
- Passiv schyotning ko‘rinishi
- Tranzit schyotlarning ko‘rinishi
- 4.2. Ikkiyoqlama yozuv. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish xususiyatlari
- Ikkiyoqlama yozuv
7-rasm. Aktiv schyotning ko‘rinishi Xo‘jalik mablag‘lari turi va joylanishini ko‘rsatuvchi aktiv schyotlarning xususiyati shundaki, mablag‘larning ko‘payishi debet, mablag‘larning kamayishi esa schyotning kredit tomonida aks ettiriladi. Schyotdagi oxirgi qoldiq yoki saldo quyidagi formula orqali topiladi: So = Sb + Do – Ko. Xo‘jalik mablag‘larining manbalarini aks ettiruvchi passiv schyotlarning ko‘payishi kreditda, kamayishi esa debet tomonida ko‘rsatiladi:
8-rasm. Passiv schyotning ko‘rinishi Oxirgi qoldiq quyidagicha topiladi: So = Sb + Ko – Do. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, kontr-aktiv schyotlar xususiyati xuddi passiv schyotlar, kontr-passiv schyotlar xususiyati esa aktiv schyotlar xususiyati kabidir. Tranzit schyotlar tarkibida bo‘lgan ikkita taqqoslovchi schyotlar xususiyati umuman boshqacha, ularni quyidagi rasmda ko‘rishimiz mumkin:
9-rasm. Tranzit schyotlarning ko‘rinishi Tranzit schyotlar xususiyatiga keladigan bo‘lsak, ular daromadlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa–xuddi passiv schyot kabi talqin etiladi. Agarda xarajatlarni hisobga oluvchi tranzit schyotlar bo‘lsa aktiv schyotlar kabi ishlatiladi. 4.2. Ikkiyoqlama yozuv. Ikkiyoqlama yozuvning nazorat qilish xususiyatlari Har bir xo‘jalik operatsiyasi mablag‘ning tuzilishida yoki manbaning tuzilishida yoki bir vaqtda ham mablag‘da ham manbada bir xil summaga o‘zgarishga olib keladi. Bunday o‘zgarishlarni qayd qilish uchun buxgalteriya hisobida ikkiyoqlama yozuv usuli qo‘llaniladi. Ikkiyoqlama yozuv shunday yozuvki, uning natijasida har bir xo‘jalik operatsiyasining summasi schyotlarda ikki marotaba: bir schyot debetida va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan boshqa schyotning kreditida qayd qilinadi. Chunki xo‘jalik operatsiyalari yuzaga keltiradigan o‘zgarishlar ikkiyoqlama xususiyatga ega va hisobning ikki alohida schyotiga ta’sir etadi. 1494 yilda italiyalik matematik Luka Pacholi ikki yoqlama yozuv usulini asoslab bergan. Uning “Schyotlar va yozuvlar to‘g‘risidagi traktatida” (lot. tractatus – muhokama) yozuvlarni bir vaqtning o‘zida “bermoq” va “ega bo‘lmoq” schyotlarda aks ettirish va “bermoq” va “ega bo‘lmoq” schyotlarning summalarining yig‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan. Ikkiyoklama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan o‘zaro aloqa schyotlar korrespondentsiyasi deyiladi. Bu korrespondentsiyada qatnashuvchi schyotlar korrespondentsiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. Schyotlar korrespondentsiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deyiladi. Buxgalteriya provodkalari oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si deb, ma’lum bir xo‘jalik operatsiyasining faqat bir schyotning debeti va boshqa bir schyotning kreditida aks ettirilishiga aytiladi. Murakkab buxgalteriya provodka(o‘tkazma)si ma’lum bir operatsiyaning summasi bir schyotning debeti, boshqa bir qancha schyotlarning kreditida yoki aksincha, bir schyotning krediti va bir nechta schyotlarning debetida aks ettirilishidir. Xo‘jalik operatsiyalarini schyotlarda ikkiyoqlama yozuv usuli bilan aks ettirish tartibini quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin. 1-misol. Bankdagi hisob-kitob schyotidan kassaga 1 500 000 so‘m naqd pul olib kelindi. Ushbu xo‘jalik operatsiyasi natijasida bankdagi hisob-kitob schyotida pul mablag‘i kamaydi, kassada esa shu summaga ko‘paydi. Bu schyotlarning ikkalasi ham aktiv schyotlardir.
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling