Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Hujjatlar va ular haqida tushuncha


Download 0.85 Mb.
bet39/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

6.1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha
Buxgalteriya hisobi uslubi elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.

Buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish va yuritishda hujjatlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki, korxonada sodir bo‘lgan har bir xo‘jalik muomalasi hujjatlashtirilgan taqdirdagina, uning uzluksiz hisobga olinishi ta’minlanadi. Shu bilan birgalikda hujjatlardagi ma’lumotlar korxonada sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalarining ishonchliligini ta’minlaydi.


Xo‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish korxonani operativ boshqarishga samarali ta’sir ko‘rsatadi, boshqaruv xodimlarining o‘z vazifalarini suiiste’mol qilmasdan, vijdonan bajarishini ta’minlaydi.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlashdan iboratdir.
Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak.
Buxgalteriya hisobida hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va aks ettirish, shuningdek korxonada hujjatlar aylanishi tartibi maxsus Nizom18da belgilangan.
Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o‘z vaqtida kelib tushmasligi va ularni buxgalteriya hisobida kechiqib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo‘qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘tkazilayotgan xo‘jalik muomala-lariga doir hujjatlar harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter tomonidan ham o‘zaro ikki tomonlama nazorat yo‘lga qo‘yilishi lozim. Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo‘lga qo‘yish va mas’ul ijrochilarni ko‘rsatgan holda hujjatlar oborotining turli bosqich chizmalar ko‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish kerak bo‘ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling