Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev


Download 0.85 Mb.
bet40/150
Sana21.10.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1714849
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   150
Bog'liq
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org

6.2. Hujjatlarning turlari
Korxonalarda sodir bo‘ladigan muomalalar o‘zlarining mazmunlariga ko‘ra har xildir. Hujjatlar o‘rtasidagi farqlar shuningdek ulardan hisob ishlarida foydalanishning xususiyatlari bilan ham shartlanadi. Shu munosabat bilan hujjatlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri ko‘llash uchun ularni barcha turlarini yaxshi bilib olish kerak bo‘ladi. Buning uchun hujjatlarni ma’lum bir xususiyatiga qarab tasniflash zarur (14-rasm).

Buxgalteriya hujjatlari quyidagi belgilarga qarab turkumlanadi: qanday maqsadlarga tayinlanganligi, tuzish tartibi va muomalalarni qamrab olishligi.


Hujjatlar qanday maqsadga tayinlanganligiga qarab farmoyish, isbotlovchi, buxgalteriya rasmiylashtiruvchi va aralash (kombinatsiyalashtirilgan) turlarga bo‘linadi.
Farmoyish deb, u yoki bu xo‘jalik muomalalarini bajarish to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish)ga ega bo‘lgan hujjatlarga aytiladi. Ularga buyruqlar, cheklar, ishonchnomalar va boshqalar kiradi. Ularning asosiy vazifasi rahbar xodimlarning topshirig‘i bevosita bajaruvchilarga topshirishdan iborat. Ko‘pchilik muomalalar faqat farmoyish hujjatlari mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Masalan, navbatdagi ta’til uchun ish haqi faqat mazkur xodimni ta’tilga chiqarish haqida buyruq bo‘lsagina to‘lanadi.
14-rasm. Buxgalteriya hujjatlarining turkumlanishi

Farmoyish hujjatlari xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi faktorlarga ega emas, shuning uchun ular o‘zlaricha muomalalarni hisobda aks ettirish uchun asos bo‘la olmaydi. Ko‘pincha farmoyish ma’lum hujjatda berilib, shu hujjatning o‘zida keyinchalik shubu muomala rasmiylashtiriladi. Bir nechta funktsiyaning bitta hujjatda bunday birlashtirish aralash (kobinatsiyalashtirilgan) hujjatlarni vujudga keltiradi.
Isbotlovchi (yoki tasdiqlovchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan muomalalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular muomalalar sodir bo‘lish daqiqasida tuziladi va ushbu muomalalarni hisobda qayd qilishning birinchi bosqichini anglatadi.
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo‘lib kirim orderlari hisoblanadi.
Kirim orderlari korxona omboriga kelib tushayotgan moddiy boyliklarni rasmilashtirish uchun ishlatiladi. Uning shakli kelib tushgan boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar buxgalteriyada keyinchalik qanday ishlashi (qo‘l bilanmi yoki hisoblash mashinalaridami)ga bog‘liq.
Shuni nazarda tutish kerakki, hozirgi paytda hujjatlarning isbotlovchi funktsiyalarini faqat muomalalarni bajarish haqidagi farmoyishlar unsurlari bilangina emas, balki ularning buxgalteriya rasmiylashtiruv unsurlari bilan ham birlashib yuritishga harakat qilmoqdalar. Shuning uchun ko‘pchilik xo‘jalik muomalalari alohida isbotlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilmoqda.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling