Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev
Banklarda hisob-kitob schyotlarini ochish tartibi
Download 0.85 Mb.
|
Toshkent moliya instituti a. A. Karimov, J. E. Kurbanbayev-www.hozir.org
11.4. Banklarda hisob-kitob schyotlarini ochish tartibi
Xo‘jalik subyektlarida mavjud pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish va ularni samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag‘lar va majburiyatlarni o‘z vaqtida so‘ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009 yil 16 martdagi 7/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga asosan banklarda schyot ochiladi. Banklarda quyidagi turdagi bank hisobvaraqlari ochish mumkin: a) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari; b) jamg‘arma depozit hisobvaraqlari; c) muddatli depozit hisobvaraqlari; d) ssuda hisobvaraqlari; e) boshqa depozit hisobvaraqlari. Xo‘jalik yurituvchi subyektning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i uning asosiy hisobvarag‘i hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy hisobvarag‘ini ochgandan keyin milliy va chet el valyutasida ochadigan barcha talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uning ikkilamchi hisobvaraqlari hisoblanadi. Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochilayotganda, bank hisobvarag‘i shartnomasi tuziladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasida bank mijozning hisobvarag‘iga kelib tushayotgan mablag‘larni hisobvaraqqa kirim qilish va uni kiritib qo‘yish, mijozning hisobvaraqdagi mablag‘larni tasarruf etish borasidagi topshiriqlarini ijro etish shartlari, bu boradagi mijoz hamda bank huquqlari va majburiyatlari, bank xizmatlari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan komissiyalar hamda boshqa shartlar belgilab olinadi. Bank hisobvarag‘i shartnomasida mijozlarning bank hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘larni kiritib qo‘yganlik uchun (kredit aylanmasi uchun) vositachilik haqi undirish borasida shart belgilanishi taqiqlanadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda dehqon xo‘jaliklari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: a) hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; b) tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni xorijdan olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan berilgan Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluvchi yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi; c) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; d) imzolar namunalari va muhr izi qo‘yilgan ikki dona varaqcha. e) tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar tomonidan ta’sis hujjatlari (ta’sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi boshqa korxonalarning ta’sis hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari; f) mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni o‘rnini bosadigan hujjat). Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli ko‘rsatilgandan so‘ng, bank tomonidan undan nusxa olinadi. Mikrofirmalar uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzo namunasini taqdim etish talab etilmaydi. Bankning talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: 1) mijozning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘lari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo‘lsa, agar bunday summa bank tomonidan bu haqda mijozni ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa; 2) bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu hisobvaraq bo‘yicha bir yil davomida operatsiyalar amalga oshirilmagan bo‘lsa. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling