Toshkent moliya instituti andijon fakulteti


Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonda


Download 0.63 Mb.
bet7/8
Sana07.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1175564
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
UMAROVA NILUFAR WORD

Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonda


Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin.
Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin.
ko'plab sohalardagi monopoliya;
internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi;
fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;
qonunchilikning shaffof emasligi;
axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;
ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab qolganligi).
Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi.

Raqamli iqtisodiyot - bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimi. Ilk bor 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negro Konte tomonidan “raqamli iqtisodiyot” termini amaliyotga kiritilgan.


Iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi sonining oshishi, resurslarning cheklanganligi, undan oqilona foydalanish zaruriyati, informatsion ma’lumotlarning ko‘payishi iqtisodiyotni raqamlashtirish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda iste’mol tovarlari xarid qilishda, maishiy xizmatlar va umuman, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim tarbiyaga ham “raqamli iqtisodiyot” shiddat bilan kirib kelmoqda. Chunki raqamli iqtisodiyot bizning xohishimizga qarab emas, balki davr talabiga ko‘ra kirib kelmoqda.
Raqamli iqtisodiyot ko‘pincha veb sayt, elektron hukumat, internet iqtisodiyoti kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib, uning ijobiy tomonlari ko‘p. Bular resurslarni, vaqtni tejash bilan birga, nisbatan sifatliroq, qulay tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Misol uchun, avval tovar va xizmatlarni naqd pulga sotib olgan bo‘lsak, endilikda plastik kartochkamiz orqali haq to‘layapmiz. Bu ham raqamli iqtisodiyotning bir ko‘rinishi aslida. Buning naqadar qulayligini sezib turibmiz. Bu tushunchani yanada aniqroq bilish uchun raqamli iqtisodiyot amaliyotga kiritilgan AQSh va mamlakatimizda avtomobil sotib olish tartibini solishtirib ko‘rsak.
O‘zbekistonda avtomobil sotib olish uchun avtosalonga 100 foiz pulni naqd, plastik kartochka yoki pul ko‘chirish yo‘li bilan to‘lash mumkin. Yoki avtomobil narxining katta qismini to‘lab, qolganiga kredit rasmiylashtirsangiz ham bo‘ladi. AQShda esa avtomobil sotib olish biroz boshqacha. Ularda deyarli barcha avtomobillar (eski mashinalardan tashqari) kreditga yoki lizingga sotib olinadi. Avtomashinaning puli to‘liq to‘lab bo‘lingandan keyingina sizga texnik pasporti beriladi.
Sizdan talab qilinadigan hujjat haydovchilik guvohnomasi, social security - ijtimoiy ta’minot (bizdagi soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami STIR) va bank plastik kartochkasi. Avtosalonning o‘zida sizning ma’lumotlaringiz yagona informatsion bazadan tekshirilib, bankdagi “kredit tarixi”ngizga e’tibor beriladi. Ya’ni, sizning moliyaviy manbaingiz, daromadingiz va hokazolar. Bankdagi mablag‘ingizning kelib chiqish tarixi kuzatiladi. Barcha soliqlarni to‘lab to‘plagan “toza” pulingiz miqdorida be’malol avtomashina sotib olishingiz mumkin. Nafaqat avtomashina, balki uy-joy va boshqa qimmatbaho tovarlarni sotib olishingizga bank kafolat beradi. Qanchalik “kredit tarixi”ngiz ko‘p bo‘lsa, siz shunchalik “ishonchli” mijoz. “Ishonch” stajga qarab shuncha arzon, imtiyozli uzoq muddatga va katta miqdorda kredit beriladi. Bank kafolati berilgan zahotiyoq avtomashinani 1 kun ichida avtosalondan olib chiqish mumkin. Ya’ni, ortiqcha mablag‘ga uy-joy, birorta ko‘chmas mulk, mashina yoki qimmatbaho biror narsa xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, albatta mablag‘ning kelib chiqish manbasi so‘raladi. Shaffoflik, korrupsiyaga qarshi kurash aynan shu yerdan boshlanadi. Mobodo, avtomobil avariyaga uchrasa, mijozga boshqa mashina sotib olguncha qisqa muddatga boshqa mashina beriladi. Shuning uchun AQShda deyarli barcha avtomashinalar kredit yoki lizing shaklida sotib olinadi, avtomashina qiymatini to‘liq to‘lab sotib olish deyarli yo‘q.
Raqamlashtirilgan ma’lumotlardan to‘g‘ri, oqilona, operativ foydalanish ham muhim ahamiyatni kasb etadi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish darajasi bo‘yicha AQSh O‘zbekistondan ancha baland bo‘lsa-da, undan foydalanish darajasi ayrim sohalarda past.
Masalan, hozirda dunyoni xavfga solib turgan koronavirus pandemiyasi muammosini olib ko‘rsak. AQShdek qudratli davlat sog‘liqni saqlash doirasidagi informatsion ma’lumotlardan operativ, samarali foydalanmaganligi tufayli juda katta talafot ko‘rmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 yanvardagi murojaatnomasida “Ertaga juda kech bo‘ladi”, degan so‘zlarini eslang. Hali ham vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli nisbatan kam talafot bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashmoqdamiz. Kun sayin, soat sayin koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa yetkazilib borilmoqda. Kasallikka chalinganlar, sog‘ayganlar, karantindagilar soni, uning o‘sishi, viloyatlar kesimida, jinsi, yoshiga qarab ularning taqsimoti kabi chuqur tahlil qilinmoqda. Bularning hammasi raqamlar. Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida operativ ma’lumotlarga ishlov berilib koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda.
Boshqa misol keltirsak, bugungi ob-havo, aprelning birinchi o‘n kunligida yoqqan qor qanchalik zarar yetkazganligini tasavvur qilish qiyin. Sinoptiklarning, Favqulodda vaziyatlar vazirligining oldindan ma’lumotlarga ega bo‘lishi, ommaviy axborot vositalari orqali aholiga oldindan yetkazilishi, ogohlantirilishi nisbatan katta talafotlarning oldini oldi. Xo‘sh iqtisodiyotchi?
Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan, novvoyxona, oziq-ovqat do‘konlari, dorixona va hokazolar bevosita sog‘liqni saqlash, mudofaa, ichki tartib intizom, hokimiyat, qonunchilik organlari kabilar faoliyatini alohida-alohida tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shuning uchun, u sog‘liqni saqlashmi, favqulodda vaziyat faoliyati-mi, sanoat korxonasi-mi, maktab yoki oliy ta’lim muassasasi bo‘ladimi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida faoliyatni raqamlashtirish zarur.
Albatta, “inson omili” degan tushuncha bor. Hech qachon har qanday ilg‘or texnologiya inson ishtirokisiz amalga oshmaydi. Uni yuqori malakali mutaxassis boshqaradi.  faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Deputat Nodir Jumayev bu boradagi mulohazalarini bayon etdi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling