Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Byudjet siyosatining asosiy maqsadi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
Byudjet siyosatining asosiy maqsadi
– jamiyatda yaratilgan boylik va ne’matlarning jamiyat a’zolari o’rtasida maksimal darajada adolatli taqsimlanishini ta’minlashdan iborat. 69 qondirilayotganligini, qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar qanchalik darajada muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini to‘g‘ri belgilash, holis baholash lozim. Byudjet siyosatining mazmuni ko‘pqirrali bo‘lib, quyidagilarni amalga oshirish orqali hayotga tatbiq etiladi: 1. Byudjet munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan kontsepsiyalarini ishlab chiqish.Bu konsepsiyalar quyidagilarni o‘rganish asosida ishlab chiqiladi: − iqtisodiy qonunlar talablarini o‘rganish; − milliy xo‘jalik holatini har tomonlama tahlil qilish; − ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o‘rganish; − aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganish. 2. Istiqbolda va joriy davr mobaynida byudjetdan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish. Bunda iqtisodiy va moliyaviy siyosatda belgilangan maqsadlarga erishish yo‘llaridan kelib chiqiladi, xalqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy resurslarni yanada ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. 3. Qo‘yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy xatti-harakatlar qilish, chora-tadbirlar belgilash, maqbul byudjet mexanizmining dastak va vositalarini ishlab chiqish. Faqat hozirgi kundagi joriy davrga mo‘ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan siyosat samarasizdir, shuningdek, uzoq davrni mo‘ljallab, istiqbolni ko‘zlab ishlab chiqilgan kontsepsiyalar va yo‘nalishlar, ular qanchalik olijanob, jozibali bo‘lmasin, davlatning tegishli amaliy xatti-harakatlari, ta’sirchan dastak va vositalari bilan ta’minlanmasa, inqirozga yuz tutadi, ko‘zlangan maqsadlar amalga oshirilmay qoladi. Davlat oldida turgan va muayyan davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarning xarakteri, murakkabligi va ko‘zlangan davrning uzoqligiga ko‘ra byudjet siyosati: − byudjet strategiyasi; 70 − byudjet taktikasidan iborat. Byudjet strategiyasi uzoq muddatli maqsadlarni tanlash va maqsadli dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlariga safarbar qilishni nazarda tutadi. Masalan, mustaqillikning dastlabki yillarida byudjet strategiyasining asosiy vazifalaridan biri – byudjetning barqarorligini ta’minlash, ortib borayotgan byudjet defitsitini jilovlash bo‘lgan bo‘lsa, bu vazifani bajarish uchun: ma’muriy- buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri uchun xos bo‘lgan yangi byudjet qonunchiligini ishlab chiqish; mustaqil davlatning yangi soliq tizimini shakllantirish; byudjetning xarajatlar qismini qayta tuzish; byudjet daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish kabi chora-tadbirlar belgilandi va ma’lum muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi. Byudjet siyosatining strategiyasi va taktikasi o‘zaro bog‘liqdir. Strategik vazifalarni hal qilish uchun taktika qulay shart-sharoit yaratadi. Taktika iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning hal qiluvchi sohalarini, rivojlanishning muhim muammolarini aniqlab, moliya-byudjet munosabatlarini tashkil etish shakllari va usullarini o‘z vaqtida o‘zgartirish yo‘li bilan strategiya belgilab bergan vazifalarni qisqa muddat ichida, eng kam xarajatlar bilan amalda bajaradi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling