Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
13 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni, O‘R QHT, 2017 y., 6-son, 70-modda 14 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga sharh. 76 Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilab olindi, ular quyidagilardan iborat: 1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangila- nishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. Xususan, “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan yo‘nalish yaqin va o‘rta istiqbolda quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi: − makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, − milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, − qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, − iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, − xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, − kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, − hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiy ettirish, − investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish. Yuqorida sanab o‘tilgan ustuvorliklarni bajarish byudjet-soliq siyosatida ham muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirish zarurligini nazarda tutadi. Bugungi kunda mamlakatimizda byudjet sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida aholi turmushfarovonligini yuksaltirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kichik 77 biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojiga keng imkoniyat yaratish maqsadlari mujassamlashgan. Xususan, iqtisodiyotda soliq yukini yanada kamay- tirish, soliq solish mexanizmini soddalashtirish hamda soliq ma’murchiligini tako- millashtirish borasidagi chora-tadbirlar ana shu maqsad ro‘yobiga qaratilgan. Ma’lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida har yili Byudjet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari qabul qilinadi. Yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan soliq va byudjet siyosati pirovardida aholining turmush farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan. Xususan, 2018-yilga mo‘ljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarida soliq yukini yanada qisqartirish, soliq va majburiy to‘lovlar miqdorini kamaytirish, mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash va ularning mustaqilligini oshirish, mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda byudjetga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash belgilangan. Soliq siyosatida amalga kiritilgan o‘ zgarishlar soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to‘lovchilarga har tomonlama ko‘maklashishga, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqishga va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga, soliq nazoratiga oid zamonaviy uslublarni joriy etishga, soliqqa tortish borasida muammoli masalalarning kamayishiga, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida va to‘liq hajmda tushishi ta’minlanishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida byudjet tizimini qayta ko‘rib chiqish, byudjet daromadlari va xarajatlarining xalqimiz uchun ochiq- oshkora bo‘lishini ta’minlash zarurligini ta’kidlagan edi. Zero, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ochiqlik, mamlakat byudjetining taqsimlanishi va sarflanishidagi shaffoflik chinakam xalq hokimiyatini qaror toptirish va fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning muhim shartidir. Ushbu holatlar mamlakatimizda yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan byudjet-soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishda inobatga olingan. 78 Xulosa qilib aytganda, byudjet-soliq sohasida bo‘layotgan yangiliklar, byudjet-soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar mamlakatimizda ishlab chiqarish, kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash, aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling