Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
8-BOB. DAVLAT BYUDJETI
8.1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo‘nalishdagi iqtisodiy maktablar vakillari bo‘lgan iqtisodchi olimlar turlicha yondoshganlar. Masalan, nomi keltirilgan o‘quv qo‘llanmada “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo‘shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo‘lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi” 18 , - deb izohlangan. Agar xorijiy adabiyotlardagi “davlat byudjeti” tushunchasining talqiniga nazar tashlasak, masalan, “Public budgeting systems” 19 nomli qo‘llanmada keltirilishicha, “davlat byudjetining kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib borilishi davlat boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlik va mas’uliyatga chaqirishga bo‘lgan intilish bilan bog‘liq” 20 .“Demokratik jamiyatda byudjet – bu hukumatning kuch va imkoniyatlarini cheklash, bir qolipga solish vositasi sifatida qaralishi mumkin” 21 . Bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda uning: - iqtisodiy kategoriya sifatida; - moddiy tushuncha sifatida; - huquqiykategoriyasifatidamavjudekanligivaamalqilishinazardatutilgan (8.1-rasm). 18 Malikov T.S., Xaydarov N.H.Davlat byudjeti.O‘quv qo‘llanma– T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 2007. 5-b. 19 Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson,Philip G. Joyce. Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. 20 White,M.(1978). Budget policy: where does it begin andend?GovernmentalFinance,7, 2-9. Credits W. F.Willoughby's The problemofa nationalbudget (1919) with anearly statement ofbudgetingasa process for holding government accountable. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling