Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. DAVLAT MOLIYASINING MOHIYATI VA AHAMIYATI 2.1. Davlat moliyasining mohiyati va ahamiyati
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Davlat moliyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishini tushuntirib bering. 2. Davlat moliyasi mamlakat moliya tizimida qanday o‘rin egallaydi, uning boshqa bo‘g‘inlari bilan qanday munosabatlarga kirishadi? Mavzu yuzasidan topshiriqlar 1. Turli iqtisodiy maktab vakillari tomonidan “Davlat moliyasi” tushunchasiga berilgan ta’riflarni aniqlang, ularning davlat moliyasining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq ma’lumotlarini solishtiring. 2. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotning davlat moliyasi orqali qayta taqsimlash nisbatlarini xarakterlovchi ma’lumotlarni to‘plang, solishtiring va taqsimlash nisbatlarining turlicha bo‘lish sabablarini tushuntirib bering. 11 2-BOB. DAVLAT MOLIYASINING MOHIYATI VA AHAMIYATI 2.1. Davlat moliyasining mohiyati va ahamiyati Davlat moliyasi davlatning markazlashgan pul daromadlarini shakllantirish va ulardan o‘z funksiyalarini to‘laqonli bajarish maqsadida turli yo‘nalishlarda foydalanish bilan bog‘liq munosabatlar yig‘indisidir. Bu munosabatlarning turli- tumanligi asosida davlat moliyasining bir qator aniq tashkiliy shakllari shakllanadi. Bular: − davlat byudjeti; − davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari; − davlat krediti; − davlat korxonalari moliyasi. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a’zolarining ortib borayotgan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta’minlash bo‘yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo‘ladigan pul munosabatlari yig‘indisidir. Davlat moliyasi sohasida sodir bo‘ladigan pul munosabatlarining subyektlari bo‘lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar. Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xilda emas: uning tarkibida alohida bo‘g‘inlarni ajratib ko‘rsatish mumkin, ularning har biri o‘ziga xos funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalari, davlat krediti,davlat korxonalari moliyasi (2.1-rasm). Har bir bo‘g‘inning turlicha 12 funksional tayinlanishga ega ekanligidan davlat keng miqyosdagi iqtisodiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni hal qiladi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling