Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
UO‘K: KBK: ISBN ©B. Nurmuхamedova, Sh. Xamdamov, 2020 ©“IQTISOD-MOLIYA”, 2020 3 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli, 2017- yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli, 2018-yil 4-iyundagi “2018/2019-o‘quv yilida O‘zbekiston Rspublikasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishgan qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769-sonli, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasa- larida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining 2018-yil 4-apreldagi 5002-xx-sonli topshirig‘ida belgilan- gan talablar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining shu mazmundagi tegishli buyruqlarida belgilangan vazifalar ichida oliy ta’lim yo‘nalish(mutaxassislik)lari o‘quv rejalari fanlariningo‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirib borish alohida o‘rin tutadi. Fanlarningo‘quv-uslubiy ta’minotining asosini avvalo ushbu fanlarning o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadigan darslik va o‘quv qo‘llanmalari tashkil etadi va fanlarni o‘zlashtirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish konsepsiyasi talablariga ko‘ra, o‘quv-uslubiy ta’minot materiallari mazmunan va uslubiy jihatdan tizimlashgan bo‘lishi, tarkibiy komponentlarining o‘zaro uzviyligi ta’minlanishi hamda ta’lim oluvchi o‘z qobiliyatini namoyish etishiga yordam berishi zarur. Davlatning qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish ma’lum moliyaviy asosni talab etadi. Bu borada davlat moliyasini boshqarish tizimidagi islohotlar doirasida amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar, davlat moliyasning mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallab turganligidan dalolat beradi. Shu ma’noda etiboringizga taqdim etilayotgan darslikda davlat moliya munosabatlarini tashkil qilishning huquqiy asoslari, davlat 4 moliyasini boshqarish, tartibga solish masalalari, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tizimi, davlat moliyasining holatlari va byudjet taqchilligi, turli soha va tarmoqlardagi davlat korxonalarini tashkil qilish asoslari, shuningdek, davlat moliyaviy nazoratini tashkil qilish masalalari fanning o‘quv dasturiga kirgan mavzular doirasida bayon qilingan. Oliy ta’limning “Moliya”, “Kasb ta’limi” (“Moliya”), “Korporativ moliya” kabi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv adabiyotining davlat moliyasi bo‘yicha nazariy bilimlarni egallashlarida boshqa ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalarga ham ishonchli yordamchi bo‘ladi hamda oliy ta’lim tizimi professor-o‘qituvchilari uchun dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi, deb umid bildiramiz. Darslikning yaratilishiga hissa qo‘shgan barcha professor-o‘qituvchilarga hamda taqrizchilar – i.f.d., prof. T.Malikov va DSc, prof. D.Po‘latovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, shuningdek, darslikning shakli va mazmunini yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling