Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
6
“Xalq so‘zi” gazetasi 2010 yil 15 yanvar, №10 (4925) 58 Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 7 soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash, joriy etish, hisoblab chiqarish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lash shuningdek soliq majburi- yatlarini bajarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. Kodeks 64 ta bob, 392 moddadan iborat bo‘lib, u soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me’yor va qoidalarni mujassamlashtirgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjatga aylandi. Jumladan, yangi Kodeksda iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan Prezident farmonlari va qarorlarida bayon etilgan normalar to‘liq ifodasini topgan. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining tadbirkorlar imkoniyatlarini kengaytirish va manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati katta. Unga muvofiq, soliqqa tortish masalalarida baxsli holatlar yuzaga kelganda, masala soliq to‘lovchi foydasiga hal etiladi. Soliq kodeksiga (avvalgi tahrirdagi kodeksda mavjud bo‘lmagan) soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi kiritildi, ya’ni soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchi foydasiga talqin etiladi va bu Soliq kodeksining tamoyillarida alohida belgilab qo‘yildi. Soliq kodeksining 6-11-moddalariga muvofiq, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va yuqorida ta’kidlanganidek, soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qoidalari Kodeksda belgilangan ushbu prinsiplarga zid bo‘lishi mumkin emas. Bundan tashqari, Soliq kodeksining soliq ma’murchiligi masalalariga bag‘ishlangan umumiy qismi avvalgisiga nisbatan tubdan o‘zgartirildi va kengaytirildi. Mazkur qismda fuqarolarga sodda va tushunarli bo‘lishi uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushunchalariga, shuningdek, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor kabi tushunchalarga alohida ta’riflar berildi.Endilikda barcha soliq to‘lovchilar soliqlarni qaysi maqsadda to‘layotgan- 7 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 1-son, 1-modda 59 liklari to‘g‘risida to‘liq va kengroq tasavvurga ega bo‘ladilar, bu esa, o‘z navbatida, soliq madaniyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Soliq kodeksida soliq nazoratining shakllari ham belgilanib, ularning mazmun-mohiyati alohida moddalarda aniq-ravshan tarzda yoritildi. Chunonchi, unda soliq tekshiruvlari tushunchasi va ularning shakllari, soliq tekshiruvlarining turlari, ishtirokchilari, tekshiruvni o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan holatlar, muddatlar, uning davriyligi hamda soliq tekshiruvlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida tushunchalar ochib berildi. “Soliq nazorati” bobida, jumladan, kameral nazorat, xronometraj masalalari yoritilgan. Ularni o‘tkazish tartibi, muddatlari, davriyligi hamda ularni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Soliq kodeksi soliq masalalarini tartibga soluvchi barcha me’yor va qoida- larni mujassamlashtirgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjatga aylantirilganligi bois, uning amalga kiritilishi munosabati bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bir qator qonun hujjatlari butunlay bekor qilindi. “Muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘ri- sida”gi, “Patta to‘lovi to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir. Lekin keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18- iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni talablarini amalga oshirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, respublika va mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirishning qo‘shimcha zaxiralarini aniqlash, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, xorij mamlakatlarining soliq qonunchiligi va ma’muriyatchiligi sohasidagi sinalgan ilg‘or yutuqlarini implementatsiya qilish ishlari qoniqarsizligicha qolmoqda. Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2018-yil 13-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilindi. Farmoyishda Soliq 60 ma’muriyatchiligi va soliqqa tortishning zamonaviy usullarini, soliqlarning to‘liq yig‘iluvchanligi va byudjetga o‘z vaqtida tushishi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-byudjet siyosatini yanada takomillashtirish, byudjet jarayoni shaffofligi darajasini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, birinchi bosqichda – 2018-yil 1-aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi loyihasini ikkinchi bosqichda – 2018-yil 1-iyul kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi yangi tahriri loyihasini ishlab chiqishni ta’minlash belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri- ni ishlab chiqishga xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilish nazarda tutildi. Xulosa qilib aytganda, Soliq kodeksi mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal sur’atlar bilan o‘sishiga, uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirishga, xususan, tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatining izchil rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan siyosatni davom ettirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. U soliq tizimi va soliq munosabatlarini unifikatsiya qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivojlantirishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini yanada kuchay- tirish, yurtimizda islohotlarni amalga oshirish uchun ilg‘or zamonaviy soliq solish tizimiga mos keladigan va byudjetning daromad qismining shakllanishini barqaror ravishda ta’minlaydigan hamda iqtisodiy o‘sishga ta’sirchan omil bo‘ladigan samarali soliq tizimi barpo etilishini ta’minlaydi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling