Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Davlat moliyasining umumiy moliyaviy munosabatlar tarkibidagi o‘rni va
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
2.2. Davlat moliyasining umumiy moliyaviy munosabatlar tarkibidagi o‘rni va ahamiyati Davlat moliyasini tashkil etish va ishlash tamoyillarini belgilab olish muhim metodologik omil sanalib, bu iqtisodiyotning davlat va mahalliy sektorlarini rivojlantirishga moliyaning ta’sir yo‘nalishlarini aniqlash, ularni ishlash mezonlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Davlat va mahalliy moliya axborot oqimlariga tayanadi. Hukumat qarorlarini qabul qilish axborotlar majmuiga asoslangan. Kelib tushayotgan axborotlar tahlili 2 И.Н.Мысляева Государственные и муниципиальные финансы .-М.:Инфра-М, 2013.-С.393 3 Бабич А.М., Павлова Л.Н. Государственные и муниципальные финансы/Система государственного и муниципального управления: Учебник для студентов вузов, обучающихся по специальностям “Государственные и муниципальные финансы’, ‘Юриспруденция’, ‘Политология’ - 2-е изд., перераб. и доп. (ГРИФ) /Мухаев Р.Т. ; Мухаев Р. Т. ; 2009; Юнити-Дана 14 qaror qabul qilish vaqtida ham, uni bajarish jarayonini nazorat qilishda ham muhimdir. Ushbu axborotlar tezkor va statistik hisobotlarda, shartnoma va bitimlarda, hisoblashish hujjatlari va boshqalarda mujassam bo‘ladi. Davlat moliyasi aniq maqsadli yo‘nalishga ega. Ular jamiyatning alohida qatlamlarining muayyan ijtimoiy-siyosiy manfaatlariga ta’sir qiladi. Biroq o‘zining barcha jihatlariga ko‘ra ular davlat va mahalliy vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan. O‘tgan ming yillar davomida inson tafakkuri insonning yashash maqsadi va riqojlanish tendentsiyalari bo‘yicha nazariyalar turlicha bo‘lgan. Ma’lum bir shaxslar taraqqiyotni umumiy jamiyatda, boshqalari kommunizmda yan kimlardir narigi dunyo masalalarida va boshqalarda ko‘rgan. Jamiyat rivojlanishining va inson taraqqiyotining bugungi bosqichida ma’lum buldiki, inson hayotining mohiyati borliqda,taraqqiyotda va takror ishlab chiqarishga bog‘liqdir. D. Karnegin aytganidek, har bir normal shaxs sog‘lom bo‘lishni, oziqlanishni, uyqu va dam olishni, pul va pulga sotib olinadigan predmetlarni, narigi dunyodagi yaxshi hayotni, his-tuyg‘ularni, o‘z farzandlarining muvaffaqiyatlarini, o‘zining kerakli inson sifatida his etishni va boshqalarni istaydi. Har bir shaxs (bola va katta yoshdagi shaxs, ayol va erkak, boy va kambag‘al, bog‘bon va prezident) ob’ektiv ravishda beshta guruhga bo‘linganehteyojga ega bo‘ladi: 1. Moddiy ehtiyoj(oziq-ovqat, kiym-kechak, uy-joy, muhit); 2. Sensor ehtiyoj (his-tuyg‘u, turmush qurish); 3. Taraqqiyot ehtiyoji (o‘qish, o‘rganish) 4. Ma’naviy va madaniy ehtiyojlar (kino, san’at, adabiyot) 5. Ijtimoiy ehtiyojlar (o‘zini anglash, boylik, boshqaruvchilik) Ehtiyojlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlari, va jamiyat taraqqiyotiga qarab o‘zgarib turadi va har doim mavjud bo‘ladi. Ehtiyojlar shaxsning fiziologik organizm sifatida mavjud bo‘lishini, inson shajarasining 15 mavjud bo‘lishini, o‘rab turgan ijtimoiy muhitda o‘zini anglashni va takomillashib borishini ta’minlaydi. Inson ehtiyojining asosiy qismi, ayniqsa fiziologik qismi individual ravishda hayot boyliklarini (oziq-ovqat, uy-joy va boshqalar) mustaqil o‘zlashtirish asosida qanoatlantiriladi. Shuningdek, birlamchi ehtiyojga ega bo‘lgan shunday ehtiyojlar borki, ular: - birinchidan, har bir shaxsga birdek zarur, - ikkinchidan, bajarilishi shart bo‘lgan, - uchinchidan, ma’lum bir to‘lovlarni talab etadi. Ularga avvalo insonning yashash huquqi kiradi. Albatta ushbu ehtiyoj ma’lum bir subyektlar va organlar orqali tartibga solinadi. Ushbu xizmatlar avvalo ma’lum bir to‘lovlarni talab etadi. Boshqa tomondan olib qaralganda inson dunyoga xech kanday boyliksiz va xech nimasiz keladi. Bozor munosabatlari sharoitida pul barcha tovar va xizmatlar uchun umumiy ekvivalent hisoblanadi. Bu sharoitda inson uchun asosiy faoliyat ko‘proq pul topish ilinji yotadi. Pul miqdori kanchalik ko‘p bo‘lsa, inson ehtiyoji shuncha ko‘p va to‘liqroq qoplanishiga yordam beradi va uning prestiji ortib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolar va jamiyat himoyasi, huquq tartibotni ta’minlash davlatning mavjud bo‘lishini talab etadi. Bundan esa, pul mablag‘larini shakllantirish va ularni sarf etish barcha iqtisodiy subyektlar: shaxs, jamoa va davlatning asosiy, ob’ektiv va birinchi darajali vazifasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy resurslarini mavjud bo‘lishining eng muhim ob’ektiv omillaridan biri – bu davlatni o‘z funktsiyalarini amalga oshirish uchun muayyan miqdorda moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqadi. Davlat ixtiyoriga kelib tushadigan va ijtimoiy xizmatlar uchun sarflanadigan moliyaviy resurslar asosan quyidagi yo‘llar bilan: soliqlar, bojxona va davlat bojlari, maqsadli jamg‘armalar, xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar, yer osti tabiiy boyliklarini realizatsiyasidan tushgan mablag‘lar va boshqalardan shakllanadi. Markazlashtirilgan moliyaviy resurslar asosan davlat byudjetida mujassam bo‘ladi. 16 Shuni ta’kidlash lozimki, jamiyat iqtisodiy hayotida oborotda bo‘ladigan moliyaviy resurslar ikki xil tartibda – byudjet tizimi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar (shu jumladan aholi) orqali harakatda bo‘ladi. Byudjet tizimida oborotda bo‘ladigan moliyaviy resurslar tabiatan ikkilamchi moliyaviy resurslar hisoblanib, ular milliy daromadni qayta taqsimlanishidan yuzaga keladi. Shu jihatidan ham ularni ikkilamchi moliyaviy resurslar deb atash mumkin. Davlat moliyasi davlatni iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan davlat moliya tizimining muhim sohasidir. Iqtisodiy funktsiyasi jihatidan davlat moliyasi – bu ijtimoiy mahsulot qiymati va milliy boylik qismini taqsimlash va qayta taqsimlash bo‘yicha pul munosabatlaridir. Mazkur pul munosabatlari quyidagilar bilan bog‘liq: 1) davlat va uning korxonalari tasarrufida moliyaviy resurslarni shakllantirish bilan; 2) davlat mablag‘larini ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlari uchun sarflash; 3) o‘sib borayotgan ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar, davlat mudofaasi, boshqaruv ehtiyojlarini qondirish bilan. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling