Toshkent moliya instituti bank hisobi va audit kafedrasi bank hisobi va audit fanidan


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.02.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1147711
  1   2   3   4
Bog'liq
Yaponiya davlatining bank tizimi




 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
 
BANK HISOBI VA AUDIT KAFEDRASI 
BANK HISOBI VA AUDIT FANIDAN 
M-90-2/22 GURUH TALABASINING TAYYORLAGAN
 
 
Mavzu: 
Yaponiya davlatining bank tizimi 
 
 
 
 
 
Bajardi: Djurayev Farxod Shavkatovich 
Qabul qildi :________________________ 
 
 
 
TOSHKENT 2022 



 
Mavzu: Yaponiya davlatining bank tizimi 
Reja: 
1. 
Yaponiya bank tizimi hamda uni tartibga solish mexanizmi 
2. 
Yaponiyada banklarning paydo bo’lishi tarixi 
3. 
Uzoq muddatli kreditlash banklari 
4. 
O‘zbеkiston Yaponiya hamkorligi 
 
 
 



1. Yaponiya bank tizimi hamda uni tartibga solish mexanizmi 
Urush davrida Yaponiya poytaxti kuchsiz moliyaviy infratuzilmaning 
shiddatli 
tahchilligiga 
duch 
keldi. 
Ikkinchi 
jahon 
urushi 
maishiy 
tarmoqlarnimoliyaviy tomondan butkul badnom qilgandi. AQSh ta’siri ostida 
tuzilgan yangi hukumatning vazifasi mamlakatni moliyaviy va iqtisodiy tomondan 
o‘nglash edi.Yapon Banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Moliya Vazirligi kuchli 
nazoratga asoslangan barqaror moliyaviy tizimni yo‘lga vo‘yishga intildi. Ichki va 
tashqi,qisqa va uzoq muddatli moliyaviy operatsiyalarning foiz stavkalari tartibga 
solindi, moliyaviy firmalarning funksional liniyalari alohida tashkil etildi. Yaponiya 
Moliya Vazirligi asosan uch narsani boshqarardi: Bank, qimmatli qog‘ozlar va 
xalqaro valyutani. Yaponiya Moliya Vazirligi moliyaviy tizimni ishlatish uchun 
qonunlar va nizomlarni birlashtirgan normativ xujjat ishlab chiqdi. 1996 yilga qadar 
Yaponiya yuqori himoyalangan moliyaviy sektorini nazorat qiluvchi, bitta doimiy 
berish sozlagichini (Moliya vazirligi) bor edi. Banklar va boshqa moliya firmalar 
bilan jiddiy muammolar ortidan fond bozori qulashi yuz berdi, chunki tarkibiy 
ahamiyatga ega yirik normativ islohotlar o‘tkazilmagan edi. «Big Bang» (1996) 
qismli bozorlar uchun oxirida boshlanganini belgilangan. Shu bilan birga, yangi 
qoida, yagona moliyaviy sozlagichi Yaponiya mustaqil Bank pul-kredit siѐsati bilan 
yaratilgan. Buyuk Britaniyada, funksiya bilan o‘zini-o‘zi tartibga solish yagona 
moliyaviy maslahatchisi bilan almashtirildi. Angliya banki pul-kredit siѐsatini 
o‘tkazish orqali o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi-da, u Buyuk Britaniya banklarining 
risklarni kamaytirish sifatida uning tashkil etish rolini yo‘qotdi. Yaponiya farqli 
o‘laroq, hech bir hodisa bu juda radikal o‘zgarishlar yuz bermadi, faqat o‘z-o‘zini 
tartibga solish yahshi yo‘lga solinmagan edi, shuningdek moliya institutlari 
o‘zgartirish tabiat yangi ѐndashuvni talab qilardi. Bu o‘zgarishlar normativ rejimini 
yaxshilash ѐki yo‘qligini hukm qilish uchun juda erta. Misol uchun, bir moliyaviy 
inqiroz taqdirda Angliya banki, Moliyaviy xizmatlar maqomi va G‘aznachilik 
o‘rtasida anglashuv memorandumi hali sinov qilinishi kerak. FSA kuch haq ekanini 
isbotlashi va normativ maqsadlarga talab to‘rtta uchrashuv paytida uning 
xarajatlarini nazorat qilish mumkin ekanligini ko‘rsatishi kerak. 1989 yilga kelib 



Yaponiya fond birjasi inqirozga uchraydi. Buning natijasida Yapon banklari 21 
asrning boshlariga qadar nochor axvolda qoladi. Ikkita asosiy vazifani hal etish 
maqsadida islohotlar dasturi ishlab chiqiladi. Birinchidan moliyaviy sektorni tiklash, 
ikkinchidan moliyaviy stabillikni ta’minlash maqsadida Moliyaviy kuzatuv 
agentligi va Moliyaviy qayta tiklash komissiyasi tashkil qilindi. Yaponiya bankiga 
mustaqillik berildi. «Katta portlash» yapon Bosh Vaziri Xoshimito tomonidan 1996 
yil Noyabr oyida e’lon qilindi. Uning optemistik fikriga ko‘ra 2001 yilga borib 
Tokio Nyu-York va London bilan teng darajada bo‘lishi kerak edi. Islohot 3 
tamoyildan iborat edi: ERKIN, ADOLATLI va GLOBAL. ERKIN: Erkin bozor 
prinsiplari moliyaviy sektorga tegishli edi. Banklar integratsiyasi, qimmatli 
qog‘ozlar va sug‘urta bozori himoyalanishi kerak edi. Moliyaviy maxsulotlar va 
narxlar erkinlashtirilishi kerak edi. Banklarni qisqa va uzoq muddatli 
operatsiyalarini taqiqlovchi qonun bekor qilinishi kerak edi. Xaq va 
kompensatsiyalar ayniqsa fond bozorida yumshatilishi kerak edi. ADOLATLI: 
shaffof, adolatli moliyaviy bozor operatsiyalari yaratish, barcha darajadagi 
axborotni oshkor qilish, investorlarni xati-harakatlarini o‘z bo‘ynilariga olishlari, 
ammo shu bilan bir paytda investorlar to‘g‘risida yangi qonun loyihasini ishlab 
chiqish tavsiya etilgan edi. GLOBAL: Tokio xalqaro moliya markaziga aylanishi, 
Yaponiyaning xalqaro obro‘sini ko‘tarishi kerak edi. Buxgalteriya, qonunchilik, 
boshqaruv va soliq tizimi jahon standardlariga mos tarzda o‘zgartirilishi kerak edi. 
[4] Ilk zamonaviy ko‘rinishdagi banklar Yaponiyada 1872 yildan keyin xususiy 
«milliy banklar» ko‘rinishida tashkil qilingan. Xuddi tijorat banklari singari ular 
butun davlat bo‘yicha filiallarga ega bo‘lishgan va shuningdek, banknota emissiya 
qilish huquqiga ega bo‘lishgan. O‘sha davrda 150 dan ortiq shunday banklar 
bo‘lgan. «Milliy banklar» intensiv tarzda konventrlanmaydigan banknotalar 
emissiya qilardi va bu inflyatsiyaning oshishiga olib kelgan edi va shuningdek, 
ishlab chiqarish kuchlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatardi. Bu holatdan chiqish 
markaziy bankni tashkil qilish zaruratini keltirib chiqardi. Va 1882 yilda 30 yil 
muddatga Yaponiya Banki tashkil qilindi (keyin yana 30 yil muddatga uzaytirildi). 
Bu bank banknota emissiya qilishda mutloq monopol huquqni oldi, mavjud barcha 



«milliy banklar» esa emissiya faoliyatini to‘xtatib, o‘z banknotalarini asta-sekin 
markaziy bank banknotalariga almashtirish majburiyatini oldi. 1998 yil 1 apreliga 
qadar Yaponiya Banki 1842 yilda qabul qilingan va 1947 va 1949 yillarda 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan «Yaponiya Banki to‘g‘risida» gi Qonunga 
ko‘ra faoliyat ko‘rsatgan. 1979 yilda qonunga jiddiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritildi va markaziy bankka cheklanmagan muddatda faoliyat yuritish huquqi 
berildi. 1998 yil 1 apreldan boshlab Yaponiya Banki to‘g‘risidagi yangi qonun qabul 
qilindi. Bankning ustav kapitali — 100 million iena, bankning 55 % aksiyalari 
davlatga, 45 % aksiyalari esa xususiy shaxlar, moliyaviy institutlar, sug‘urta 
kompaniyalari va boshqa xususiy aksionerlarga tegishli. Aksionerlarga yillik 4 % 
miqdoridagi dividend va’da qilingan bo‘lib, bank daromadi ko‘payib ketgan 
taqdirda 5 % miqdorida dividend to‘lanishi ham mumkin. Bankning qolgan barcha 
foydasi davlat byudjetiga o‘tkaziladi. Yaponiya banki — Yaponiya bank tizimida 
markaziy emission bank hisoblanadi. Shtab-kvartirasi Yaponiya poytaxti Tokio 
shaxrida joylashgan. 1882 yilda tashkil etilgan bo‘lib, prezidenti — Masaaki 
Sirakava. Zaxirasi 2009 yilgi ma’lumotga ko‘ra – 2 660 007 mln iena. Veb- sayti: 
www.boj.or.jp Bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: − banknota 
emissiya qili; − pul-kredit siѐsatini olib borish: majburiy zaxira normalarini; − 
belgilash, moliyaviy bozorda operatsiyalar o‘tkazish, kredit stavkasi foizini; − 
tartibga solish (hozirda 0–0,1 %); − tijorat banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblarni 
tartibga solish; − moliyaviy tashkilotlarning moliyaviy va menejment holatini 
tekshirish va monitoring qilish; − davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni 
amalga oshirish; − xalqaro faoliyatni olib borish; − nazariy tadqiqotlarning iqtisodiy 
tahlilini olib borish va hokazo. 1957 yildan boshlab Yaponiyada majburiy rezerv 
zaxira tashkil qilingan bo‘lib, barcha kredit tashkilotlari o‘z mablag‘larining ma’lum 
qismini YaponiyaBankining zaxira depozitlariga qo‘yishlari majburiydir. Milliy 
bank sistemasining likvidligini ta’minlash Yaponiya Banki tomonidan belgilangan 
qayta moliyalash stavkasi orqali tartibga solinadi. Shundan kelib chiqqan holda 
Yaponiya Banki majburiy rezerv zaxirasi va qayta moliyalashtirish stavkasi 
ѐrdamida mamlakatning moliyaviy tizimini tartibga solib turadi. Yaponiya tijorat 



banklarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin: Shahar banklari. Mamlakat 
kredit tashkilotlari orasida bu 11 ta bank muhim rol o‘ynaydi. Ularning faoliyat 
doirasi muntazam ravishda kengayib boradi. Ular o‘z navbatida qisqa va uzoq 
muddatli kreditlashda muhim ahamiyatga ega va asosan yirik konsernlarni kreditlash 
bilan shug‘ullanishadi. Shuningdek shahar banklar hissasiga Yaponiya tashqi hisob-
kitoblarining kattagina qismi to‘g‘ri keladi. Xorijiy operatsiyalarda eng faol 
qatnashuvchi shahar bank «Bank of Tokio» hisoblanadi. U davlatning asosiy 
vazifalarini va hisob-kitoblarini amalga oshirib, dunѐning 2000 dan ortiq banklari 
bilan vakillik aloqalarini olib boradi. Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, unga valyuta 
operatsiyalarini olib borish vazifasi yuklatilgan. Bu funksiyalarni amalga oshirish 
maqsadida bankning ko‘plab xorijiy davlatlarda filiallari ochilgan. O‘z navbatida, 
bunday banklar qatorida, u darajada taniqli bo‘lmagan «Dayva Bank» ham mavjud. 
1982 yil aprelida 1928 yilgi qonunni bekor qiluvchi, tijorat banklari faoliyatini 
tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindi. Yangi qonunga ko‘ra tijorat banklariga 
qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish huquqi berilgan. Ya’ni 
tijorat banklariga ham qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirok etish imkoniyati 
taqdim etilgan. Bu davrgacha bunday huquq monopol bo‘lib brokerlik firmalari 
ixtiѐrida bo‘lgan. Shunday qilib, o‘sha davrdan boshlab Yaponiya tijorat banklarini 
universallashtirish boshlab yuborilgan. Xududiy banklar. 64 ta hududiy bank 
Yaponiyada faoliyat ko‘rsataѐtgan bo‘lib, ular bank operatsiyalarining ko‘lami 
shahar banklarga nisbatan kichik bo‘lsa-da, filiallari ko‘lami jihatidan hududiy 
banklar shahar banklardan birmuncha yirik hisoblanadi. O‘z bank faoliyati jaraѐnida 
hududiy banklar asosan kichik va o‘rta biznesni kreditlash faoliyati bilan 
shug‘ullanadi va ko‘pincha hududiy banklar jamg‘arma omonatlarni qabul qilish 
faoliyati bilan ham shug‘ullanishadi. O‘z strukturasiga ko‘ra ular kreditor banklar 
hisoblanishadi. Shuningdek, hududiy banklar joylardagi boshqaruv organlarini 
moliyalashda muhim ahamiyatga ega. Uzoq muddatli kreditlash bilan 
shug‘ullanuvchi 3 ta banklardir. Ulardan 2 tasi yirik tadbirkorlarni kreditlovchi bank 
bo‘lsa, uchinchisi — ipoteka banki hisoblanib, asosan kichik va o‘rta biznes 
sub’ektlari bilan operatsiyalarni amalga oshiradi. Bu 3 yirik bank Yaponiya uchun 



juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, butun bank sistemasidagi kreditlashning 10 % ini 
va texnika sohasini moliyalashning 20 % ga yaqini aynan shu 3 ta bankka tegishli. 
Trast banklar. Boshida pul o‘tkazuvchi bo‘linmalar shaklida tashkil etilgan, biroq 2 
jahon urushidan keyin bank tarzida faoliyat yurita boshlagan. Trast banklarning 
resurslari depozitlar va zaѐmlar hisoblanadi. Yaponiya trast banklaridan 5 tasi 
dunѐning eng yirik 50 ta trast banklari ro‘yxatiga kiradi. Xorijiy banklar. Ichki 
bozordagi xorijiy banklar orasida AQSh va Buyuk Britaniya banklari yetakchilik 
qilishadi. Shuningdek, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarning ham banklari 
mavjud. Yaponiya banklari Osiѐ banklari orasida ham eng yirik banklardan 
hisoblanadi. Jumladan osiѐning eng yirik 10 ta bankidan 4 tasi yapon banki 
hisoblanadi: Mitsubishi UFJ Financial Group (1-o‘rin) − Aktivlari: 1999,58 (mlrd 
$) − Kapitali: 72,17 (mlrd $) Mizuho Financial Group (2-o‘rin) − Aktivlari: 1538,94 
(mlrd $) − Kapitali: 30,37 (mlrd $) Sumitomo Mitsui Financial Group (4-o‘rin) − 
Aktivlari: 1202,59 (mlrd $) − Kapitali: 45,82 (mlrd $) Resona Holdings (7-o‘rin) − 
Aktivlari: 400,47 (mlrd $) − Kapitali: 14,73 (mlrd $) Shuningdek, 1 ta Yaponiya 
banki 50 ta eng yirik jahon banklari ro‘yxatida 12- o‘rinni egallamoqda. Yaponiya 
bank tizimi dunѐdagi elektron bank faoliyati rivojlangan eng yirik tizimlardan biri 
hisoblanadi va bu yerda 100 mingdan ortiq elektron bank aparatlari mavjud. 1960 
yillarda tashkil etilgan kredit kartochkalar sistemasi ham yuqori rivojlanish 
darajasiga erishgan va mamlakat miqѐsidagi jami muomaladagi bank elektron 
kartochkalarining soni 110 mln. donaga teng. Hozirda har bir yapon fuqarosi bir 
qancha banklarning elektron kredit kartochkalariga ega va ulardan kerakli summani 
naqd pul qilib olishda muammosi faoliyat olib borishmoqda. Buning uchun joylarda 
elektron bankomatlar o‘rnatilgan. O‘z navbatida, iste’molchilar bankomatlar orqali 
kichik summadagi kreditlarni ham olishlari mumkin, biroq yirik kreditlar borasida 
ular bank ofislariga murojaat qilishlariga to‘g‘ri keladi. Yaponiya bank tizimini 
ko‘rib chiqqan holda, uning dunѐdagi eng yirik va Osiѐdagi eng muhim bank tizimi 
ekanligini ta’kidlab, quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin: Yaponiya bank tizimi 
boshqa iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar bank tizimlari bilan solishtirganda 
ancha ѐsh, ya’ni davlatda ilk banklar tashkil qilinganiga hali endi 130 yil to‘lmoqda. 



Shunga qaramasdan Yaponiyada bank tizimi e’tirof etarli darajada rivojlandi va 
dunѐ banklar tizimlari statusini belgilab beruvchi tizimlar qatoriga qo‘shildi. 
Mamlakat moliya-kredit tizimining shiddatli rivojlanishi natijasida «yapon iqtisodiy 
mo‘jizasi» atamasi paydo bo‘ldi.

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling