BO‘YICHA TAQSIMLANISHI
1. Tijorat banklarning faoliyati bilan tanishish.
Ushbu mavzu bo’yicha talabalar banklarga borib, bank bo’limlari bilan tanishib, front
va back offislarning ishlash faoliyatini o’rganadilar.
2. Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda
korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba bankning tashkiliy tuzilishi, boshqaruv organlari, bank
bo‘limlarining asosiy faoliyatlari bilan tanishadi, jumladan, bankning front-ofis bo‘limi,
bankning bek-ofis bo‘limi faoliyati bilan tanishadi, bank etikasi va bankning korporativ
madaniyatini o‘rganadi, O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi strukturasi va tijorat banklari
turlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida xulosalar
yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova
qilinadi:
1. Bank xodimining kasb odob-axloqi kodeksi;
2. Tijorat banki filialining tashkiliy tuzilmasi.
3. Bankda qo’llaniladigan dasturlar bilan tanishish
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida
foydalaniladigan dasturlar(iABS, Globus, NCI, ASBT), bankda ishlatiladigan bank ichki
dasturlari bilan tanishadi, amaliyot o‘tilayotgan bankda ishlatiladigan dasturiy ta’minotning
yutuq va kamchiliklarini aniqlaydi, “Bank-mijoz” dasturi faoliyatini ko‘rib chiqadi hamda
o‘rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar asosida xulosalar yozadi.
Ushbu mavzu bo‘yicha ishlab chiqarish amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova
qilinadi:
1. Tijorat banki fililali faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar
ro‘yxati;
2.Tijorat banki filialida foydalaniladigan tegishli dasturiy ta’minotning qo‘llanish
bo‘yicha yo‘riqnomasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |