Тошкент молия институти “Бизнес молияси” фани Мавзу: Бизнесда молиявий левериж “Молия” кафедраси


Download 4.22 Mb.
bet2/12
Sana06.11.2023
Hajmi4.22 Mb.
#1751588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Бизнесда молиявий левереж

КЭЙС-СТАДИ
ВАЗИЯТ: Компания қуйидаги кўрсаткичларга эга:
сотишдан тушган тушум (ҚҚСсиз) - 50 000 000 рубл,
ўзгарувчан харажатлар (ҚҚСсиз) - 6 000 000 рубл,
Ўзгармас харажатлари (ҚҚСсиз) - 25 000 000 рубл,
капитал таркиби: ўз капитали - 200 000 000 рубл, қарз капитали - 90 000 000 рубл,
ссуда капитали бўйича ўртача ставка йилига 10% ни ташкил қилади.
Компаниянинг операцион, молиявий ва умумий леверижини аниқланг.
Операцион левериж қуйидагича ҳисобланади: DOL=(S–VС)/(S-VC-FC)
DOL = (50 000 000 - 6 000 000) / (50 000 000 - 6 000 000 - 25 000 000) = 44 000 000 / 19 000 000 = 2.3.
Молиявий левериж қуйидагича ҳисобланади:DFL=EBIT/(EBIT–Rd*D)
DFL= 19 000 000 / (19 000 000 - 0,10 * 90 000 000 )= 19 000 000 / 10 000 000 = 1,9.
Шундай қилиб, EBIT 1% га ўзгарган бўлса, соф фойда 1,9% га ўзгаради.
Жами левериж қуйидагича ҳисобланади:
DTL = 2,3 * 1,9 = 4,4.
Шундай қилиб, даромад 1% га ўзгарган тақдирда соф фойда 4,4% га ўзгаради. Шундай қилиб, даромад 1% га ўзгарган тақдирда, солиқ ва фоизларни тўлашдан олдинги даромад (EBIT) 2,3% га ўзгаради.
Кейс бўйича кейсологнинг жавоблари

1-misol

La Mer plc kompaniyasi bir aktiv – boy turistlar o‘z bazmlari uchun buyurtma qilinadigan hashamatli yaxtaga ega. Kompaniyaning kelgusi bir necha yillardagi daromadi yiliga 140 ming funt sterling bo‘lishi kutilmoqda.

La Mer plc kompaniyasi to‘liq o‘z mablag‘lari, aynan esa 1 mln dona oddiy aksiya hisobiga moliyalashtirilib, ularning joriy qiymati bitta aksiya uchun 1 f. st. ni tashkil qiladi.

Kompaniya yillik daromadining bir qismini dividend sifatida aksiyadorlarga to‘laydi. La Mer plc boshqa xuddi shunday kemani 1 million funt sterling evaziga sotib olmoqchi.

Taxmin qilinganidek, u ham 140,000 funt sterling miqdorida yillik daromad keltirishi kutilmoqda. Buning uchun pul mablag‘lari 1 mln funt sterling summadagi 10 foizli obligatsiyalar chiqarish yo‘li bilan jalb etilishi kerak. Qarz ta’minoti sifatida ikkita yaxta namoyon bo‘ladi.


Yangi yaxtasiz bir aksiya uchun daromad quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:
=0,14 f. st. (bir aksiya uchun)

Download 4.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling