Toshkent moliya instituti buxgalteriya hisobi va audit fakulteti
Download 95.11 Kb.
|
Ҳисобот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi daraja
Birinchi daraja – qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun.
Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar majmui, ya’ni buxgalteriya andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin. Uchinchi daraja – turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va umuman mamlakat bo‘yicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha xilma-xil uslubiy ko‘rsatmalar, tavsiyalar. To‘rtinchi daraja – hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ko‘rsatmalari va moddalari buxgalteriya hisobining milliy andozalarida (BHMA) o‘z rivojini topdi. Hozirgi kunga qadar quyidagi BHMA lar tasdiqlandi: 1. Hisob siyosati va moliyaviy hisobot. 2. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar. 3. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot. 4. Tovar-moddiy zaxiralar. 5. Asosiy vositalar. 6. Lizing hisobi. 7. Nomoddiy aktivlar. 8. Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga qo‘yilgan investitsiyalar hisobi. 9. Pul oqimi to‘g‘risida hisobot. 10. Davlat subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash. 11. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga qilingan xarajatlar. 12. Moliyaviy investitsiyalar hisobi. 13. Aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda. 14. Qo‘shma faoliyatda qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish. 15. Buxgalteriya balansi. 16. Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi kutilmagan hodisa va xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan voqealar. 17. Kapital qurilish bo‘yicha pudrat shartnomalari. 18. Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish. 19. Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobot tuzish tartibi to‘g‘risida. 20. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari amalga oshiradi. Rahbar quyidagi huquqlarga ega: 1. Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalter xizmatidan foydalanish. 2. Buxgalteriya hisobi yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya bo‘limiga yuklash. 3. Buxgalteriya hisobotini mustaqil yuritish. Rahbar quydagilarni ta’minlashi shart: 1. Ichki hisob va hisobot tizimining ishlab chiqarilishini. 2. Xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini. 3. Buxgalteriya hisobi to‘liq va aniq yuritilishini. 4. Hisob-kitob hujjatlarining saqlanishini. 5. Tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobot tayyorlashni. 6. Soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlar tayyorlanishini. 7. Hisob-kitoblar o‘z vaqtda amalga oshirilishini. Bosh buxgalter korxona, muassasa amalga oshiradigan barcha xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilishni va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirishini, tezkor axborot taqdim etilishini, belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisoboti tuzishni, ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash va safarbar qilish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo‘yicha korxonaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati uchun iqtisodiy tahlilni amalga oshirishni ta’minlaydi. Buxgalteriya ishlarida amalga oshirilgan muomalalar uchun javobgarlik imzo bilan tasdig‘ini topadi. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» gi qonunning 8-moddasiga binoan, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari xo‘jalik muomalalarini amalga oshirish ruxsatnomasiga va subyekt nomidan hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatining mavjudligi uchun javobgar bo‘ladi. Korxona bosh buxgalteri rahbar bilan birgalikda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarga, shuningdek, hisob-kitob, kredit va moliyaviy majburiyatlar hamda xo‘jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda bosh buxgalterning imzosi bo‘lmasa, u huqiqiy deb topilmaydi. Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona, muassasa rahbarining yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi mumkin. Korxonada moddiy javobgar shaxslarni (kassir, ombor mudiri va boshqalarni) ishga tayinlash, vazifasini o‘zgartirish va ishdan bo‘shatish bosh buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Agar korxona bosh buxgalteri o‘zgartirilsa, uning ishlari yangi tayinlangan bosh buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu jarayonda buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining aniqligi tekshirilib, korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi. Korxonaning chorak va yillik moliyaviy hisobotlariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxassis tomonidan yuritilsa, moliyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalteriya hisobini yuritadigan mutaxassis imzo chekadi. Birlamchi hujjatlar, hisob registrlari, buxgalteriya hisoboti belgilangan tartibga muvofiq majburiy tarzda saqlanishi lozim. Ular bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ularni arxivga o‘z vaqtida topshirish uchun bosh buxgalter mas’uldir. Buxgalteriya bo‘limi hujjatlarni ishlab chiqishi, buxgalteriya registrlarida hisob yozuvlarini oqilona olib borishi va ular asosida boshqaruv va moilyaviy hisobotlarni hamda soliq hisob-kitoblarini tuzishni ta’minlashi lozim. Hujjatlar bilan ishlash davrida saqlashni ta’minlash va ularni arxivga o‘z vaqtida topshirishga bosh buxgalter mas’uldir. Download 95.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling