Toshkent Moliya Instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi “Buxgalteriya “fanidan


Download 0.73 Mb.
Sana24.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1226405
Bog'liq
buxgalteriya lek (1)

Toshkent Moliya Instituti “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi “Buxgalteriya “fanidan

Bajardi:G’oyibnazarova Mashhura


Mavzu:Boshqaruv hisobini tashkil etish
1.Boshqaruv hisobi va uning predmetlari
2.Boshqaruv hisobning tarixiy shakllari
3.Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o'rtasidagi boqliqlik

Buxgalteriya hisobi


bu korxona ichidagi shaxslarga ma’lumot taqdim etish bo’lib, ushbu axborotlarga tayangan holda ular asoslangan qarorlarni qabul qilish, joriy muomalalarning samaradorligi va unumdorligini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar, moliyaviy hisob ma’lumotlari asosan tashqi tuzilmalarga taqdim etiladi, ya’ni korxona xodimlari tarkibiga kirmaydigan shaxslarga.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda firma va kompaniyalar buxgalteriya hisobi sohasidagi ish vaqtlarining deyarli 90 foizini boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritishga sarflaydilar. Bu esa o’z navbatida boshqaruv hisobi bilan yuqori malakali mutaxassislar shug’ullanishini talab etadi.
Bozor munosabatlari zaruriyati bilan paydo bo’lgan, korxona va uning turli bo’g’inlaridagi tarkibiy tuzilmalarining faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to’g’risidagi ahborotni taqdim etadi.
Evolyutsion yo’l bilan rivojlanib boruvchi ichki xo’jalik hisobining sintetik tizimi, bir nechta iqtisodiy fanlar majmuasida tug’ilgan kompleks fandir.

Boshqaruv hisobi fanining predmetlari


Xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi
Javobgarlik markazlari bo’yicha boshqaruv hisobini tashkil etish
Byudjetlashtirish
Segmentlar bo’yicha hisobot tuzish
Istiqbolda subyekt taraqqiyotini belgilovchi loyihalar tahlili

Boshqaruv hisobining tarixiy shakllari


Boshqaruv hisobi dastlab boshqaruv hisobi bo’lib buxgalteriya hisobining tarkibida mustaqil fan sifatida rasman 1972 yilda tan olindi. Bu paytda buxgalterlarning Amerika assotsiatsiyasi tomonidan boshqaruv hisobi bo’yicha bitiruvchilarga buxgalter-tahlilchi malakasini beradigan diplomli dasturi ishlab chiqilgan edi.

“Kalkulatsiya”


So’zi lotin tilidan olingan bo’lib, so’zma-so’z tarjimada «calcul» - toshcha ya’ni “toshchalar bilan sanash” ma’nosini anglatadi. Ikkiyoqlama yozuvning paydo bo’lishi kalkulyatsiya hisobining rivojlanishini yanada yuqoriroq pog’onaga ko’tardi. Korxonaning umumiy buxgalteriyasi tarkibida kalkulyatsiya hisobining ajratib ko’rsatilishi esa buxgalteriya hisobini ÿanada takomillashtirish imkonini berdi.
Boshqaruv hisobi tiklanishi va rivojlanishi yo’lida mavjud buxgalteriya bazasida ikki mustaqil schetlar rejasi – moliyaviy va boshqaruv hisobini qo’llash amaliy qadam bo’lib qoldi. Bunday bo’linish sezilarli tarzda Evropa mamlakatlarining yagona milliy rejalari shakllanishiga ta’sir qila boshladi. Gap shundaki, ikkinchi jahon urushiga qadar Evropa mamlakatlarida (Frantsiya, Germaniya va h.k.) buxgalteriya hisobi yagona hisob rejasi bo’yicha olib borildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin esa Evropa iqtisodiy hayotida AQSh kapitali hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi, shu bilan birga buxgalteriya hisobining shakllanishiga ingliz-amerika yondoshuvchi bo’ldi.

Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o’rtasidagi boqliqlik


Boshqaruv hisobining mohiyatini chuqurroq anglash u bilan ishlab chiqarish hisobi orasidagi bog’lanish va farqli jihatlarni ajratishga bevosita bog’liq.
Ishlab chiqarish hisobi – bu ishlab chiqarish xarajatlari va korxona daromadini boshqarish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashda namoyon bo’ladi. U korxonada mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq barcha masalalarni batafsil aks ettirishi lozim.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish hisobidan kengroq bo’lib, o’z ichiga ichki (segmentar) hisob va hisobot, transfert bahoni shakllantirish hamda istiqbolni belgilash kabi hisobning yangi yo’nalishlarini qamrab oladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish hisobi esa yuqoridagilardan tashqari quyidagi ko’rsatkichlarni ham o’zida aks ettiradi:
xarajatlar va daromadlarning turlari;
javobgarlik markazlari bo’yicha harajatlar va daromadlar hisobi;
xarajatlar va daromadlarni hisobdan chiqarish hisobi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling