41. Quyidagilarning qaysi biri moliyaviy munosabatlarning sohalari tarkibiga kirmaydi?
Xalqaro moliya
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyasi
Sug‘urta
Umumdavlat moliyasi
42. Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari kimlar hisoblanadi?
Xalqaro moliyaviy institutlar, davlatlar, jahon moliya bozorlari
Pul oqimlari, kredit vositalari oqimlari
Mamlakatlar o‘trasidagi barcha moliyaviy munosabatlar
Transmilliy korporatsiyalar
43. Xalqaro kreditlash hajmi va xarakterining o‘zgarishi birinchi galda nima bilan bog‘liq?
Transmilliy kompaniyalar faoliyati bilan
Xalqaro fond birjalari faoliyati bilan
Neft bahosining oshishi bilan
Oltin zahirasining kamayishi bilan
44. Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qachon va qayerda tashkil etilgan?
1944-yil AQShda
1949-yil Germaniyada
1951-yil Xitoyda
1974-yil Angolada
45. “Jahon banki” guruhiga quydagi tashkilotlardan qaysi biri kirmaydi?
Xalqaro valyuta jamg‘armasi
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi
Xalqaro moliya korporatsiyasi
Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik, Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini
46.Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki faoliyati qanday davlatlarda hamda nimalar orqali qashshoqlikni qisqartirishga qaratilgan?
O‘rta daromadli va kreditga layoqatli rivojlanayotgan davlatlarda ssudalar, kafolatlar, riskni boshqarish mahsulotlari, maslahat xizmatlari orqali
Yuqori daromadli va kreditga layoqatli rivojlangan davlatlarda ssudalar, kafolatlar, riskni boshqarish mahsulotlari, maslahat xizmatlari orqali
O‘rta daromadli rivojlanayotgan davlatlarda riskni boshqarish mahsulotlari va maslahat xizmatlari orqali
Rivojlanayotgan davlatlarda ssudalar va kafolatlar orqali
Do'stlaringiz bilan baham: |