Konversion marketing — konversion marketingning xarakterli
belgisi zarur shart-sharoit yaratib, mahsulot va xizmatlarni taklif qilish
uchun talabni yuzaga keltirish va shakllantirishdir. Konversion
marketingning maqsadi ma’lum bir mahsulotga nisbatan ayrim toifadagi
fuqaro va korxonalar salbiy munosabatini bartaraf etish, shu tariqa ularni
potensial iste’molchilar doirasiga jalb qilishdan iborat. Buning uchun esa
maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan reklama faoliyati, har tomonlama
tarqalgan servis xizmati va yuqori darajadagi ta’minot o‘ta zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |