Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/322
Sana08.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#238703
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   322
Bog'liq
i0OJITJpvjmo71kpoHwpfonMZuJdOxYrBo5fJ8l6

Marketing-

menejment 

Marketingni boshqarishni tashkil etish, kontrolling, marketing xizmati 

tarkibiy qismini ishlab chiqish, marketing faoliyatidagi qarorlarni 

optimallashtirish, audit-marketing, marketing xizmati faoliyatining 

samarasini baholash. 

 

Marketing faoliyati funksiyasi esa keng qamrovli bo‘lib, u quyidagi 



funksiya osti vazifalarini o‘z ichiga oladi


44 

 

•  Tashqi muhit tahlili. 



•  Ishlab chiqarish dasturlarini muvofiqlashtirish va firmaning 

ishlab chiqarish salohiyatini tahlil qilish. 

•  Bozor va iste’molchilarni o‘rganish. 

•  Tovar siyosatini o‘rganish. 

•  Tovar harakati va sotuvni shakllantirish. 

•  Bozorda firma maqsadlari va strategiyasini asoslash. 

•  Marketing faoliyatini boshqarish. 

•  Marketing faoliyati vazifalari samarasini baholash. 

•  Firma mahsulotlari va xizmatlarini ekologik sof va ijtimoiy-etik 

normalarga mos kelishini ta’minlash. 

Marketing faoliyati funksiyalarining keng qamrovligi va ulardan 

qaysi vaqtda foydalanish kerakligi juda ko‘p omillarga bog‘liq. 

Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, asosiy fondlar 

tarkibi, tashkiliy boshqaruv strukturasining takomillashganligi, 

moliyaviy ta’minlanganlik va hokazo. Amaliyotda marketing faoliyati-

ning funksiyalari ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, firmaning konkret davr 

ichidagi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab u yoki bu vazifani 

bajarish maqsad qilib qo‘yiladi. Korxona marketing xizmatida ko‘proq 

quyidagi funksiyalar bajariladi: 1-marketingni tashkil qilinganlik 

darajasini baholash; 2-marketingni rejalashtirish; 3-marketingni tashkil 

qilish; 4- sotuv;  5- reklama; 6-yangi tovarni ishlab chiqish.  

Hozirgi sharoitda marketing funksiyasi tobora kengayib, uning 

integrallashgan, ya’ni firmaning barcha bo‘limlari bilan muvofiqlashgan 

funksiyasi shakllanmoqda. Buning tub ma’nosi shundan iboratki

firmadagi barcha funksiyalar asosiy maqsadga erishish uchun 

yo‘naltirilgan va bir — biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak. 

Marketingning integrallashgan funksiyasi firma barcha bo‘limlari 

funksiyalari bilan muvofiqlashgan va firmaning samaradorligini 

ta’minlashga yo‘naltirilgandir. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling