Toshkent moliya instituti h. T. Omonov, M. B. Xattabov
Download 0.63 Mb.
|
Pedagogik texnologiyalar va peda
PT tamoyillari. Asosiy tamoyil – PTning O‘zbekiston Respublikasida
ta’limning uchta turi – umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim uchun yaratilgan va amaliyotga joriy etilayotgan davlat ta’lim standartlari hamda ta’limning boshqa turlari uchun tegishli davlat dasturlari va talablarini bajarishga yo‘g‘rilganligidir. PT tamoyillarining manbalari ijtimoiy-ma’naviy o‘zgarishlar, yangi pedagogik-psixologik evrilishlar, pedagogika-psixologiya va barcha turdagi fanlarning integrativ va differensiativ rivojlanishi, dunyo pedagogikasi va milliy (mahalliy) pedagogikaning boy va ilg‘or tajribasi, etnopedagogika (xalq pedagogikasi)ning tarixiy va zamonaviy merosidan kelib chiqadi. Pirovard natijada, PT pedagogikaning asosiy («oltin») qoidasini bajarishga, ya’ni ta’lim va tarbiyaning birligini ta’minlashga xizmat qilishi lozim. Bunda izchillik, maqsadlilik, umumiylik kabi tamoyillar bilan bir qatorda PTning ijtimoiy, falsafiy, metodologik, didaktik, pedagogik, psixologik, fiziologik, gigiyenik, mafkuraviy, huquqiy-me’yoriy, iqtisodiy, tarixiy, nazariy va amaliy asoslari ham baravariga qatnashadi. O‘qituvchi va o‘quvchining munosabatiga daxldor tamoyillarning amal qilishi esa o‘quv jarayonining sifat va samaradorligini ta’minlashning qudratli omilidir. 35 PTning barcha tamoyillari o‘zaro aloqadorlikda va bir-birini taqozo etgan holda amal qiladi. PTning o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni desa bo‘ladi. PT amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. PT – ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi PT, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, novator o‘qituvchilar tajribasi, ta’lim metodlari, tarbiya metodlari kabi tushunchalarni qamrab olishi bilan birgalikda ta’lim jarayonida oldinga qo‘yilgan maqsadga erishishning yo‘li, o‘ziga xos instrumentariysi sanaladi. Demak, PT didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo‘li. PT va o‘qitish texnologiyasi o‘zaro bog‘liq bo‘lishi bilan birga farq qiluvchi tomonlari ham mavjud. PT ta’lim-tarbiya jarayonining hamma sohalarini qamrab oluvchi yaxlit tizim bo‘lsa, o‘qitish texnologiyasi ma’lum fanlarni hozirgi didaktik talablar asosida o‘qitishning yaxlit tizimini tashkil qilad i. Ularning o‘zaro bog‘liqligi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlarida o‘z ifodasini topgan. 1. Yangi PTning metodik asoslari davlat ta’lim standartlari hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlarida talaba (o‘quvchi) egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar mezoni belgilab berilgan. Bilim, ko‘nikma va malakalar DTS talablaridan past bo‘lmasligi kerak. 2. PT va o‘qitish texnologiyalarining maqsadi ijodiy tafakkur sohibini yetishtirishdan iborat. Bu maqsad – davlat ta’lim standartlarining bosh talabidir. Ta’lim jarayonidagi har bir texnologiya, berilgan topshiriqlar o‘quvchining ijodiy fikrlashiga va ijodiy rivojlanishiga olib kelsin. Shunday vaziyat yaratish kerakki, o‘quvchi (talaba) o‘z xohishi bilan izlansin, tafakkurini rivojlantirsin, intilsin, unda fanni egallashga qiziqish uyg‘onsin. 3. Har bir mashg‘ulotda beriladigan topshiriqlar umumiy vaqtning 20-25% ini egallasin, o‘quvchining ijodiy tafakkur asosida ish olib borishi 36 esa vaqtning 70-80% miqdoriga to‘g‘ri kelsin. O‘quvchi ko‘proq amaliy bilimlarni egallasin va undan nazariy xulosalar chiqara olsin. 4. O‘qitish texnologiyasida bilim berish, bilim olish usulini tanlash va o‘rganishga katta ahamiyat berish, bilim olishning bahs-munozara asosida amalga oshishini ta’minlash. 5. O‘qitish usuli-texnologiyasi yangi PTning asosi hisoblanadi. 6. Ta’lim jarayonida darslarni bahs-munozara, seminar, o‘yinlar, disputlar, quvnoqlar va zukkolar musobaqasi tarzida va har xil teatrlashgan vaziyatlar shaklida tashkil etish, ya’ni ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish lozim. 7. Ta’lim jarayonining tayanch bilimlarni amaliyotga tatbiq etib, rivojlantirib borish asosida va tizimli tarzda tashkil etilishi yangi PT va o‘qitish texnologiyalarining uzviyligini ta’minlovchi - lokal (bitta yo‘nalish) holatining samara berishiga olib keladi. Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot asrida ta’limni texnologiyalashtirish oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan. Har bir dars ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko‘zda tutib amalga oshiriladi. O‘quv jarayonida motivatsiya, bilish faoliyati, boshqarish faoliyati kabi o‘ziga xos texnologik vazifalar mavjud: 1. Motivatsiya - o‘quvchilar diqqatini tortish, ichki tuyg‘u-istak, zaruratni shakllantirishdir. O‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi uchun ham asosiy harakatlantiruvchi kuch – ichki motivatsiya bo‘lishi kerak. 2. Bilish faoliyatida e’tiborni asosan quyidagilarga qarata borish kerak: o‘quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni puxta o‘zlashtirish istagini paydo qilish, zarur malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishga moyillik tug‘dirish, tafakkur rivojiga jiddiy e’tibor qaratish va h.k. Boshqarish faoliyatining vazifalari berilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini tashkil etish bilan bog‘liqdir. Darsda qo‘lllanilayotgan texnologiyalarga ularning monitoringi asosida va pirovard natijasi orqali baho beriladi. Pedagogik innovatsiya – ta’limga yangiliklarni kiritishdir. Boshqarishda pedagogik innovatsiyaga rioya qilish zarur. PT esa dinamik jarayonlarning in’ikosi sifatida rivojlanadi, takomillashadi va vaqt mezonida boyib boradi. 37 “Bilimga eltuvchi yagona yo‘l – bu faoliyatdir”. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling