Toshkent moliya instituti h. T. Omonov, M. B. Xattabov
O‘quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat
Download 0.63 Mb.
|
Pedagogik texnologiyalar va peda
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Vakolatli ta’lim» texnologiyasi.
O‘quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat
modellari (tayanch signallar konspektlari) asosida ta’limni intensivlashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov, Donetsk shahri, Ukraina). Mazkur metodika anchagina ommalashgan pedagogik yondashuv bo‘lib, ko‘rgazmali sxemalardan iborat tayanch signallar konspektlaridan tarkib topgan. Ularda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan axborot birliklari aks ettiriladi, ularning orasidagi turli aloqadorliklar ko‘rsatiladi hamda abstrakt (mavhum) materialni oydinlashtiruvchi manbalar, misollar va tajribalarni eslatish uchun belgilar, simvollar, komponentlar va maqsadlarning ahamiyatliligi bo‘yicha tasnifi turlicha bo‘lgan shartli belgilardan foydalaniladi. 119 O‘quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat bo‘lgan tayanch signallar konspektlaridan foydalanish asnosida turli va o‘ziga xos usullar va metodik vositalar ham ishlatiladi. «Vakolatli ta’lim» texnologiyasi. Ushbu texnologiya 1995-yilda AQSHda “Ayollar yetakchiligi” deb nomlangan treninglardan boshlangan bo‘lib, ta’limning xalqaro texnologiyasi sifatida 1997-yildan boshlab Ukrainada shakllandi va keyinchalik Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldova, Tojikiston hamda O‘zbekistonga tarqaldi. 2002-yilda Afg‘oniston, Birma va Indoneziyada tegishli treninglar tashkil etildi. Hozirgi paytda dunyoning turli mamlakatlarida bu texnologiyaning shakllanish va joriy ettirilish jarayonlari davom etmoqda. Ta’limning ushbu texnologiyasini ayni kunlarda mutaxassislar quyidagicha ta’riflaydilar: “Vakolatli ta’lim – genderlik adolati va zo‘ravonliklarsiz munosabatlar asosida tashkil etiladigan o‘quv jarayoni bo‘lib, u bevosita tajriba orqali ta’lim olish yo‘li bilan guruhning o‘z-o‘zini tashkil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini beradi”. Vakolatlash pedagogikasi ta’lim dasturlarining boshqa turlari bilan ta’limga nisbatan umumiy yondashuvlarga ega. O‘zaro faoliyatda ular bir- birini boyitadi va kuchaytiradi. Vakolatlash ta’limini joriy etishning quyidagi tartibi eng maqbul hisoblanadi: – tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan o‘quv reja (ayrim o‘quv fani, integrativ kurslar yoki ularning tarkibiy mavzulari); – rasmiylashtirilgan o‘quv reja (ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan va rasmiy reja bilan bog‘langan darsdan tashqari ishlar – ularning sinfdan va maktabdan tashqari turlari farq qilinadi); – norasmiy o‘quv reja (kutilmagan yoki favqulodda mashg‘ulotlar tashkil qilish va ularni ta’lim amaliyotiga alohida reja yordamida joriy etish). “Vakolatli ta’lim” texnologiyasiga muvofiq mashg‘ulotlar alohida tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchi-trenerlar tomonidan tashkil etiladigan va o‘tkaziladigan treninglar tarzida amalga oshiriladi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va ma’lum yo‘nalishda ta’lim berish (rahbarlik qilish) hamda mashqlar bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi mutasaddi shaxsni trener deyiladi. (“Trening” haqida ilovaga qaralsin). 120 “Bilim sifati faqat “a’lo” va “yaxshi” baholar bilan o‘lchanadi”. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling