Toshkent moliya instituti h. T. Omonov, M. B. Xattabov


Download 0.63 Mb.
bet27/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1428316
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va peda

Texnologik
bosqichlar

O‘qituvchining faoliyati

Talabaning faoliyati

I bosqich.
Tashkiliy qism,
5 daqiqa.
II bosqich.
Talabalarning
bilish faoliyatini
tashkil etish,
5 daqiqa.
III bosqich
Yangi mavzuni
o‘rganish,
60 daqiqa.
IV bosqich.
Natijani tahlil
qilish va
yakunlash,
10 daqiqa.

Talabalarni mashg‘ulotning
mavzusi, maqsadi, borishi
bilan tanishtiradi.
Bajariladigan o‘quv
topshiriqlari va ularning
didaktik maqsadi bilan
talabalarni tanishtiradi.
Talabalardan «Olimlar»
guruhlarini va ularning
mustaqil ishlash jarayonini
tashkil etadi.
O‘quv materialining
topshiriqlar yordamida
mustaqil o‘zlashtirilishini
ta’minlaydi.
Har bir guruhning o‘quv
materiali yuzasidan
tayyorlagan ma’ruzalarini
tinglaydi.
Ma’ruza yakunida talabalar
bilan savol-javob, o‘quv bahsi
o‘tkazadi.
Talabalar faoliyatini tahlil
qiladi, ularga mustaqil va
ijodiy ish topshiriqlarni
beradi.

Mashg‘ulotning mavzusi,
maqsadi, borishi va
bajarilishi kerak bo‘lgan
topshiriqlarni anglaydi.
Bajariladigan o‘quv
topshiriqlari yuzasidan
ko‘rgazmalar va didaktik
maqsadni anglaydi.
O‘quv faoliyatini tashkil
etadilar, «Olimlar» guruhiga
berilgan topshiriqlarni
bajaradilar.
1-guruh
2-guruh
3-guruh
4-guruh
Har bir guruh o‘quv materiali
yuzasidan ma’ruzalar
tayyorlaydi.
Talabalar bilan o‘tkaziladigan
savol-javob, bahs-
munozarada faol ishtirok
etadi.
O‘quv faoliyati va erishilgan
natijani tahlil qiladi va
baholaydi.
Mustaqil ish va ijodiy
topshiriqlarni oladi.


109

Talabalarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va


qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o‘yinlar
muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni talabalar
o‘zaro hamkorlikda avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini
ijodiy qo‘llanish va izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik
o‘yinlar ijodiy o‘yinlar deb ataladi.
Ijodiy o‘yinli mashg‘ulotlardan «Kasb pedagogikasi» fanini o‘qitishda
va «Kasb ta’limi muassasasini boshqarish» mavzusini o‘rganishda
foydalanish mumkin. Bunda talabalar teng sonli guruhlarga ajratilib, ularga
shartli ravishda «Boshqarma boshlig‘i», «Kasb-hunar kolleji rahbari»,
«Akademik litsey direktori» deb nom beriladi. Bu yerda mutaxassislarning
har qaysi guruhi ijodiy izlanib, kelgusidagi ishlarini rejalashtirishga
o‘rganadilar. O‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlarni bajarib,
dalil va isbotlar asosida o‘z javoblarini bildiradilar.
Ijodiy o‘yin mashg‘ulotlarida guruhdagi barcha talabalar hamkorlikda
ishlaydilar, avvalgi mashg‘ulotlarda o‘zlashtirgan bilimlarini yangi
vaziyatlarda qo‘llaydilar. Bu esa ularda o‘z bilim va iqtidoriga nisbatan
ishonch hissini uyg‘otadi.
Quyida «Kasb ta’limi muassasasini boshqarish» mavzusidagi ijodiy
o‘yinli mashg‘ulotning qisqa ssenariysi keltiriladi.
Mavzu: «Kasb ta’limi muassasasini boshqarish».
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. Talabalarni mashg‘ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan
tanishtirish.
III. Yangi mavzuni o‘rganish.
Yangi mavzuni o‘rganishdan oldin guruhdagi talabalar teng sonli 3 ta
guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh talabalari «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (keyingi
o‘rinlarda – O‘MKHT) markazi boshlig‘i» maqomini olib, kelgusida «O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi» faoliyatini rejalashtirishni o‘rganadilar. Shu
bo‘yicha ma’ruza tayyorlaydilar va quyidagi jadvalni to‘ldiradilar:

110

Ikkinchi guruh talabalari «Iqtisodiyot kasb-hunar kollejining rahbari»
maqomiga ega bo‘lib, kollej faoliyatini kelgusida rivojlantirish maqsadida
rejaga kiritilgan ishlarni umumlashtirib, ma’ruza tayyorlaydilar va quyidagi
jadvalni to‘ldiradilar:

Uchinchi guruh talabalari «Iqtisodiyot akademik litseyi direktori»


maqomiga ega bo‘lib, akademik litsey faoliyatini kelgusida rejalashtirishni
o‘rganadilar hamda ma’ruza tayyorlaydilar va quyidagi jadvalni to‘ldiradilar:





Toshkent shahrining
geografik va demografik
shart-sharoitlarini va tegishli
sohadagi mutaxassislarga
bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarini
hisobga olgan holda O‘MKHT
muassasalarini tashkil etish
yuzasidan takliflar ishlab
chiqish.

Ta’lim muassasasini
boshqarish bo‘yicha
ko‘rsatmalar

Izoh

1.










2.










3.










4.











111



Iqtisodiyot yo‘nalishi
bo‘yicha kasb-hunar kol-
lejining istiqbolli ish rejasini
ishlab chiqish

Ta’lim muassasasini
boshqarish bo‘yicha
ko‘rsatmalar

Izoh

1.










2.










3.










4.
















Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha
akademik litseyning istiqbol
ish rejasini ishlab chiqish

Ta’lim muassasasini
boshqarish bo‘yicha
ko‘rsatmalar

Izoh

1.










2.










3.










4.











«Rahbarlar» kelgusida bajarishi mumkin bo‘lgan ishlarni


rejalashtirganlaridan so‘ng, ko‘rgazmali qurollar asosida ma’ruzalarini bayon
qiladilar. Guruhlar o‘rtasida savol-javob, bahs va munozara o‘tkaziladi.
IV. Talabalarning o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va reyting
tizimi asosida baholash
V. Mashg‘ulotni yakunlash.
VI. Uyga vazifa berish.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling