Toshkent moliya instituti h. T. Omonov, M. B. Xattabov
Yorib o‘tishlar texnologiyasi va V.Erxard maktabi
Download 0.63 Mb.
|
Pedagogik texnologiyalar va peda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hamkorlik pedagogikasi.
Yorib o‘tishlar texnologiyasi va V.Erxard maktabi. Bu texnologiya
menejerlarni qayta tayyorlash o‘qishlaridan iborat bo‘lib, uning maqsadi har bir odamda mavjud bo‘lgan (lekin kundalik bir xildagi hayot va ish bilan bo‘g‘ib qo‘yilgan) qobiliyatlari va intilishlarini an’anaviy muammolarni yangi muammo sifatida yechish uchun kundalik izlanishlarga aynan uyg‘otish hisoblanadi. Bu kurslar tinglovchining fikrlashi va xulqidagi shaxsiy stereotiplarni bartaraf qilish, o‘z imkoniyatlarini va eskirgan muammolarni yangicha yechish yo‘llarini ko‘ra olishlarini faollashtirish va o‘zgartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ko‘p sonli mashg‘ulotlardan iborat. 118 Bu kurslarning afzal jihatlari – inson omilini ishga solishga qaratilgan bo‘lib, maxsus mablag‘lar sarflashni talab qilmaydi, erishilgan samara so‘nib qolmaydi, ya’ni olingan samara yangi shakl va mazmunda hamda sharoitlarda muntazam kuchayib borishi bilan takror va takror samara olinishini ta’minlaydi. Bu texnologiya alohida yirik yangiliklar yaratishga, hosil bo‘lgan favqulodda holatlardan noan’anaviy chiqish yo‘llarini izlashga ham qaratilganligi bilan farqlanadi. Bunday yo‘nalishdagi 50 dan ortiq kurslar va seminarlar AQSHning yuzga yaqin shaharlarida va dunyoning boshqa mamlakatlarining yuzdan ziyod shaharlarida tashkil etilgan va ular muntazam faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu kurslarning tinglovchilari soni 60 ming nafar atrofidadir. Hamkorlik pedagogikasi. Mumtoz pedagogik qarashlar nuqtayi nazaridan o‘qituvchi – PJning subyekt, o‘quvchi esa obyekti, deb hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasida esa o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subyekt tarzida qaraladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi PJning subyektlari sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni tashkil bo‘ladi. Ular o‘zaro hamkor, hamfikr, hamdo‘st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard va hamboshqaruvchi tarzida faoliyat yuritadilar. Hamkorlik munosabatlari o‘qituvchilar orasida, ma’muriyat bilan, o‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoalari bilan, rahbarlar, ota-onalar va keng jamoatchilik orasida ham o‘rnatiladi. Hamkorlik pedagogikasi o‘quvchining ta’lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o‘quv-tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori sifat va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling