Toshkent moliya instituti h. T. Omonov, M. B. Xattabov


O‘quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat


Download 0.63 Mb.
bet34/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1428316
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va peda

O‘quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat
modellari (tayanch signallar konspektlari) asosida ta’limni
intensivlashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov, Donetsk shahri, Ukraina).
Mazkur metodika anchagina ommalashgan pedagogik yondashuv bo‘lib,
ko‘rgazmali sxemalardan iborat tayanch signallar konspektlaridan tarkib
topgan. Ularda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan axborot birliklari aks ettiriladi,
ularning orasidagi turli aloqadorliklar ko‘rsatiladi hamda abstrakt (mavhum)
materialni oydinlashtiruvchi manbalar, misollar va tajribalarni eslatish uchun
belgilar, simvollar, komponentlar va maqsadlarning ahamiyatliligi bo‘yicha
tasnifi turlicha bo‘lgan shartli belgilardan foydalaniladi.
119

O‘quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat bo‘lgan


tayanch signallar konspektlaridan foydalanish asnosida turli va o‘ziga xos
usullar va metodik vositalar ham ishlatiladi.
«Vakolatli ta’lim» texnologiyasi. Ushbu texnologiya 1995-yilda
AQSHda “Ayollar yetakchiligi” deb nomlangan treninglardan boshlangan
bo‘lib, ta’limning xalqaro texnologiyasi sifatida 1997-yildan boshlab
Ukrainada shakllandi va keyinchalik Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston, Litva, Moldova, Tojikiston hamda O‘zbekistonga tarqaldi.
2002-yilda Afg‘oniston, Birma va Indoneziyada tegishli treninglar tashkil
etildi. Hozirgi paytda dunyoning turli mamlakatlarida bu texnologiyaning
shakllanish va joriy ettirilish jarayonlari davom etmoqda.
Ta’limning ushbu texnologiyasini ayni kunlarda mutaxassislar
quyidagicha ta’riflaydilar: “Vakolatli ta’lim – genderlik adolati va
zo‘ravonliklarsiz munosabatlar asosida tashkil etiladigan o‘quv jarayoni
bo‘lib, u bevosita tajriba orqali ta’lim olish yo‘li bilan guruhning o‘z-o‘zini
tashkil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini beradi”.
Vakolatlash pedagogikasi ta’lim dasturlarining boshqa turlari bilan
ta’limga nisbatan umumiy yondashuvlarga ega. O‘zaro faoliyatda ular bir-
birini boyitadi va kuchaytiradi.
Vakolatlash ta’limini joriy etishning quyidagi tartibi eng maqbul
hisoblanadi:
– tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan o‘quv reja (ayrim o‘quv fani,
integrativ kurslar yoki ularning tarkibiy mavzulari);
– rasmiylashtirilgan o‘quv reja (ta’lim muassasasi tomonidan tashkil
etilgan va rasmiy reja bilan bog‘langan darsdan tashqari ishlar – ularning
sinfdan va maktabdan tashqari turlari farq qilinadi);
– norasmiy o‘quv reja (kutilmagan yoki favqulodda mashg‘ulotlar
tashkil qilish va ularni ta’lim amaliyotiga alohida reja yordamida joriy etish).
“Vakolatli ta’lim” texnologiyasiga muvofiq mashg‘ulotlar alohida
tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchi-trenerlar tomonidan tashkil etiladigan va
o‘tkaziladigan treninglar tarzida amalga oshiriladi. Maxsus tayyorgarlikdan
o‘tgan va ma’lum yo‘nalishda ta’lim berish (rahbarlik qilish) hamda
mashqlar bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi mutasaddi shaxsni trener
deyiladi. (“Trening” haqida ilovaga qaralsin).
120

Bilim sifati faqat “a’lo” va “yaxshi” baholar bilan o‘lchanadi”.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling