Toshkent moliya instituti h. T. Omonov, M. B. Xattabov
Download 0.63 Mb.
|
Pedagogik texnologiyalar va peda
«Kimki tarixga to‘pponcha o‘qtalsa,
uni kelajak zambarakdan to‘pga tutadi». G.K.Jukov – mashhur sarkardaning yon daftaridan PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING PAYDO BO‘LISHI, RIVOJLANISHI VA UNING TA’RIFLARI O‘qish, o‘qitish – inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir. Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtayi nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1. Muallim «o‘z qo‘l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o‘quvchi uchun axborot manbayi – o‘qituvchining o‘zi bo‘ladigan jarayon. 2. O‘quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo‘llanilgan bosqich. 3. Audio-vizual vositalar qo‘llanilgan bosqich. 4. O‘qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo‘llash bosqichi. 5. O‘qitishni zamonaviy AKTlari vositasida boshqarishning avtomatlashtirilgan bosqichi. Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda PT butunlay yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki PT keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog‘lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o‘qituvchi o‘z kuchiga, o‘z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo‘lyozma kitoblar yaratildi, lekin o‘quvchi ularning mazmunini o‘qituvchi faoliyati vositasida o‘zlashtiradi. 2-bosqich, ya’ni qog‘oz va o‘quv kitoblari davri hali nihoyasiga yetkazilgani yo‘q, darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon mukammal emas. Lekin o‘qitishning 1-,2-,3-bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda. O‘quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo‘lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar kurashsiz amalga oshmagan, bunday o‘zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 23 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o‘quv vositalarini o‘zlashtirib olishga, ta’lim- tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich o‘quv vositalari o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi va o‘quvchining bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lmaydi. Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta’lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o‘qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo‘llaydiganlar safi kengaya borgan. PTning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Pedagogik muloqot texnologiyasi. Uning vazifalari: – shaxsni tanish, axborot almashish; - kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish; – muloqotdan olinadigan tasavvurlar; – muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish; – pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi ; – ishga ijodiy yondashish va boshqalar. 2. Pedagogik talab texnologiyasi: – «pedagogik talab» tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari; – xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo‘lishi; – o‘quvchi-talabaga bo‘lgan hurmat va talab; – pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari. 3. Baholash texnologiyasi: – xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish; – baho berish usullarini tanlash, o‘qituvchi (pedagog)ning o‘z imkoniyatini tahlil etishi va ta’sir samaradorligini oshirishi); – pedagogik baholash texnologiyasi. 4. Axborotning ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi: – nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, demonstratsiyali va ko‘rgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida; – nutqiy ta’sir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko‘rgazmalar va obrazlar; – nutqiy ta’sir etish texnologiyasi; – demonstratsiyali va ko‘rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigiyenik materiallar; 24 – qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya qilish texnologiyasi. 5. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi: – pedagogik konflikt tushunchasi: – konflikt PT elementi sifatida; – konflikt subyektlari orasidagi qarama-qarshiliklar, bo‘sh va mazmunli konflikt; – holat tahlili (voqeani aniqlash); – konflikt; – konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish); – konfliktni echish shakllari (yumor, hazil, mutoyiba). Zamonaviy PTning qo‘shimcha elementlari: 1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi. 2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi. 3. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi. 4. O‘quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi. 5. Xulqi va odobi yomon o‘quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi. 6. Etik himoya texnologiyasi. 7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi. 8. Pedagogik vosita texnologiyasi. 9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi. PT atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. PT – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo‘llash, ularning o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir (umumiy ta’rif). Texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo‘naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. PT amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. PT – ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi PT, zamonaviy PT, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, PT didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo‘li bo‘lib hisoblanadi. 25 Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. ZPTni pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. ZPT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo, zamonaviy PT nimani anglatadi? 1. ZPT o‘quv-tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma’lum bir pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. 2. Bugungi kunda fan- texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar ham mavjud bo‘lib, ular ZPTlarni real voqelikka aylantirdi. ZPT mohiyat-e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq ZPT inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan PJni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir. ZPT boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyasi – bu «o‘quvchi yoki talaba – kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir. Axborotli texnologiya PTning tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo‘llana boshlandi. AT insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi 26 marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo‘ldi, ya’ni AT barcha mavjud texnologiyalar va xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda. ATning rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi inqilob kitob bosishning paydo bo‘lishi bilan ro‘y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari (EHM) ning paydo bo‘lishi va tez tarqalishi, EHM lokal tarmoqlarining yaratilishi, axborot resurslarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi bilan bog‘liqdir. Shu bois yaqin kelajakda respublikamizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlarini dasturli mashinalar bilan yetarli darajada ta’minlash muammosi paydo bo‘ldi. Shundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin ko‘makdoshiga aylanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga ZPTlarni qo‘llash avvalo pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishni talab etadi. Chunki bularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday PT kutilgan samarani bermaydi. Bu ikki jarayon asosidagi PT avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, PJda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining subyekt sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining subyekt - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi. Umuman, PT o‘quv jarayoni va uning ishtirokchilari bilan bog‘liq barcha maqsadli sa’y-harakatlar yig‘indisini anglatishi lozim. Hozirgi kunda uning mavjud ta’riflari juda ko‘p va xilma-xildir: 1. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar va yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at). 2. Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi (V.M.Shepel). 3. PT – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u PJning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachyov). 4. PT – o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni 27 kafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir (V.P.Bespalko). 5. PT – ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov). 6. Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M.Choshanov). 7. PT – o‘quv jarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov). 8. PT – texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi bo‘lib, ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir (YUNESKO). 9. PT – pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisini va ularni amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin). 10. PT, bu – so‘zsiz rioya qilish evaziga eng yuqori natijani kafolatlaydigan ko‘rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo‘lib, ularning amaliy ahamiyatidan iborat (V.Y.Pityukov). 11. PT – bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, PJni muayyan bir tizimga keltirishdir (T.Sakomoto). 12. PTning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, uni tatbiq etishni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo‘ladi (U.Nishonaliyev). 13. PT – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma- ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir (N.Sayidahmedov). 14. PT – bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi (pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatilgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir (B.G‘.Ziyomuhamedov). 15. PT bu – obyektiv, moddiy jarayon. Agar biz o‘quv-tarbiya jarayonidan uning obyektiv, moddiy (substansiyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida, uning tafsilotiga ega bo‘lamiz (V.K. Dyachenko). 16. PT – bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha 28 (innovatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman). 17. PT – turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini o‘zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat (G.K. Selevko). “Texnologiya” tushunchasi keng ma’noda insonning barcha antropogen faoliyati natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya, sanoat va transport, mashinasozlik va aviatsiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik mehnati va metod, usul, vosita hamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun va mohiyati keng ko‘lamga ega bo‘lib qoldi. PJlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an’anaviy va noan’anaviy, tarixiy, mumtoz, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta’lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog‘liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat’iy nazar, PT komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim. “Qarg‘a ko‘rganini cho‘qiydi, Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling