Toshkent moliya instituti h. T. Omonov, M. B. Xattabov


Download 0.63 Mb.
bet9/47
Sana05.05.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1428316
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va peda

PTning asoslari. PT eng murakkab jarayon – insonning ta’lim-
tarbiyasi bilan shug‘ullanishda asosiy vosita bo‘lganligi tufayli ham uning
asoslari ham shaxs murakkabligi kabi xilma-xildir. Ular orasida tarixiy,
nazariy, ijtimoiy, falsafiy, metodologik, pedagogik, didaktik, fiziologik,
gigiyenik, iqtisodiy, mafkuraviy, huquqiy-me’yoriy, amaliy va boshqalar
farq qilinadi. Umuman, PTning vujudga kelishi ilmiy jarayon sifatida
qaraladi. PT o‘quv predmeti va fan sifatida o‘zining hayotdagi munosib
o‘rnini egallab bormoqda. «PT», «Yangi PT», «Zamonaviy pedagogik va
interfaol texnologiya», «Axborot va innovatsiyali texnologiyalar», «Ta’lim
34

texnologiyasi», «Texnika», «Mahorat», «Axborot texnologiyasi», «Axborot


– kommunikatsiya texnologiyalari», «Ta’lim metodlari», «Tarbiya
metodlari», «Pedagogik mahorat» kabi atamalar, tushunchalar, maxsus va
tanlov kurslari, o‘quv predmetlari shakllanib va ularning mazmun-mohiyati
o‘zgarib turmush va amaliy faoliyatga shiddat bilan kirib kelmoqda.
Umumpedagogik tushunchalar tizimida texnologiya muammosiga ilmiy
yondashish kuchaymoqda. PT va pedagogik faoliyat hamda o‘qituvchi
kasbiy jadvali bir butun jarayon yoki hodisa tarzida tasavvur qilinadi. Shu
nuqtayi nazardan, PT va pedagogik mahorat o‘zaro qondosh – egizakdir.
PTni o‘qitish jarayonida qo‘llash – sifat va samaradorlikning yetakchi
omillaridan biridir.
PTning o‘z tarkibi va mazmuni bo‘yicha takomillashuvi, uning
kasbiy faoliyat sifatida samaradorligining ortishi uzluksiz davom etadi.
Bunday dinamik jarayon ta’lim tizimida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar
bilan garmonik tarzda kechadi.
PTning umumiy tavsifi va tarkibiy mazmuni uning ijtimoiy hodisa
ekanligida namoyon bo‘ladi va ta’lim-tarbiya masalalari bilan bog‘liq
maqsad va vazifalar, motiv va ehtiyojlar, talab va manfaatlar, qiziqish va
xohishlarni amalga oshirishda ro‘y-rost ko‘rinadi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling