Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti "audit" kafedrasi


  II BOB. MILLIY STANDARTLAR ASOSIDA MOLIYAVIY


Download 438.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana09.01.2022
Hajmi438.53 Kb.
#261532
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tashkil qilish

 


 

24 


II BOB. MILLIY STANDARTLAR ASOSIDA MOLIYAVIY 

INVESTITSIYALAR HISOBINI TASHKIL QILISHNING HOZIRGI 

HOLATI 

2.1. Moliyaviy investitsiyalar hisobini yuritish tartibi 

O’zbekistonda ro’y berayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash qimmatli 

kog’ozlarga  bo’lgan  qiziqishni  qayta  uyg’onishiga  sabab  bo’ladi.  Qimmatli 

qog’ozlarning turli bozori shakllandi va rivoj topdi.  

Mulkchilik  turli  shaklidagi  korxonalarda  qimmatli  qog’ozlarning 

buxgalteriya  hisobi  bo’yicha  muomalalar  yagona  (umumiy)  tamoyillar  asosida 

amalga  oshirilishi  lozim.  Qimmatli  qog’ozlarga  yo’naltirilgan  moliyaviy 

investitsiyalarning  hisobi  qimmatli  qog’ozlarning  qoplanish  muddati,  ularning 

turi (iqtisodiy mazmuni), hisob-kitob shakllari, qimmatli qog’ozlarni sotib olish 

uchun manba va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. 

21-son  «Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  moliyaviy-xo’jalik  faoliyati 

buxgalteriya  hisobi  schyotlarining  rejasi»  BHMS  ga  muvofiq  0600  “Uzoq 

muddatli  investitsiyalarni  hisobga  oluvchi  hisobvaraqlar”  schyotida 

mamlakatimizda  va  undan  tashqarida  barpo  etilgan  korxonalarning  qimmatli 

qog’ozlarga,  sho’’ba,  qaram  bo’lgan  jamiyatlarning  hamda  chet  el  sarmoyali 

korxonalarning  nizom  kapitali  (jamg’armasi)  ga  uzoq  muddatli  qo’yilmalar 

(investitsiyalar)  ni  mavjudligi  va  harakati  to’g’risidagi  ma’lumot  quyidagi 

hisobvaraqlaridan kelib chiqib umumlashtiriladi:  

0610- “Qimmatli qog’ozlar”;  

0620- “Sho’’ba korxonalarga invectitsiyalar” 

0630- “Qaram birlashmalarga investitsiyalar” 

0640- “Qo’shma korxonalarga investitsiyalar” 

0690- “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”. 

0610-“Qimmatli  qog’ozlar”  schyotida  aktsionerlik  jamiyatlarining 

aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlari  (optsion, fyuchers va 



 

25 


boshqalar)  ga  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarning  mavjudligi  va 

harakati aks ettiriladi.  

0620  –  «Sho’’ba  korxonalariga  investitsiyalar»,  0630  –  «Qaram 

birlashmalarga  investitsiyalar»  schyotlarida  mos  ravishda  sho’’ba,  qaram  va 

qo’shma korxonalarga investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi.  

0690  –  «Boshqa  uzoq  muddatli  investitsiyalar»  schyotida  kelajakda 

moliyaviy  daromad  olish  maqsadida  korxonaning  davlat  korxonasiga,  xayriya 

yoki  ekologiya  tashkilotlariga  investitsiyalarning  mavjudligi  hisobga  olib 

beriladi.  

Bu  schyotlar  aktiv  bo’lib,  debetidagi  qoldiqlar  har  oyning  boshiga 

korxona  tomonidan  sotib  olingan  qimmatli  qog’ozlar  qiymatini  ifodalaydi. 

Debet  tomonidagi  oboroti  oy  davomida  sotib  olingan  qimmatli  qog’ozlar 

qiymatini,  investitsiya  uchun  sarflangan  mablag’lar  miqdorini,  kredit 

tomonidagi  oborotlar  hisobdan  chiqarilgan  sotib  yuborilgan,  qaytarib  berilgan 

qimmatli qog’ozlar qiymatini yoki investitsiyalarning uzilishini aks ettiradi.  

Aktivlarni  investitsiyalar  qatoriga  qo’shish  tartibi  va  ularning  turlari  12-

son  «Moliyaviy  investitsiyalar  hisobi»,  8-son  «Konsolidatsiyalashtirilgan 

(umumlashtirilgan)  moliyaviy  hisobotlar  va  sho’’ba  xo’jalik  jamiyatlariga 

investitsiyalar  hisobi»  O’zbekiston  Respublikasining  BHMSlari  orqali  tartibga 

solinadi.  

0600 «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyoti 

bo’yicha  analitik  hisob  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  va  ular 

joylashtirilgan  ob’ektlar  (qimmatli  qog’ozlarni  sotuvchi  korxonalar  va  boshqa 

korxonalarni  qatnashchilari  orasida  bo’lgan  korxona  va  h.k.)  turlari  bo’yicha 

amalga oshiriladi. Bu holatda analitik hisobni tashkil etish mamlakatimiz hududi 

moliyaviy  investitsiyalar  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  olish  imkoniyatini  tanlab 

berishi kerak.  

Qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  –  o’zida  muomala  muddati  12 

oydan  oshmaydigan,  engil  sotiladigan  moliyaviy  investitsiyalarning  xarid 



 

26 


qilinishiga  oid  investitsiyalardir.  Ularning  statistik  hisobi  5800  –  «Qisqa 

muddatli moliyaviy investitsiyalar» schyotida yuritiladi. Ushbu schyot muddatli 

bo’lib,  xo’jalik  yurituvchi  subektlarning  investitsiyalarni,  ya’ni  boshqa  bir 

korxonalarning  qimmatli  qog’ozlari,  foizli  davlat  va  maxalliy  obligatsiyalari, 

shuningdek,  bir  korxonaning  boshqa  korxonaga  bergan  qarzlarining  xolati  va 

harakati to’g’risidagi ma’lumotlari umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Ushbu 

schyot  foizli  obligatsiyalarga  nivestitsiyalar  va  shu  kabi  qimmatli  qog’ozlar, 

shuningdek,  boshqa  korxonalarga  berilgan  qarzning  holati  va  harakati 

to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. 

 Agarda  foizli  obligatsiyalarga  investitsiyalar  va  shu  kabi  qimmatli 

qog’ozlar,  shuningdek,  boshqa  korxonalarga  berilgan  qarzlarni  qaytarish 

muddati  bir  yildan  oshmasagina,  bu  investitsiyalar  5800-«Qisqa  muddatli 

moliyaviy  investitsiyalar»  schyotida  hisobga  olib  boriladi.  Bundan  tashqari 

qaytarish  muddati  ko’rsatilmagan  boshqa  qimmatli  qog’ozlar  uchun 

investitsiyalar,  agar  ulardan  daromad  olish  mo’ljali  bir  yildan  ortiq  bo’lmasa 

ham  korxonalar  5800-  «Qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar»  schyotida 

statistik hisobini olib boradilar. 

Schyotlar  rejasiga  muvofiq  ushbu  schyot  bo’yicha  quyidagi  schyotlar 

ochilishi mumkin:  

5810 – «Qimmatli qog’ozlar» 

5830 – «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» 

5890- «Boshqa joriy investitsiyalar».  

Korxonalarda  5810-  «Qimmatli  qog’ozlar»  schyotida  aktsiya,  davlat  va 

maxalliy  zayomlarning  foizi  obligitsiyalarga  bir  yildan  kam  muddatga  qilingan 

investitsiyalarning holati hisobiga olib boriladi.  

Korxonalar  daromadli  va  barqaror  faoliyat  yurituvchi  boshqa  bir 

korxonalar aktsiya yoki obligatsiyalarni bir yildan kam muddatga xarid qilganda 

5810- «Qimmatli qog’ozlar» schyoti rag’batlanib, 5110 – «Hisob-kitob» schyoti, 




 

27 


5210- «Valyuta schyoti» yoki boshqa material va har xil qiymatliklarni hisobga 

oluvchi schyotlar kreditlanadi.  

Ushbu  qimmatli  qog’ozlarni  sotish  va  qayta  sotish  jarayonida  9220- 

«Bank  aktivlarini  sotilishi  va  turli  chiqimi»  schyoti  debetlanib,  5810  – 

«Qimmatli qog’ozlar» schyoti kreditlanadi. 

5830  –«Berilgan  qisqa  muddatli  qarzlar»  schyotida  korxonalarning 

boshqa  bir  korxonaga  bergan  qisqa  muddatli  qarzlarining  harakati  hisobiga 

olinadi.  

Ushbu  berilgan  qarzlarga  quyidagicha:  debet  5830-  «Berilgan  qisqa 

mudatli  qarzlar»  schyot,  kredit  5110-  «Hisob-kitob  schyoti»  yoki  boshqa 

schyotlar yozuvi beriladi. 

Korxonalar  bergan  qarzlari  qaytarib  berilganda  5110-  «Hisob-kitob 

schyoti»  debetlanib,  5830  -  «Berilgan  qisqa  muddatli  qarzlar»  schyoti 

kreditlanadi.  5890-«Boshqa  joriy  investitsiyalar»  schyotida  korxonalarning 

mamlakat  va  chet  el  valyutalarida  omonat  sertifikatlari,  banklardagi  depozit 

schyotlariga  qilingan  investitsiyalarning  va  boshqa  joriy  investitsiyalarning 

harakati hisobiga olinadi.  

Korxonalarda  5800-»Qisqa  muddatli  moliyaviy 

investitsiyalar»  schyoti  bo’yicha  analitik  hisob  investitsiyalar  va  ob’ektlarning 

turlari  bo’yicha  ya’ni  sotib  olingan  qimmatli  qog’ozlar  turlari  va  ularni 

chiqargan korxonalar bo’yicha yuritiladi.  

Masalan,  korxonalar  5810-  «Qimmatli  qog’ozlar»  schyotida  alohida 

«Davlat  obligatsiyalari»  maxalliy  zayom  obligatsiyasi»,  «Korxonalar 

obligatsiyasi»,  shuningdek  aktsiyaning  turlari  bo’yicha  «Oddiy  aktsiyalar»  va 

«Imtiyozli  aktsiyalar»  uning  ob’ektlari  ochib,  ularning  harakatini  hisobga 

oladilar. 

5830-  «Berilgan  qisqa  muddatli  qarzlar»  schyotida  analitik  hisob 

qarzlarini  olgan  korxonalar  bo’yicha  berilgan  qarzni  qaytarib  olish  muddatlari 

bo’yicha yuritiladi.  

 

 




 

28 


 


Download 438.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling