Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti "audit" kafedrasi
II BOB. MILLIY STANDARTLAR ASOSIDA MOLIYAVIY
Download 438.53 Kb. Pdf ko'rish
|
investitsiyalar hisobini buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tashkil qilish
24
II BOB. MILLIY STANDARTLAR ASOSIDA MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR HISOBINI TASHKIL QILISHNING HOZIRGI HOLATI 2.1. Moliyaviy investitsiyalar hisobini yuritish tartibi O’zbekistonda ro’y berayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash qimmatli kog’ozlarga bo’lgan qiziqishni qayta uyg’onishiga sabab bo’ladi. Qimmatli qog’ozlarning turli bozori shakllandi va rivoj topdi. Mulkchilik turli shaklidagi korxonalarda qimmatli qog’ozlarning buxgalteriya hisobi bo’yicha muomalalar yagona (umumiy) tamoyillar asosida amalga oshirilishi lozim. Qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan moliyaviy investitsiyalarning hisobi qimmatli qog’ozlarning qoplanish muddati, ularning turi (iqtisodiy mazmuni), hisob-kitob shakllari, qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun manba va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. 21-son «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlarining rejasi» BHMS ga muvofiq 0600 “Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” schyotida mamlakatimizda va undan tashqarida barpo etilgan korxonalarning qimmatli qog’ozlarga, sho’’ba, qaram bo’lgan jamiyatlarning hamda chet el sarmoyali korxonalarning nizom kapitali (jamg’armasi) ga uzoq muddatli qo’yilmalar (investitsiyalar) ni mavjudligi va harakati to’g’risidagi ma’lumot quyidagi hisobvaraqlaridan kelib chiqib umumlashtiriladi: 0610- “Qimmatli qog’ozlar”; 0620- “Sho’’ba korxonalarga invectitsiyalar” 0630- “Qaram birlashmalarga investitsiyalar” 0640- “Qo’shma korxonalarga investitsiyalar” 0690- “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”. 0610-“Qimmatli qog’ozlar” schyotida aktsionerlik jamiyatlarining aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlari (optsion, fyuchers va
25
boshqalar) ga uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi. 0620 – «Sho’’ba korxonalariga investitsiyalar», 0630 – «Qaram birlashmalarga investitsiyalar» schyotlarida mos ravishda sho’’ba, qaram va qo’shma korxonalarga investitsiyalarning mavjudligi va harakati aks ettiriladi. 0690 – «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda moliyaviy daromad olish maqsadida korxonaning davlat korxonasiga, xayriya yoki ekologiya tashkilotlariga investitsiyalarning mavjudligi hisobga olib beriladi. Bu schyotlar aktiv bo’lib, debetidagi qoldiqlar har oyning boshiga korxona tomonidan sotib olingan qimmatli qog’ozlar qiymatini ifodalaydi. Debet tomonidagi oboroti oy davomida sotib olingan qimmatli qog’ozlar qiymatini, investitsiya uchun sarflangan mablag’lar miqdorini, kredit tomonidagi oborotlar hisobdan chiqarilgan sotib yuborilgan, qaytarib berilgan qimmatli qog’ozlar qiymatini yoki investitsiyalarning uzilishini aks ettiradi. Aktivlarni investitsiyalar qatoriga qo’shish tartibi va ularning turlari 12- son «Moliyaviy investitsiyalar hisobi», 8-son «Konsolidatsiyalashtirilgan (umumlashtirilgan) moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi» O’zbekiston Respublikasining BHMSlari orqali tartibga solinadi. 0600 «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyoti bo’yicha analitik hisob uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar va ular joylashtirilgan ob’ektlar (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi korxonalar va boshqa korxonalarni qatnashchilari orasida bo’lgan korxona va h.k.) turlari bo’yicha amalga oshiriladi. Bu holatda analitik hisobni tashkil etish mamlakatimiz hududi moliyaviy investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini tanlab berishi kerak. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar – o’zida muomala muddati 12 oydan oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy investitsiyalarning xarid
26
qilinishiga oid investitsiyalardir. Ularning statistik hisobi 5800 – «Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» schyotida yuritiladi. Ushbu schyot muddatli bo’lib, xo’jalik yurituvchi subektlarning investitsiyalarni, ya’ni boshqa bir korxonalarning qimmatli qog’ozlari, foizli davlat va maxalliy obligatsiyalari, shuningdek, bir korxonaning boshqa korxonaga bergan qarzlarining xolati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlari umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Ushbu schyot foizli obligatsiyalarga nivestitsiyalar va shu kabi qimmatli qog’ozlar, shuningdek, boshqa korxonalarga berilgan qarzning holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. Agarda foizli obligatsiyalarga investitsiyalar va shu kabi qimmatli qog’ozlar, shuningdek, boshqa korxonalarga berilgan qarzlarni qaytarish muddati bir yildan oshmasagina, bu investitsiyalar 5800-«Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» schyotida hisobga olib boriladi. Bundan tashqari qaytarish muddati ko’rsatilmagan boshqa qimmatli qog’ozlar uchun investitsiyalar, agar ulardan daromad olish mo’ljali bir yildan ortiq bo’lmasa ham korxonalar 5800- «Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» schyotida statistik hisobini olib boradilar. Schyotlar rejasiga muvofiq ushbu schyot bo’yicha quyidagi schyotlar ochilishi mumkin: 5810 – «Qimmatli qog’ozlar» 5830 – «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» 5890- «Boshqa joriy investitsiyalar». Korxonalarda 5810- «Qimmatli qog’ozlar» schyotida aktsiya, davlat va maxalliy zayomlarning foizi obligitsiyalarga bir yildan kam muddatga qilingan investitsiyalarning holati hisobiga olib boriladi. Korxonalar daromadli va barqaror faoliyat yurituvchi boshqa bir korxonalar aktsiya yoki obligatsiyalarni bir yildan kam muddatga xarid qilganda 5810- «Qimmatli qog’ozlar» schyoti rag’batlanib, 5110 – «Hisob-kitob» schyoti, 27
5210- «Valyuta schyoti» yoki boshqa material va har xil qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlar kreditlanadi. Ushbu qimmatli qog’ozlarni sotish va qayta sotish jarayonida 9220- «Bank aktivlarini sotilishi va turli chiqimi» schyoti debetlanib, 5810 – «Qimmatli qog’ozlar» schyoti kreditlanadi. 5830 –«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotida korxonalarning boshqa bir korxonaga bergan qisqa muddatli qarzlarining harakati hisobiga olinadi. Ushbu berilgan qarzlarga quyidagicha: debet 5830- «Berilgan qisqa mudatli qarzlar» schyot, kredit 5110- «Hisob-kitob schyoti» yoki boshqa schyotlar yozuvi beriladi. Korxonalar bergan qarzlari qaytarib berilganda 5110- «Hisob-kitob schyoti» debetlanib, 5830 - «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyoti kreditlanadi. 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» schyotida korxonalarning mamlakat va chet el valyutalarida omonat sertifikatlari, banklardagi depozit schyotlariga qilingan investitsiyalarning va boshqa joriy investitsiyalarning harakati hisobiga olinadi. Korxonalarda 5800-»Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» schyoti bo’yicha analitik hisob investitsiyalar va ob’ektlarning turlari bo’yicha ya’ni sotib olingan qimmatli qog’ozlar turlari va ularni chiqargan korxonalar bo’yicha yuritiladi. Masalan, korxonalar 5810- «Qimmatli qog’ozlar» schyotida alohida «Davlat obligatsiyalari» maxalliy zayom obligatsiyasi», «Korxonalar obligatsiyasi», shuningdek aktsiyaning turlari bo’yicha «Oddiy aktsiyalar» va «Imtiyozli aktsiyalar» uning ob’ektlari ochib, ularning harakatini hisobga oladilar. 5830- «Berilgan qisqa muddatli qarzlar» schyotida analitik hisob qarzlarini olgan korxonalar bo’yicha berilgan qarzni qaytarib olish muddatlari bo’yicha yuritiladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling