Toshkent moliya instituti hisob va audit fakulteti «buxgalteriya hisobi» kafedrasi
-chizma. Hisob siyosatining tarkibiy jadvali
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
xizmat korsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobi va auditning xususiyatlari
4-chizma. Hisob siyosatining tarkibiy jadvali.
Xizmat ko’rsatuvchi korxonalarda buxgalteriya hisobini rivojlantirishda ular tomonidan mustaqil qabul qilingan hujjatlar ham alohida ahamiyatga ega. Bularga buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar va boshqa ichki tartibni belgilovchi hujjatlarni kiritish mumkin. Ta’kidlaganimizdek, bunday hujjatlar asosan boshqaruv hisobi hususiyatlarini ifodalaydi va korxona boshqaruvining talablaridan kelib chiqadi. Shuning uchun hisob siyosatini ishlab chiqishda ichki tartib-qoidalarni ifodalovchi boshqaruv qarorlarini to’g’ri qabul qilish, buyruq va farmoyishlarni chiqarishda aniqlikka rioya qilish zarur. Mamlakatimizning xizmat ko’rsatuvchi korxonalari buxgalteriya hisobini rivojlantirishda qabul qilingan milliy standartlar ham muhim ro’l o’ynaydi. Biroq, qabul qilingan buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqishda asosan rivojlangan mamlakatlar tajribasiga tayanilgan, xolos. Ularda 1-darajada
O’zbekiston Respublikasining ,,Buxgalteriya hisobi to’g’risida’’gi va boshqa qonunlari
2-darajada O’zbekiston respubliksi Vaziarlar Mahkamasining Qarorlari
3-darajada O’zbekiston Respublikasi bauxgalteriya hisobining milliy standartlari
4-darajada Nizom va yo’riqnomalar (vazirlik, uyushma, kompaniya va boshq.)
5-darajada Korxona darajasidagi qarorlar, buyruqlar farmoyishlar
47
ifoda etilgan konseptual asoslar respublikamiz iqtisodiyotida hali to’la sinovdan o’tmagan. Mamlakatimiz buxgalteriya hisobi milliy standartlarining qabul qilinishi korxonalarda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda hisob yuritish tartibini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Jumladan, 21-sonli «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi»ni amaliyotga joriy etishning o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Ushbu kamchiliklardan biri mazkur standart asosida yangi schyotlar rejasini tarmoq va tarmoqlararo miqyosga mo’ljallangan tizimini ishlab chiqishdir. Ayniqsa, savdo –tijorat korxonalarining o’ziga xos hususiyatlarini inobatga olgan holda bu soha uchun yangi schyotlar rejasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Savdo korxonalarida bu muammoning hal etish tovarlar harakatini, ularni sotish xarajatlarini, ko’rsatilgan xizmatlar tannarxini to’g’ri hisobga olish va aniqlashga imkon beradi. Chet mamlakatlarning iqtisodiy siyosati bizga to’liq mos kelmasligi mumkin lekin biz ulardan o’zimizga keraklisini olsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Xalqaro hisob amaliyotida buxgalteriya hisobining quyidagi uchta iqtisodiy modeli mavjud: Britan-amerika modeli; Kontinental model; Janubiy Amerika modeli. Britan-amerika modelining asosiy maqsadi buxgalteriya hisobini investor va kreditorlarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilish hisoblanadi. Bu model AQSH, Buyuk Britaniya, Avtraliya, Kanada mamlakatlarida qo’llaniladi. Kontinental model Yevropa va Yaponiya kabi kontinental mamalakatlar sanoatining rivojlanishiga asos qilib olingan. Bu modelning maqsadi hukumat talablarini qondirish, shuningdek soliq hisobiga oid masalalarni amalga oshirishdan iborat. Undan Fransiya, Germaniya, Shvetsariya, Shvetsiya,
48
Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Belgiya, Gretsiya, Daniya va Misr kabi mamlakatlar hisob amaliyotida foydalaniladi. Uchinchi model Janubiy Amerika mamlakatlarida hisob yuritish qoidalarini belgilab berish uchun asos vazifasini bajaradi. Uning asosiy mohiyati soliq siyosatini oqilona amalga oshirishga ko’maklashish va buxgalteriya hisobotini rejalashtirish ishlarini tashkil qilishdan iborat. Mazkur model Argentina, Braziliya, Paragvay, Peru, Urugvay, Chili kabi mamlakatlar hisob amaliyotida qo’llaniladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling