Toshkent Moliya instituti II bosqich ммт-90i гуруҳи “Moliya va moliyaviy texnologiyaлар” ta’lim yo‘nalishi talabasi Latifjonov Sherzod Turobjon o‘g‘liga


Download 15.09 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi15.09 Kb.
#1324893
Bog'liq
Sherzod (2)

Toshkent Moliya instituti II bosqich ММТ-90i гуруҳи “Moliya va moliyaviy texnologiyaлар” ta’lim yo‘nalishi talabasi Latifjonov Sherzod Turobjon o‘g‘liga

TAVSIYANOMA


Latifjonov Sherzod Turobjon o‘g‘li 2004-yil 15-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Rishton tumanida ziyoli oilada tavallud topgan, millati o‘zbek. Latifjonov Sherzod Turobjon o‘g‘li 2021-yil Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlab, shu yilning o‘zida Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi va hozirda mazkur yo‘nalishnining II bosqichida tahsil olib kelmoqda.
Latifjonov Sherzod O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va sport tadbirlarini tashkil etishda o‘zining salohiyati, mehnatkashligi, faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdosh talaba-yoshlar o‘rtasida o‘zining o‘rniga ega.
Latifjonov Sherzod Turobjon o‘g‘li institut fanlarini a’lo baholarda o‘zlashtirish bilan birga Respublika fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etib kelmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida “Matematika” fanidan faxrli o‘rinni egallagan. Shu bilan birgalikda Sh.Latifjonov Respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda o‘zining qator maqola va ilmiy tezislari bilan faol ishtirok etib kelmoqda va sertifikatlar bilan taqdirlangan.
Latifjonov Sherzod o‘ziga nisbatan talabchan talaba bo‘lib, institutdagi o‘qish jarayoniga katta mas’uliyat bilan qaraydi va hozirda fakultetdagi ingliz tili guruhida ta’lim olib kelmoqda.


Moliya fakulteti dekani i.f.d., prof. F.Muxamedov
Download 15.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling