Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil
Korxonaning asosiy faoliyatidan foydaga omillar
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.6. Davr xarajatlari tahlili Davr xarajatlari
- Boshqaruv xarajatlari
- Boshqa operatsion xarajatlar
- Davr xarajatlari tarkibi tahlili O‘tgan davr uchun Hisobot davri uchun Ko‘rsatkichlar
- 8.7. Moliyaviy xarajatlar va daromadlar tahlili
- Aksiyalar ushlovchisi daromadi
- Boshqa qimmatli qog‘ozlar
- Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi T/r Ko‘rsatk ich nomi
- Korxona aktivlari rentabelligining umumiy formulasi
Korxonaning asosiy faoliyatidan foydaga omillar ta’sirining qo‘shma jadvali № Ko‘rsatkichlar - omillar Summa (mlnso‘m)
O‘tgan yilgi asosiy faoliyatdan foyda og‘ishi jumladan +317,2
1 Sotilgan mahsulot hajmi +271,7
2 Sotilgan mahsulot bahosi o‘zgarishi +164,1
3 Sotilgan mahsulot, tovar, xizmatlar tannarxi -323,5
211
4 Sotish xarajatlari +11,7
5 Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlari +43,8 6 Boshqa operatsion xarajatlar va daromadlar +149,4
Hisobot davri uchun korxonaning asosiy faoliyatidan foyda – 1307,7 mln so‘m ; o‘tgan yil uchun – 990,5 mln so‘m ; o‘tgan yildan og‘ish – 317,2 mln so‘m.
8.6. Davr xarajatlari tahlili Davr xarajatlari – korxona xarajatlari hisobi tizimida yangi ko‘r- satkich. Unga boshqaruv xarajatlari, sotish xarajatlari, umumxo‘jalik yo‘nalishidagi boshqa xarajatlar, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba- sinov ishlanmalari uchun xarajatlar kabi ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlar mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha korxona faoliyatiga bog‘lanmagan, lekin mahsulot (ish, xizmat) sotish bo‘yicha asosiy faoliyat bilan bog‘liq. Ular boshqacha tarzda operatsion xarajatlar deb yuritiladi. Ular mahsulot sotish hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi, aksincha, vaqt bilan, xo‘jalik faoliyatining davomiyligi bilan ko‘proq darajada bog‘langan. Ushbu xarajatlar o‘zlari yuzaga kelgan hisobot davrida jamlanadi va hisobdan chiqariladi.
8.1-chizma. Davr xarajatlari tasnifi
XARAJATLARI Sotish xarajatlari Boshqaruv xarajatlari NIOKR, ishlab chiqarishga tayyorlash, boshqaruvni takomillashtirish va boshqalar uchun xarajatlar Boshqa operatsion xarajatlar 212 Shunday qilib, davr xarajatlari quyidagi xususiyatlarga ega: • Boshqacha tarzda operatsion xarajatlar deb yuritiladi. • Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq emas. • Korxonaning asosiy faoliyati bilan bog‘liq. • Joriy hisobot davrida moliyaviy natijalar kamayishi hisobiga qo‘shib yoziladi. • Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarida kelgusi davrlarga o‘tkazilmaydi. Mahsulot sotish xarajatlari: • o‘rash, saqlash, jo‘natish punktigacha tashish xarajatlari, reklama xarajatlari; • sotish bozorlarini o‘rganish bo‘yicha xarajatlar; • yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari sotish bo‘yicha boshqa xarajatlar. Boshqaruv xarajatlari: • boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari; • haqiqatda ishlay boshlagunga qadar mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotgan holatda qonunchilikda o‘rnatilgan qo‘shimcha to‘lovlar; • belgilangan xizmat muddatini ado etganligi uchun bir martalik mukofotlar; • korxona boshqaruv apparati xodimlari va uning tuzilmaviy bo‘linmalarini saqlash xarajatlari; • boshqarmaning texnik vositalari, aloqa vositalari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlari va boshqarmaning ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan boshqa texnik vositalarini saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari; • ma’muriy yo‘nalishdagi asosiy vositalar (bino, inshootlar va boshqalar) ni saqlash va ta’mirlash uchun xarajatlar, shuningdek, ular bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari; • belgilangan me’yorlar doirasida va ulardan tashqari boshqaruv xodimlarining xizmat safarlari uchun xarajatlar. Boshqa operatsion xarajatlar: • tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi fondlarni ta’minlash va ishlatish bilan bog‘liq joriy xarajatlar; • kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari; 213 • konsultatsion, informatsion va auditorlik xizmatlari to‘lovi; • boshqaruv xodimlariga mukofotlar; • pensiyalarga ustama haqlar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir martalik nafaqalar; • Xodimlarning jamoat transportida ish joyiga qatnovi uchun, idora transporti uchun to‘lovlar; • to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlarni saqlash xarajatlari; • me’yorlar doirasida va ulardan tashqari tayyor mahsulot va ishlab chiqarish zaxiralarini qayta baholash natijasida yo‘qotishlar; • sud xarajatlari; • boshqa korxonalar, shuningdek, ayrim shaxslar bilan hisoblashishlar bo‘yicha shubhali qarzlardan zararlar. Shubhali qarzlar miqdori qonunchilikka muvofiq zaxiralanadi; • da’vo muddati tugagan debitorlik qarzlari va undirilishi deyarli imkonsiz boshqa qarzlarni hisobdan chiqarishdan zararlar; • hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillar bo‘yicha operatsiyalardan zararlar; • tabiiy ofatlardan kafolatlanmagan sezilarsiz yo‘qotishlar; • aybdorlar aniqlanmagan o‘g‘irlashdan zararlar yoki aybdor tomon hisobiga zaruriy miqdorni undirish imkonsiz bo‘lgan zararlar; • korxonaning asosiy vositalari va boshqa mulklarini sotishdan moddiy zararlar. Baholashda davr xarajatlarining vertikal (tuzilmaviy) tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Vertikal tahlil maqsadi davr xarajatlarining umumiy miqdorida alohida xarajatlarning ulushini hisoblashdan iborat. Nisbiy ko‘rsatkichlarga o‘tish bir sohadagi turli tashkilotlarning, shuningdek, turli soha tashkilotlarining ko‘rsatkichlarini taqqoslashga imkon beradi. Nisbiy ko‘rsatkichlar inflyatsion jarayonlarning salbiy ta’sirlarini ham bartaraf qiladi. Ko‘rib chiqilayotgan davr uchun davr xarajatlari umuman 42,1 mln so‘mga yoki 4,3% ga oshgan. Davr xarajatlari tarkibida strukturaviy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Ma’muriy xarajatlarning ulushi keskin oshgan bo‘lsa, sotish xarajatlari sezilarsiz oshgan. Boshqa operatsion xarajatlarning ulushida pasayish kuzatilgan.
214 8.5- jadval Davr xarajatlari tarkibi tahlili O‘tgan davr uchun Hisobot davri uchun Ko‘rsatkichlar summa, mln so‘m salmog‘i, % summa, mln so‘m salmog‘i, % Mutlaq o‘zgarish O‘sish sur’ati , % Davr xarajatlari – jami, Jumladan 971,3 100 1013,4
100 +42,1
104,3 Sotish xarajatlari 54,2 5,6 66,3 6,5 +12,1 122,3
Ma’muriy xarajatlar 381,7 39,3 506,2 50 +124,5 132,6
Boshqa operatsion xarajatlar 535,4 55,1 440,9 43,5 -94,5 82,3
Foyda miqdori mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat- ning moliyaviy natijalariga ham sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi. Bu, avvalo, investitsion va moliyaviy faoliyatdan daromadlardir. Investitsion faoliyat deganda, investitsiyalash va investitsiyalarni amalga oshirish tushuniladi. Bunda investitsiyalar sifatida pul mablag‘lari, maqsadli bank qo‘yilmalari, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, jumladan tovar belgilari, kreditlar, ixtiyoriy boshqa mulk yoki mulkiy huquq, foyda olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari obyektlariga jalb qilingan intellektual qimmatliklar namoyon bo‘ladi. Investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari sifatida quyidagilardan foydalaniladi: • investorning o‘z moliyaviy va ichki xo‘jalik zaxiralari (foyda, amortizatsiya ajratmalari va boshqalar); • byudjetdan tashqari fondlardan beg‘araz asosda ajratmalar; • qo‘shma tashkilotlarning ustav kapitalida moliyaviy yoki o‘zgacha ishtirok shaklida, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yilmalar shaklida taqdim etiladigan chet el investitsiyalari; • turli shakldagi qarz mablag‘lari, chet el investorlari kreditlari, obligatsion zayomlar, banklar va boshqa institutsional investorlarning kreditlari; 215 • investitsion fondlar va kompaniyalar, sug‘urta jamiyatlari mablag‘lari, shuningdek, veksellar va boshqa mablag‘lar. Manbalarning dastlabki uch guruhi loyiha tashabbuskorining xususiy kapitalni vujudga keltirsa, to‘rtinchi guruh qarz kapital hisoblanadi. Qo‘yilmalar obyektlari bo‘yicha quidagilar farqlanadi: • mulkiy investitsiyalar (moddiy investitsiyalar), ular tashkilotlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi, ya’ni uskuna va jihozlar, bino, inshootlar, moddiy zaxiralarga investitsiyalar; • moliyaviy investitsiyalar, masalan, aksiyalar, qimmatli qog‘ozlar xarid qilish; • nomoddiy investitsiyalar – kadrlar tayyorlash,tadqiqotlar, reklama va boshqalarga investitsiyalar. Moliyaviy xarajatlar obligatsiyalar, aksiyalar, tashkilotlarga foydalanish uchun berilgan pul mablag‘lari (kreditlar, qarzlar) va boshqalar bo‘yicha foiz to‘lovlarini o‘zida aks ettiradi. Aksiyalar ushlovchisi daromadi dividend miqdori va aksiyalarga joylashtirilgan kapital narxi o‘sishi tufayli yuzaga keladi. Dividend miqdori aksiyalar miqdori va bir aksiya uchun dividend darajasiga bog‘liq bo‘lib, uning miqdori aksiyadorlik korxonasining rentabellik darajasi, davlatning soliq amortizatsion siyosati, kredit uchun foiz stavkasi darajasi va boshqalar bilan belgilanadi. Tahlil jarayonida dividendlar dinamikasi, aksiyalar kursi, bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan sof foyda o‘rganiladi, ularning o‘sish yoki pasayish sur’atlari o‘rnatiladi. Boshqa qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar)dan daromadlar sotib olingan obligatsiyalar, sertifikatlar, veksellar, ularning qiymati va foiz stavkalari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 8.8. Rentabellik ko‘rsatkichlari tahlili
Korxonalarning natijaviyligi va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi nafaqat mutlaq, balki nisbiy ko‘rsatkichlar bilan ham baholanadi. Xususan, rentabellik ko‘rsatkichlari tizimi keyingisiga oid sanaladi. Keng ma’noda rentabellik tushunchasi foydalilik, daromadlilikni anglatadi. Agar mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdan daromadlar 216 ishlab chiqarish xarajatlarini qoplasa, bundan tashqari korxonaning normal faoliyat yuritishi uchun yetarli miqdorda foyda shakllansa, korxona rentabelli hisoblanadi. Rentabellikning iqtisodiy mohiyatini faqatgina ko‘rsatkichlar tizimini tavsiflash orqali yoritish mumkin. Ularning umumiy ma’nosi – joylashtirilgan kapitalning bir so‘mi uchun foyda miqdorini aniqlashdan iborat. Rentabellik darajasi turli-tuman funksiyalarni bajaradi, aynan esa: • korxonaga joylashtirilgan mablag‘larning o‘zini qoplashini aks ettiradi; • ishlab chiqarishni kengaytirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni ta’minlaydi; • korxonaning kredit va qarzlari qaytarilishini ta’minlaydi, ya’ni uning to‘lov qobiyatiga imkon yaratadi; • ishlab chiqarishning ijtimoiy tarmog‘ini rivojlantirishga imkon beradi, ya’ni korxona va tashkilotlarning xodimlarini bozor munosabatlari taraqqiyotining salbiq oqibatlaridan himoyalashni ta’minlaydi; Rentabellik ko‘rsatkichlari tizimi, O‘zbekiston Respublikasi tegishli organlarining rasmiy hujjatlari asosida ularni aniqlash metodikasini ko‘rib chiqamiz. Masalan, korxonalar bankrotligi va sanatsiya masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining 1997 yil 17 aprelda tasdiqlangan “Moliyaviy tahlil bo‘yicha uslubiy tavsiyalar”ida korxonalar rentabelligining quyidagi ko‘rsatkichlari tavsiya qilinadi: mahsulot sotish rentabelligi koeffitsiyenti, asosiy vositalar rentabelligi koeffitsiyenti, xususiy kapital rentabelligi koeffitsiyenti, permanent kapital rentabelligi koeffitsiyenti, aylanma kapital rentabelligi koeffitsiyenti. 1997 yil 10 dekabrda korxonalarning iqtisodiy nochorligi ishlari bo‘yicha Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jalik korxonalari moliyaviy tahlili bo‘yicha uslubiy tavsiyalar” va “Qishloq xo‘jalik korxonalarini iqtisodiy nochor deb topishning vaqtinchalik tartibi”da rentabellik darajasini baholash uchun mahsulotlar rentabelligi koeffitsiyenti va aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti taklif etiladi. Korxonalar rentabelligi bo‘yicha tavsiya qilingan ko‘rsatkichlarni o‘rganish quyidagi xulosalarga olib keladi: 217 • rentabellik ko‘rsatkichlari tizimini shakllantirishga yondashuvlar turlicha, tavsiya qilingan ko‘rsatkichlarning miqdori 2 tadan 7 tagacha; • korxonalar rentabellik darajasini baholash bazasi yetarlicha asoslanmagan ravishda tanlangan. Tavsiya qilingan rentabellik ko‘rsatkichlarining aksariyati sof foyda miqdori bazasida aniqlanadi, bu esa umuman noto‘g‘ri; • ko‘pincha rentabellik ko‘rsatkichlari tizimiga uning darajasini baholashga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ko‘rsatkichlar kiritilgan; • rentabellikning ayni bir ko‘rsatkichi turlicha talqin qilinadi va ta’riflanadi, masalan, sotish rentabelligi, mahsulot sotish rentabelligi, savdo rentabelligi. Korxonalar hisobotida bir nechta foyda ko‘rsatkichlari aks ettirilganligi uchun, undan foydalanuvchilar olib borilayotgan tahlil maqsadlariga bog‘liq ravigda rentabellik ko‘rsatkichlarining butun boshli qatorini hisoblashlari ham mumkin. Rentabellikni hisoblashning umumiy formulasi: 100%
. F R V ґ = Bu yerda, F – korxona foydasi; V – rentabellik hisoblanadigan ko‘rsatkich. Suratda quyidagilar keltirilishi mumkin: • yalpi foyda; • soliqlar to‘langunga qadar foyda; • sof foyda. Maxrajda: • korxona aktivlari; • o‘z kapital; • o‘zgaruvchan kapital (o‘z kapital va uzoq muddatli qarz mablag‘lari miqdori); • joriy aktivlar; • asosiy ishlab chiqarish fondlari; • ishlab chiqarish fondlari (asosiy ishlab chiqarish va aylanma ishlab chiqarish fondlari miqdori); • sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi; • sotishdan tushumlar. 218 Ko‘rsatkichlar tarkibining katta miqdori va ularning birikmasidan amaliy hamda analitik faoliyatda rentabellikni hisoblash uchun foydalanish, bir tomondan, moliviy-xo‘jalik faoliyat murakkabligi oqibati hisoblansa, boshqa tomondan – olingan natijalarning muvofiq talqin qilinishini murakkablashtiradi. Amaliyotda korxonalarning faoliyat samaradorligini to‘liq tavsiflovchi quyidagi rentabellik ko‘rsatkichlari ajratib ko‘rsatiladi (8.6-jadval). 8.6-jadvalda sanab o‘tilgan rentabellik ko‘rsatkichlaridan tashqari o‘z mablag‘lari, moliyaviy qo‘yilmalar, alohida mahsulotlar rentabelligi farqlanadi. Qayd qilish joizki, bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda odatda har yili savdo palatasi, sanoat assotsiatsiyalari yoki hukumat tomonidan rentabellik ko‘rsatkichlarining “normal” qiymatlari haqida axborot chop etiladi. O‘z ko‘rsatkichlarini yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan kattaliklar bilan taqqoslash korxonaning moliyaviy holati haqida xulosa qilishga imkon beradi. Korxona faoliyatining natijaviyligini tashqi baholashda xarajatlarning 1 so‘miga qancha sotishdan foyda to‘g‘ri kelishini ko‘rsatuvchi xarajatlar unumi (R6) kabi foydalilikning an’anaviy ko‘rsatkichlari tahlili alohida qiziqish uyg‘otmaydi. Aktivlar rentabelligi (R1) va xususiy kapital rentabelligi (R2) tahlili yanada informativroq sanaladi. Korxonalar umumiy iqtisodiy faoliyatining sintetik ko‘rsatkichlaridan biri iqtisodiy rentabellik (R1) hisoblanib, uni aktivlar rentabelligi deb atash ham qabul qilingan. U korxona 1 so‘mlik mulk hisobida qancha foyda olishiga oid savolga javob beruvchi eng umumiy ko‘rsatkichdir. Xususan, uning darajasiga aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyalar uchun dividendlar miqdori bog‘liq bo‘ladi. Kapitalning (moliyalashtirish manbalaridan qat’iy nazar korxonaning barcha moliyaviy resurslari) qiymat birligiga foyda miqdorini aks ettiruvchi rentabellik tavsiflari tizimida jami kapital rentabelligi anchayin umumiy ko‘rsatkich sanaladi. Aktivlar rentabelligi ko‘rsatkichida tahlil davridagi joriy faoliyat natijasi (foyda) korxonada mavjud asosiy va aylanma mablag‘lar (aktivlar) bilan taqqoslanadi. Xuddi shu aktivlar yordamida korxona faoliyatining kelgusi davrlarida ham foyda oladi. Foyda, asosan, mahsulot (ish, xizmatlar) sotish natijasi hisoblanadi. Mahsulot sotishdan tushum – aktivlar qiymati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan ko‘rsatkich bo‘lib, tabiiy hajm va sotish narxidan vujudga keladi, ishlab chiqarish va sotishning tabiiy hajmi esa mulk qiymati bilan belgilanadi.
219 8.6-jadval Rentabellik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash tartibi T/r Ko‘rsatk ich nomi Hisob lash usuli Iz oh 1 Korxonaning jami aktivla ri
rentabelligi R1=Sof foyda / korxona aktivlarining o‘rtacha qiymati x 100%
R1=s270(2-shakl) / s400(2-shakl) x 100 Korxona aktivlari (mulki) dan foydalanish samarado rlig
ini ko‘rsatadi 2 Joriy aktivlar rentabelligi R2 = Soliqlar to‘langunga qadar foyda /joriy aktivlarning o‘rtacha miqdori x100 R2=s240(2-shakl) / s390(2-shakl)x 100 Joriy aktivga joylashtirilgan bir so‘mdan korxona qancha foyda olayotganligini ko‘rsatadi 3 Investitsiyalar rentabelligi R3 = Soliqlar to‘langunga qadar foyda / xususiy kapitalning o‘rtacha miqdori + uzoq muddatli majburiya tlarn
ing o‘rtacha qiymati x 100 R3=s240(2-shakl) / s 480 + s 570 + 580 ( 2-shakl) x 100%
Uzoq muddatga korxona faoliya
tig a kiritilga n kapitaldan foydalanish samarado rlig
ini ko‘rsatadi 4 Xususiy kapital rentabelligi R4 = Soliqlar to‘langunga qadar foyda / xususiy kapitalning o‘rtacha miqdori x 100% R4=s240(2-shakl) / s480(2-shakl)x 100 Foydaning o‘z kapitalga nisbatini aks ettira di. R4 dinamikasi aksiyalarning kotirovka darajasiga ta’sir ko‘rsatadi 5 Savdo rentabelligi R5 = Yalpi foyda / mahsulot sotishdan sof tushum x 100% R5=s030(2-shakl) / s010(2-shakl)x 100 Sotilgan mahsulo t birligiga qancha foyda to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi
220
6 Xarajatlar qaytimi R6 = Sof foyda / sotilgan mahsulot tannarxi x 100% R6=s030(2-shakl) / s020(2-shakl)x 100 Bir so‘mlik xarajatga qancha foyda to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi 7 Oddiy faoliyatdan buxgalteriya rentabelligi R7= Soliqlar to‘langunga qadar foyda / mahsulot sotishdan sof tushum x 100% R7=s240(2-shakl) / s010(2-shakl)x 100 Soliqlar to‘langunga qadar foyda darajasini ko‘rsatadi 8 Ishlab chiqarish rentabelligi R8 = Sof foyda / ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha qiymati R8= s270(2- shakl)/s171(3-shakl) +s140(2-shakl) x100% Ishlab chiqarish fondlarining qanchalik samaradorlig ini
ko‘rsatadi 9 Asosiy kapital rentabelligi R9 = Soliqlar to‘langunga qadar foyda / asosiy kapitalning o‘rtacha qiymati x 100% R9=s240(2-shakl) / s130(2-shakl)x 100 Asosiy kapital samarado
rlig ini ko‘rsatadi 10 Iqtisod
iy o‘sish barqarorligi koeffitsiy enti
R10 = [Sof foyda]- [aksiyadorlarga to‘langan dividendlar]/ asosiy kapitalning o‘rtacha qiymati x 100% R10=s240(2-shakl) - dividendlar / s480(2- shakl)x 100 Moliyav
iy-xo‘jalik faoliyati hisobiga xususiy kapital qanday sur’at bilan ortayotga nligin
i ko‘rsatad i
221 Korxona aktivlari rentabelligining umumiy formulasi: 100 .
Ra A × = Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling