Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil
Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili Naturada ishlab chiqarish, dona Salmog‘i, % Qiymat ifodasida ishlab chiqarish, ming so‘m Nav Birlik uchun ulgurji narx, so‘m. reja haq. Reja bajarilishi, % reja haq. reja haq. Oliy
2500 1420 1490 104,9 56,35 59,84 3550 3725 Birinchi 2200 1100 1000 90,9 43,65 40,16 2420 2200 Jami
X 2520 2490 98,8 100 100 5970
5925 71 1. O‘rtacha navlilik koeffitsiyenti: Reja bo‘yicha 5 9 7 0 m in g so ‘m 0, 9 4 8 2 5 0 0 * 2 5 2 0 = .
5925 ming so‘m 0,952
2500* 2490 = . 2. Mahsulot birligining o‘rtacha sotilgan bahosi: Reja bo‘yicha 5 9 7 0 m in g so ‘m 2 3 6 9, 0 3 so ‘m . 2 5 2 0 =
Hisobot bo‘yicha 5925 ming so‘m 2379, 5 so‘m. 2490
=
Sifat ortishi hisobiga o‘rtacha narx 10,47 so‘mga oshgan. (2379,5 – 2369,04). Sifatning mahsulotlar hajmiga ta’siri: (2379,5 – 2369,04)*2490 = +26,045 ming so‘m. Mahsulotlarning navli tarkibining uni ishlab chiqarish hajmiga qiymat ifodasida ta’sirini hisoblash uchun mahsulot ishlab chiqarish tarkibi tahlilida qo‘llaniladigan usullardan ham foydalanish mumkin. 3.11-jadval ma’lumotlari bo‘yicha ushbu hisoblashni mutlaq farqlar usulida bajaramiz.
Oliy nav 2500 56,35
59,84 +3,49
87,25 Birinchi nav 2200 43,65
40,16 -3,49
-76,78 Jami X
100 100
- 10,47
Nav belgilangan mahsulotlarning barcha turlari bo‘yicha shunga o‘xshash hisoblash bajariladi, natijalar umumlashtiriladi. Mahsulot sifatini oshirishning muhim shartlaridan biri detallar, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlar yaroqsiz bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi. Yaroqsizga chiqarishdan yo‘qotish odatda mahsulot tannarxi tahlili jarayonida tadqiq qilinadi.
72 Reklamatsiya yetkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga rioya qilmaslikka doir e’tirozlarni ma’lum darajada tavsiflaydi. Reklamatsiya mahsulotlardagi nuqsonlarni bartaraf qilish, texnologiyalar va mahsulotlar konstruksiyasini yaxshilash, yuqori sifatli materiallarni qo‘llash va boshqalar bo‘yicha tezkor choralar qabul qilish uchun signal hisoblanadi. Mahsulotlar butligi, deganda tayyor mahsulotning mazkur turi uchun zaruriy instrumentlar, detallar va moslamalar majmui mavjudligi tushuniladi. Masalan, traktor, avtomobil yoki boshqa mashina agar tegishli instrumentlar va ehtiyot qismlari bilan ta’minlangan bo‘lsa, iste’molchilar uchun jo‘natishga tayyor hisoblanadi. Qonun but bo‘lmagan mahsulotlarni jo‘natish va ularni hisobotga kiritishni taqiqlaydi. Shuning uchun ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish hamda hamkor korxonalarga uzellar, detallar, priborlar, ehtiyot qismlari, instrumentlar va moslamalar yetkazib bermaslik sabablarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
1. Mahsulot (ish, xizmat) hajmi tahlilining vazifalari nimalardan iborat? 2. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi tahlili ketma-ketligini bayon qiling. 3. Ishlab chiqarish tarkibi va mahsulot hajmiga strukturaviy o‘zgarishlar ta’siri tahlilida qanday usullar qo‘llaniladi? 4. Mahsulotlar assortimenti tahlili metodikasini tavsiflang. 5. Mahsulotlar assortimenti tahlili maqsadi nimalardan iborat? 6. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi tahlili usullarini aytib bering. 7. Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi buzilishining salbiy oqibatlarini sanab bering. 8. Mahsulot sotish hajmi tahlilida qanday vazifalar hal qilinadi? 9. Shartnoma majburiyatlarini bajarish tahlili qanday maqsadda va qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi? 10. Mahsulot sotishning zararsiz hajmi tahlili korxonalar faoliyatini boshqarishda qanday ahamiyatga ega? 11. Mahsulot sotish hajmi o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir qiladi?
73 12. Yetishmagan ko‘rsatkichlarni hisoblang va assortiment rejasi bajarilishini baholang, tahlil qiling va xulosa yozing.
narxlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so‘m Ishlab chiqarish strukturasi, % Mahsulot nomi reja haq. reja haq. Reja bajarilishi, % Struktura bo‘yicha og‘ishish, % (+,-) Assortiment hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot 1 2 3 4 5 6 7 8 A 12800
12860
12800 B 4500 4370
4370 V 3900 4200
3900 Jami 21200 21430
21070 13. Quyidagi ma’lumotlar bo‘yicha mahsulot hajmiga strukturaviy o‘zgarishlar ta’sirini hisoblang, tahlil qiling va xulosa yozing.
hajmi, dona Mahsulot strukturasi Reja narxida mahsulot i/ch, mln so‘m Mahsulot Mahsulot birligining ulgurji narxi, so‘m reja haqiqatda reja haqiqatda reja haqiqiy mah sulot reja struktur ada haqiqatda Strukturaviy o‘zgarishlarning mahsulot hajmiga ta’siri, ming so‘m A
700 18285,7
18371,4
B
350 12857,0
12485,7
C 750
5200,0 5600,0
Jami
36342,7 36457,1
14. Yetishmagan ko‘rsatkichlarni hisoblang va mahsulot ishlab chiqarish maromiyligiga baho bering, tahlil qiling va xulosa yozing.
Oktabr
83,2 112,0
124,8 320,0
100 Noyabr
80,3 111,2
117,5 309,0
100 Dekabr 85,3 105,7 150,0
341,0
100 IV-kvartal uchun o‘rtacha 82,9 109,6 130,8 323,3
100 74 15. Quyidagi ma’lumotlar bo‘yicha mahsulot sotish hajmi o‘si- shining bazis va zanjirli sur’atini hisoblang, tahlil qiling va xulosa yozing.
O‘sish sur’ati, % Yil Sotish hajmi, ming so‘m Bazis Zanjirli ×××1 90200
×××2 92400 ×××3 93800
×××4 94100 ×××5 96300
sotish hajmiga quyidagi omillar ta’sirini hisoblang: a) yil boshi va oxiri uchun tayyor mahsulot qoldiqlari o‘zgarishi; b) mahsulot ishlab chiqarish o‘zgarishi.
Haq. Omillarning sotish hajmiga ta’siri Yil boshida tayyor mahsulot qoldig‘i 500 550
Mahsulot ishlab chiqarish 10200 11000
Yil oxirida tayyor mahsulot qoldig‘i 450 620
Mahsulot sotilishi
75 IV bob. KORXONALARNING MEHNAT RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIGI TAHLILI 4.1. Mehnat resurslari tahlilining vazifalari, asosiy yo‘nalishlari va axborot manbalari
Iqtisodiyotning zamonaviy rivojlanish bosqichida, reja va o‘tgan davrlarga nisbatan mehnatdan foydalanish jarayonida qanday o‘zga- rishlar sodir bo‘lganligini aniqlab olish zarur. Korxonalarda mehnatdan foydalanish tahlilining asosiy vazifasi shundan iboratki, mehnat unumdorligi o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi, ish vaqti yo‘qotilishiga sabab bo‘luvchi barcha omillar aniqlanadi. Korxonalar faoliyatini tavsiflovchi mehnat ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilardan foydalaniladi: mehnat unumdorligi, xodimlar soni, mehnat haqi fondi va o‘rtacha mehnat haqi darajasi. Mehnat resurslari tahlilining asosiy vazifalari quyidagilar hisob- lanadi:
Mehnat unumdorligi qismida – rejaning bajarilish darajasi va o‘sish sur’ati (dinamika) ni aniqlash; ekstensiv va intensiv omillar, xususan, mehnat unumdorligiga yangi texnikani joriy qilish, ish vaqtidan foydalanish, mahsulotlar assortimenti o‘zgarishi va boshqalar ta’sirini aniqlash; qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish me’yorlari sifati va bajarilish darajasining mehnat unumdorligi darajasiga ta’sirini aniqlash. Mehnat resurslari tarkibi, harakati va mehnat resurslaridan foydalanish qismida – xodimlar soni tarkibi va tarkibini hamda tuzilma o‘zgarishining mehnat unumdorligi, dinamika va harakat ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish. Mehnat resurslari tahlilining maqsadi zaxiralar va foydalanilmagan ichki imkoniyatlarni aniqlash, ushbu zaxiralarni ishga tushirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi. Mehnat ko‘rsatkichlari tahlili uchun asosiy axborot manbalari sifatida quyidagilar xizmat qiladi: mehnat bo‘yicha rejalar, 1 – mehnat shakli “Mehnat bo‘yicha hisobot”, 3-moliya shakli “Tashkilot
76 xarajatlari to‘g‘risida”, ishchilar harakati bo‘yicha kadrlar bo‘limining statistik hisoboti, sexlar, bo‘limlar, korxona xizmatlarining tezkor hisoboti, ishlab chiqarish bo‘linmalari va xizmatlar hamda korxonaning mehnat resurslari bilan bog‘liq boshqa hisobotlar. Tahlilning kompleksliligini ta’minlash uchun statistik hisobotdan tashqari boshqa axborot manbalarini ham jalb qilish talab etiladi: ishlab chiqarish va yaroqsiz mahsulotlarni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatlar, mehnat haqi hisoblash bo‘yicha hisob registrlari, bir martalik kuzatishlar natijalari (fotografiyalar, xronometraj va boshqalar) hamda bir martalik statistik tekshirishlar va hokazo. Mehnat resurslari tahlili quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi: – korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi; – ish vaqtidan foydalanish samaradorligini baholash; – mehnat unumdorligini o‘rganish.
ta’minlanganligi tahlili Korxonaning xodimlar bilan ta’minlanganligi va undan foyda- lanish samaradorligiga mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning tannarxi, foyda va boshqa ko‘rsatkichlar bog‘liq bo‘ladi. Faoliyat yuritayotgan korxonalarda ishlab chiqarish o‘sishiga ayni paytda mavjud yoki undan kamroq ishchilar sonida mehnat unumdorligini oshirish hisobiga erishish lozim. Korxonaning jami xodimlari ikki guruhga ajratiladi: 1. Ishlab chiqarish xodimlari. 2. Noishlab chiqarish xodimlari. Ishlab chiqarish xodimlariga – asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar – korxonaning asosiy faoliyati (mahsulotlar tayyorlash va sanoat xarakteridagi ishlarni bajarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish va korxonani boshqarish va hokazo) bilan bog‘liq faoliyat bilan shu- g‘ullanuvchi shaxslar kiritiladi. Ushbu guruh xodimlari quyidagi toifalarga ajratiladi: ishchilar, xizmatchilar, mutaxassislar va boshqaruv xodimlari. Barcha turdagi transport, bolalar bog‘chasi va yaslilar, madaniy- maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va sport-sog‘lomlashtirish sohasidagi xodimlar noishlab chiqarish xodimlari toifasiga kiritiladi. 77 Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi uning toifalar va kasblar bo‘yicha haqiqatda mavjud ko‘rsatkichini rejadagi ehtiyoji bilan taqqoslash asosida aniqlanadi. Ishchilar soni o‘zgarishini tahlil qilishda mazkur korxona zaruriy mehnat resurslari bilan qay darajada ta’minlanganligini aniqlash zarur. Ishchilarning haqiqatdagi sonini reja bilan shunchaki taqqoslash yo‘li bilan ushbu savolga to‘g‘ri javob olishning iloji yo‘q. Hisobot bo‘yicha ishchilar miqdori rejaga nisbatan kam bo‘lib chiqishi mumkin. Lekin bu ishlab chiqarish mehnat resurslari bilan ta’minlanmaganligini anglatmaydi, chunki korxonaning rejalashtirilgan ishchilar soniga ehtiyoji yangi texnikalarni joriy qilish, qo‘shimcha ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va ishchilarning muayyan miqdorini ozod qilishga imkon beruvchi qator boshqa tashkiliy-texnik tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan qisqartirilgan bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, ishchilarning haqiqatdagi umumiy miqdorining rejaga muvofiqligi ham korxonaning zaruriy mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini anglatmaydi, chunki bir kasb bo‘yicha mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan bir vaqtda boshqa kasblar bo‘yicha yetishmaslik kuzatilishi mumkin. Bundan korxonaning mehnat bo‘limi va kadrlar bo‘yicha materiallari ma’lumotlari bo‘yicha ishchilar tarkibini o‘rganish zarurati yuzaga keladi. Mehnat resurslari ta’minlanganligi va samarali foydalanish tahlili uchun 1- mehnat shakli – “Mehnat bo‘yicha hisobot” statistik shakl qo‘llaniladi. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi analitik jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bilan tavsiflanadi. 4.1-jadvaldan ko‘rinadiki, asosiy faoliyat xodimlarining soni hisobot yilida rejaga nisbatan pasayib, 96,8% ni tashkil qilgan, o‘tgan davrga nisbatan esa – 86,8%. Ishchilar soni rejaga nisbatan oshgan, o‘tgan yilga nisbatan esa kamayib, mos ravishda 114,7% va 92,6% ni tashkil qilgan. Rahbarlar va mutaxassislar soni hisobot bo‘yicha reja darajasida 100% bo‘lgan, o‘tgan yilga nisbatan 75,4%. Tahlil jarayonida ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘rganish zarur. Xodimlar tarkibi tarmoq xususiyatlari, mahsulotlar nomenklaturasi, ishlab chiqarish ixtisoslashuvi va ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi. Xodimlarning har bir toifasi salmog‘i texnika va ishlab chiqarishni tashkil etish taraqqiy etishi bilan o‘zgaradi.
78 Avtomatlashtirilmagan korxonalarda ishchilarning salmog‘i o‘sishi ishlab chiqarish xodimlari tarkibi yaxshilanganligidan darak beradi.
Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik Haqiqatda, % da Xodimlar toifasi O‘tgan davr uchun xodimlar soni Reja bo‘yicha xodimlar soni Hisobot davridagi xodimlar soni Rejaga nisbatan O‘tgan davrga nisbatan Asosiy faoliyat xodimlari 874 784 759 96,8 86,8 Ulardan: Ishchilar 649 524 601 114,7
92,6 Xizmatchilar 172 120
118 98,3
68,6 Rahbarlar va mutaxassislar 53 40 40 100,0 75,4
tirilgan uchastka va sexlar joriy qilinishi mutaxassislar ulushi ortishini talab qiladi. Boshqaruvni takomillashtirish, orgtexnikadan foydalanish bilan xizmatchilar ulushini kamaytirish ta’minlanadi.
Mehnat resurslari tarkibi tahlili Xodimlar tarkibi Salmog‘ining o‘zgarishi, ± o‘tgan yil uchun reja haqiqatda Xodimlar toifasi kishi % kishi % kishi %
nisbatan o‘tgan yilga nisbatan Asosiy faoliyat xodimlari, jami 874 100 784 100 759 100 - -
Ishchilar 649 74,2 524 79,6 601 79,2 -0,4 +5,0
Xizmatchilar 172 19,7 120 15,3 118 15,5 +0,2 -4,2
Rahbarlar va mutaxassislar 53 6,1 40 5,1 40 5,3 +0,2 -0,8
4.2-jadval ma’lumotlari asosiy faoliyat xodimlari tarkibida oldingi va hisobot davrida tarkibiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi. Rejaga nisbatan ishchilar salmog‘ining kamayishi xizmatchilar, rahbarlar va mutaxassislar salmog‘i ortishi bilan bir vaqtda sodir
79 bo‘lgan, o‘tgan yilga nisbatan esa aksincha, ishchilar salmog‘i ortgani holda boshqa toifadagi xodimlarning salmog‘i kamayishi sodir bo‘lgan. Bu korxona boshqaruvi tarkibidagi o‘zgarishlar bilan shartlangan bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar soni kamayishi zarur malakali mutaxassislar mavjud emasligi natijasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonida ishtirokiga ko‘ra, ishchilar, asosiy – bevosita asosiy mahsulot tayyorlash bilan band va qo‘shimcha – qo‘shimcha ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning barcha turlari bilan band – toifaga ajratiladi. Bunday bo‘linish ishchilar sonini tahlil qilish va mehnat unumdorligini yuksaltirishning zaxiralarini aniqlashda jiddiy ahamiyatga ega. Biroq yillik va joriy statistik hisobotda bunday ma’lumotlar keltirilmaydi. Bu turli korxonalarda guruhlashning bir xilligini o‘rnatish qiyinligi bilan, ba’zan esa asosiy va qo‘shimcha toifaga kiritiladigan kasblar ro‘yxati mavjud emasligi bilan izohlanadi. Asosiy toifaga bevosita korxona mahsulotini ishlab chiqaruvchi ishchilar, qo‘shimcha toifaga ishlab chiqarish uchun zaruriy sharoit- larni ta’minlovchi ishchilar va qo‘shimcha sexlar ishchilari (ta’mirlash- mexanik, instrumental, transport, energetik va hokazo) kiritiladi. Ishlab chiqarish talablariga nafaqat xodimlarning umumiy soni, balki uning sifat tarkibi ham mutanosibligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xodimlarning jinsi, yoshi, staji, kasbi, tarif razryadi va to‘lov tizimi bo‘yicha taqsimlanishi haqida statistik hisobot ma’lumotlarini o‘rganish yo‘li bilan tekshiriladi. Korxonalarda ba’zan malakasi kam xodimlar mavjud bo‘lgan holda yetakchi kasb xodimari yetishmaydi. Statistik hisobot, shuningdek, mehnat resurslarini birlamchi hisobga olish ma’lumotlari asosida ishchilarni malaka razryadlari bo‘yicha guruhlash amalga oshiriladi, har bir razryaddagi ishchilar sonining o‘rtacha tortilgani sifatida o‘rtacha tarif razryadi hisoblab chiqarilib, reja hamda o‘tgan davr ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling