Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil
Muomala xarajatlari rejasining bajarilishi tahlili
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish tashkilotlarida iqtisodiy tahlil obyekti
- Qurilish-montaj ishlari re jasi bajarilishi tahlili Bajarilgan ishlar hajmi, mlnso‘m №
Muomala xarajatlari rejasining bajarilishi tahlili
Ko‘rsatkichlar Reja Haqiqatda Farqi Bajarilishi, % Tovar aylanmasi 490050 480225
-9825 98,0
Muomala xarajatlari 125534,48 126267,2 732,68
100,6 Muomala xarajatlarining o‘rtacha darajasi (%da) 25,6
26,3 0,7
102,6 355 Ta’sir etuvchi omillarning hisobi: 1. Tovar aylanmasi o‘zgarishining ta’siri =-9825*25,6/100 = - 2516,84 ming so‘m. 2. Muomala xarajatlarining o‘rtacha darajasi o‘zgarishining ta’siri = 0,7*480225/100 = 3249,52 ming so‘m. Ikkala omilning ta’siri yig’indisi = (-2516,84)+ 3249,52 = +732,68 ming so‘mga muomala xarajatlari o‘sgan. Bu o‘sish tovar aylanmasi rejasining atigi 98% bajarilishi, ya’ni 9825 ming so‘mga bajarilmaganligi muomala xarajatlarini 2516,84 ming so‘mga kamaytiradi. Ammo muomala xarajatlarining o‘rtacha darajasining 0,7% ga o‘sishi ularni 3249,52 ming so‘mga ko‘payishiga olib keldi. Nazorat savollari 1. Raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida savdo tashkilotlarining tutgan o‘rni qanday? 2. Savdo tashkilotlarida iqtisodiy tahlilning xususiyatlari nimalardan iborat? 3. Savdo tashkilotlarida iqtisodiy tahlilning vazifalari nimalardan iborat? 4. Tovar aylanmasi deganda nimani tushunasiz? 5. Chakana tovar aylanmasining umumiy hajmda va tovar guruhlari bo‘yicha bajarilishini tahlil qilish tartibini tushuntirib bering. 6. Tovar balansi nimani ifodalaydi? 7. Tovar aylanmasi hajmining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir etadi? 8. Savdo tashkilotlarining muomala xarajatlari tarkibiga nimalar kiradi? 9. Muomala xarajatlari rejasining bajarilishini tahlil qilish tartibini tushuntirib bering. 10. Muomala xarajatlarining o‘rtacha darajasi qanday aniqlanadi? 11. Muomala xarajatlarining o‘zgarishiga omillar ta’siri qanday aniqlanadi? 356 XVI bob. QURILISH TASHKILOTLARIDA MODDIY VA MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH TAHLILI 16.1. Qurilish obyektlarini ishga tushirish rejasining bajarilishi tahlili Respublikamiz mustaqillikka erishishining dastlabki kunlaridanoq qurilish ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishga hamda uni taraqqiy ettirishga hukumatimiz tomonidan katta e’tibor berib kelinmoqda. Hozirgi kunda respublikamiz hududida kapital qurilish dasturlari keng tarzda amalga oshirilmoqda. Kapital qo‘yilmalar o‘zida yangi Asosiy vositalarni barpo etish, faoliyat ko‘rsatayotganlarni rekonstruksiya qilish hamda kengaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni mujassamlashtiradi. Bugungi raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida qurilish tashkilotlarini samarali boshqarish maqsadida zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda iqtisodiy tahlil ularning murakkab xo‘jalik faoliyatiga obyektiv baho berishga zamin yaratadi. Iqtisodiy tahlilni o‘tkazish jarayonida buyurtmachi tashkilot asosiy fond va noishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan obyektlarga kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish borasidagi xususiyatlarini, shuningdek pudratchining qurilish va montaj ishlari borasidagi xo‘jalik faoliyati xususiyalarini e’tiborga olish zarur hisoblanadi. Buyurtmachi kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni taqsimlovchi bo‘lib hisoblanadi. Uning o‘zi titul ro‘yxatini shakllantiruvchi, ya’ni qurilishi lozim bo‘lgan kapital qurilishlar smetalarini tuzuvchi bo‘lib hisoblanadi. Buyurtmachi qurilishni o‘z vaqtida loyiha-smeta hujjatlari, jihozlar, ayrim turdagi qurilish materiallari bilan ta’minlaydi hamda qurilish-montaj ishlarini tizimli nazorat va texnik tekshiruvlarni amalga oshiradi. Shuningdek, davlat komissiyalari tomonidan tasdiqlangan aktlarga muvofiq bajarilgan ishlarga haq to‘lash va tugallangan obyektlarni qabul qilish bilan shug‘ullanadi. 357 Buyurtmachi, pudratchi va kapital qurilish faoliyati tahlilining umumiy masalalari kapital qo‘yilmalarni hududiy joylashtirish, tarmoqdagi o‘rni (ishlab chiqarish va noishlab chiqarish), yo‘nalishlari (yangi obyektlar va amaldagi obyektlarni rekonstruksiyalash), mulkchilik shakllari va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha turkumlashtirishdan iborat. Yirik hududiy qurilish birlashmalarini tashkil etish barcha ish bajaruvchilarni boshqarishni, ratsional ixtisoslashuv va ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvini, mehnat va moddiy resurslarni boshqarish, topshirilgan dasturga to‘g‘ri keladigan quvvatlarni optimal ravishda shakllantirishni ta’minlash borasida progressiv shakli bo‘lib hisoblanadi. Qurilish tashkilotining barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlari – mahsulot tannarxi, foyda, rentabellik va moliyaviy holat ko‘rsatkichlari bevosita qurilish-montaj ishlari hajmi va sifati bo‘yicha ishlab chiqarish dasturining bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun qurilish tashkilotlari faoliyati tahlili, odatda, qurilish ishlari hajmi va obyektlarni foydalanishga topshirishni o‘rganishdan boshlanadi. Qurilish xo‘jalik faoliyatini tahlil qilinganda ushbu ishlab chiqarish mahsulotlarining xususiyatlariga to‘liqroq ahamiyat berish lozim. Ularga: qurilish-montaj ishlarining bajarilishi, obyektlar qurilishining bosqichlari yoki navbatlari hamda maqsadli foydalanish uchun bitkazilganlari kiritiladi. Qurilishning tugallangan obyekti bo‘lib alohida loyiha va smeta tuzilgan hamda tasdiqlangan binolar, inshootlar yoki sanoat-xo‘jalik kompleksi (zavod, fabrika) hisoblanadi. Foydalanishga topshiriladigan obyektlarning natural o‘lchov birliklari, ularning quvvati hamda qiymatdagi ifodasi ularning smetasida aks etadi. Ishlab chiqarish quvatlarini va qurilish obyektlarini, kapital qo‘yilma rejalari bajarilishini tahlil etishda analitik jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Har bir buyurtmachi bo‘ycha analitik jadvallar tuziladi, ularda natural va qiymat ko‘rsatkichlarida reja bo‘yicha hamda haqiqatdagi ma’lumotlarning rejaga nisbatan farqi va rejaning bajarilish ko‘rsatkichlari aks ettiriladi. Tahlil jarayonida biznes reja bo‘yicha tasdiqlangan barcha obyektlar foydalanish uchun vaqtida topshirilganligi, qaysi obyektlar, ishlab chiqarish quvvatlari, majmualari, Asosiy vositalar nima uchun reja bo‘yicha ishga tushirilmaganligi sabablari aniqlanib ular bo‘yicha dalolatnomalar tuzilmaganligi aniqlanadi. Haqiqatda ishga tushirilgan
358 ishlab chiqarish quvvatlarining natura va qiymat ko‘rsatkichlari loyiha va biznes reja ma’lumotlariga mos kelishi aniqlanadi. Tahlil jarayonida obyektlarning ishga tushirilishi natijasida loyihalashtirilgan unumdorlikka yoki darajaga erishilganligiga alohida e’tibor beriladi. Chunki loyiha quvvatiga qanchalik tez erishilsa, obyektning samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Qurilish jarayonida tahlilni amalga oshirishda ishga tushirish grafiklari bo‘yicha hamda dastlabki hisobot ma’lumolaridan ham to‘liq foydalanishga alohida e’tibor beriladi. Shu ma’lumotlar yordamida obyektlar qurilishining me’yoriy muddatlari bilan rejalashtirilgan muddatlari hamda ishga tushirish, ulardan foydalanish holatlari to‘liq tahlil etiladi. Obyektning ishga tushirilishini rejalashtirilgan muddati biznes rejada, me’yoriy muddati esa obyektning loyihasida o‘z aksini topadi. Obyektlarning haqiqatda ishga tushirilish muddati qurilayotgan obyekt bo‘yicha xarajatlarini buxgalteriya hisobotida hisobga olingan davridan toki shu obyektni ishga topshirilishi bo‘yicha dalolatnomalarni tuziladigan muddatdan iborat bo‘ladi. Shu muddatlar qanchalik bir biriga mos kelsa, ularga sarflangan kapital qo‘yilmalar shunchalik samarali hisoblanadi. Qurilish va qurilish tashkilotlari xo‘jalik faoliyatlarini kompleks tahlil etishning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: • Qurilish ishlab chiqarishining tashkiliy va ilmiy-texnikaviy darajasining o‘zgarishini tadqiq etish. • Qurilish ishlari hajmi va ularni buyurtmachilarga topshirish dinamikasi va reja bajarilishi darajasini baholash. • Qurilish obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari, texnologik jihozlar va buyurtmachining fondlari hamda ajratilgan limitlariga mos keluvchi moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini tekshirish. • Asosiy vositalarni va ishlab chiqarish quvvatlarini hajmi, qiymat va natural ko‘rinishida, ishlar muddati va turlari bo‘yicha foydalanishga topshirish rejasining bajarilishiga baho berish. • Kapital qo‘yilmalar hajmi, tarkibi va manbalari bo‘yicha rejasining bajarilishini aniqlash. • Qurilish-montaj ishlari hajmi o‘zgarishiga omillar ta’sirini aniqlash. • Qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish darajasini hamda qurilish ishlarining mexanizatsiyalashtirilganligiga baho berish. 359 • Qurilish tashkilotlarining foyda va rentabelligi rejalarining bajarilishiga baho berish. • Tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmi, tarkibi va kompleksliligini baholash. • Qurilish tashkilotlarining moliyaviy holatiga baho berish. • Qurilish-montaj ishlari hajmini oshirish bo‘yicha mavjud rezervlarni aniqlash va ularni o‘zlashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish. Qurilish tashkilotlarida iqtisodiy tahlilning axborot manbalariga quyidagilar kiradi: qurilish tashkilotining biznes rejasi, pudrat va subpudrat shartnomalari, loyiha-smeta hujjatlari, alohida ishlarni bajarish reja-grafiklari, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomalari va ma’lumotnomalar, bajarilgan ishlarni hisobga olish jurnali, qabul qilish komissiyalarining dalolatnomalari va hokazo.
Qurilish tashkilotlari mahsuloti hajmi natura, mehnat va qiymat o‘lchovlarida aniqlanadi. Natura o‘lchovi bajarilgan ishning fizik hajmini ko‘rsatadi, ish turiga ko‘ra, turli o‘lchov birliklarida aks ettiriladi(m 2 , m 3 va hokazo). Mehnat o‘lchovi qurilish-montaj ishi hajmini umumiy tavsiflashda qo‘llaniladi. Ish hajmini to‘liq qurilish tashkiloti yoki qurilish uchastkalari bo‘yicha norma-soatlarda aks ettirish mumkin. Qurilish-montaj ishlari hajmining asosiy o‘lchov birligi-qiymat o‘lchovi hisoblanadi. Qiymat o‘lchovi turli ko‘rinishdagi va turdagi bajarilgan qurilish-montaj ishlarini shartnomaviy yoki taqqoslama narxlarda qurilish obyektlari bo‘yicha, komplekslari bo‘yicha,
360 bosqichlari bo‘yicha, buyurtmachilar bo‘yicha umumlashgan o‘lchovda baholash imkonini beradi. Qurilish-montaj ishlari hajmining tahlili uning oxirgi bir necha yillik ko‘rsatkichlari dinamikasini taqqoslama narxlarda o‘rganishdan boshlanadi. Qurilish mahsulotining o‘sish surati bazisli va zanjirli usullarda hisoblanadi. Qurilish tashkiloti faoliyatining barqarorligiga, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yuzasidan ish faolligiga, buyurtmalar portfelini shakllantirilishiga hamda qurilish ishlari bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishiga baho beriladi. Qurilish tashkilotlarida hisobot davrida ishlab chiqarish dasturining bajarilishini baholash qurilish-montaj ishlarining haqiqiy hajmini qurilish tashkiloti, qurilish uchastkalari va qurilish obyektlari bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi. 16.1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 1-qurilish bo‘limida ombor va maktab binosining qurilishidagi rejadan og‘ishishlar bu bo‘limda qurilish-montaj ishlarining 96,4 foizga bajarilishiga olib kelgan Qurilish obyektlari bo‘yicha reja bajarilishining turli darajadaligi tashkiliy ishlardagi mavjud kamchiliklardan dalolat beradi. Tahlil jarayonida reja bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan ichki va tashqi omillar aniqlanadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni natijasiga subpudrat tashkilotlari bajaradigan ishlar ulushining ta’siri ham aniqlanishi kerak. Ko‘p hollarda alohida qurilish obyektlari bo‘yicha rejalarning o‘z vaqtida bajarilmasligiga buyurtmachining aybi bilan moliyalashtirish- dagi uzilishlar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pudrat shartnomalarining bajarilishini nazorat qilish maqsadida alohida buyurtmachilar va yo‘nalishlar bo‘yicha rejalarning bajarilishi tahlil etiladi: sanoat binolari, madaniy-maishiy binolar, uy-joy binolari qurilishlari bo‘yicha va hokazo. Shuningdek, qurilish-montaj ishlarining tuzilmasi ham tahlil qilinadi. Binolar qurilishidagi material sig‘imi, mehnat sig‘imi va fond sig‘imi bo‘yicha farqlanishlar hamda bajariladigan ish turlari qurilish ishlari qiymatiga, tannarxiga, foydasiga va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi. Nisbatan qimmat turuvchi qurilish obyektlari va ish turlarining jami mahsulotdagi ulushining ortishi qiymat ifodasida qurilish mahsuloti hajmining ortishiga olib keladi va aksincha. Ushbu omilning qurilish ishlari hajmiga ta’sirini aniqlash uchun nisbiy farqlar usulidan foydalaniladi. 361 16.1-jadval Qurilish-montaj ishlari re jasi bajarilishi tahlili Bajarilgan ishlar hajmi, mlnso‘m № Ko‘rsatk ichlar reja haqiqatda Mutloq farq Rejaning bajarilishi, % 1 Bosh pudrat shartnomasi bo‘yicha bajarilgan quril ish ishlari qiymati 104000 109600 5600
105,4 2
Subpudrat shartnom asi bo‘yicha bajarilgan quril ish-m
ontaj ishlari hajm i 27200 28960 1760 106,5
3 O‘z kuchi bilan bajarilgan quril ish m ontaj ishlari hajm i, ju
mladan 76800 80640 3840 105,0
3.1 1-qurilish bo‘lim
id a 28640
27616 -1024
96,4 a Bolalar bog‘chasi 4000
4000 0 100,0 b Turar-joy uyi
8960 9600
640 107,1
c Om bor
binosi 5760
4480 -1280
77,8 d Maktab
9920
9536 -384
96,1 3.2 2-qurilish bo‘lim ida
48160 53024
4864 110,1
a Konserva zavodi
8000 8800
800 110,0
b Mol ferm
asi 16000
17280 1280
108,0 c Turar-joy kom pleksi
24160 26944
2784 111,5
362 Buning uchun dastlab qurilish-montaj ishlari hajmi bo‘yicha qiymat ifodasida reja bajarilishi koeffitsiyenti aniqlanadi: 80640
1,05. 76800
q K = = Endi qurilish-montaj ishlari bo‘yicha sarflangan norma-soatlar bo‘yicha reja bajarilishi koeffitsiyentini aniqlaymiz: 242050
1,03. 235000
t K = = Ushbu koeffitsiyentlar o‘rtasidagi farqni qurilish-montaj ishla- rining rejadagi qiymatiga ko‘paytirish orqali tarkibiy o‘zgarishlar hi- sobiga qurilish montaj-ishlari qiymati qanchaga o‘zgarganligi aniq- lanadi: ( ) . ‘ 1,05 1,03 76800 1536 mln. so‘m. tar o zg V Δ = − ∗ = Qurilish me’yorlari va qoidalariga amal qilinishi qurilish-montaj ishlarining sifatini baholash mezoni bo‘lib hisoblanadi. Qurilish ishlari sifati quyidagi ichki va tashqi omillarga bog‘liq: 1. Loyiha-smeta hujjatlarining sifati. 2. Bajariladigan ishlarning sanoatlashganlik darajasi (foydalaniladigan konstruksiya, detal va qismlarning zavodlarda ishlab chiqarilganligi yaroqsiz mahsulotlarning kamayishiga imkon yaratadi). 3. Qurilish ishlarida texnik va texnologik shartlarga qat’iy amal qilinishi. 4. Foydalaniladigan materiallar sifati. 5. Ishchi va muhandis-texnik xodimlarning malakasi. 6. Mehnatni tashkil etish darajasi. 7. Ishlab chiqarish maromiyligi va hokazo. 16.2. Qurilishda mehnat resurslaridan, mashina, mexanizm va boshqa asosiy vositalardan foydalanish tahlili Qurilish-montaj ishlari hajmiga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1. Mehnat omillari (qurilish tashkilotlarining mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va mehnat unumdorligi).
363 2. Mehnat qurollari (qurilishni mashina, mexanizmlar bilan ta’min- lanishi va ulardan samarali foydalanish). 3. Mehnat predmetlari (qurilishni qurilish materiallari bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanish). Qurilish tashkilotlarida ham sanoat va boshqa tarmoqlardagi singari tahlilninig dastlabki bosqichida qurilish tashkilotlarining mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish, ish vaqti fondidan foydalanish, mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari tahlili amalga oshiriladi. Qurilishda muhim mehnat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar quyidagilar: 1. Bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish unumi. 2. Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish unumi. 3. Bir kunda bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish unumi. Ish unumi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun quyidagi jadval tuziladi:
Qurilish-montaj ishlari hajmi (Smeta qiymatida tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishini hisobga olgan holda) (o‘z kuchi bilan bajarilgan) mln so‘m 76800
80640 3840
5,00 Qurilish-montaj ishlaridagi xodimlarning o‘rtacha soni kishi 350 338 -12 -3,43 Shu jumladan, ishchilar kishi 286
280 -6
-2,10 Ishchilar tomonidan ishlangan jami kishi-kunlari kishi
kunlari 68640 66080 -2560 -3,73 Bitta ishchiga bir yilda to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish kunlari (4:3) kun 240 236 -4
-1,67 Bitta xodimga to‘g‘ri keladigan ish hajmi (1:2) mln so‘m
219,43 238,58 19,15 8,73 Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ish unumi (1:3) mln so‘m
268,53 288,00 19,47 7,25 Bir ishchini o‘rtacha bir ish kuniga to‘g‘ri keladigan ish unumi (1:4) mln so‘m
1,12 1,22
0,10 9,07
Ishchilarning jami xodimlardagi ulushi (3x100:2) % 81,71 82,84
1,13 1,38
364 16.2-jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turganidek, hisobot davridagi bitta xodimga to‘g‘ri keladigan ish unumi rejaga nisbatan 19,15 mln so‘mga yoki 8,73 % ga oshgan. Bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ish unumi esa hisobot davrida rejaga nisbatan 19,47 mln so‘mga yoki 7,25 % ga o‘sgan. O‘rtacha bitta xodimga to‘g‘ri keladigan ish unumi bilan, o‘rtacha bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan ish unumining o‘sishi suratini bir biridan farq qilishi shundan dalolat beradiki, ishchilar sonining jami xodimlar tarkibidagi salmog‘i o‘zgargan. Bir ishchini o‘rtacha bir ish kuniga to‘g‘ri keladigan ish unumi rejaga nisbatan 0,10 mln so‘mga yoki 9,07 % ga oshgan. O‘rtacha bitta ishchiga hamda bir ish kuniga to‘g‘ri keladigan ish unumlari o‘sish suratlari farqi (107,25%;109,07%) bo‘lishi shundan dalolat beradiki ish kunlari bo‘yicha yo‘qotishlar bo‘lgan. Ma’lumki, har bitta ishchi rejaga nisbatan o‘rtacha 4 kun kam ishlagan. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, qurilish-montaj ishlari hisobot yilida rejaga nisbatan 3840 mln so‘mga, ya’ni 5 % ga ortgan. Ish hajmini bajarilishiga 2 omil ta’sir ko‘rsatgan. Ta’sir ko‘rsatuvchi omillar farqini topish usulida quyidagicha aniqlanadi. 1. Qurilish-montaj ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar sonining o‘zgarishi.(Ekstensiv omil)-12*219,43= - 2633,14 mln so‘m. 2. Bitta xodimga to‘g‘ri keladigan ish unumini o‘zgarishi ( intensiv omil) 19,15 x 338 = + 6473,14 mln so‘m. Ikkita omilning yig‘indisi -2633,14+6473,14= +3840 mln so‘m ish hajmi bo‘yicha umumiy farqini beradi. Endi yuqorida qayd qilingan omillarni zanjirli bog‘lanish usulida aniqlaymiz, uning uchun quyidagi jadvalni tuzamiz. 16.3-jadval Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling