Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti moliyaviy texnalogiyalar yo
- Jadval. XTTB tomonidan banklarga texnik yordam uchun berilgan kreditning taqsimlanishi12
Download 303.87 Kb.
|
Xamidullayev Omon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komponentlar, zahira va komission to‘lovlar ming $ % hisobida
- Hammasi 25 000 100
2- Jadval.
XTTB tomonidan banklarga texnik yordam uchun berilgan kreditning taqsimlanishi12
Ushbu loyihani amalga oshirsh 2009 yil iyul oyidan boshlandi. Kreditdan samarali foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi XTTB bilan hamkorlikda «Moliya sohasini institutsional rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi dastur ishlab chiqdi. Dasturga ko‘ra kreditdan foydalanish yuqoridagi jadval ko‘rinishida taqsimlandi. Dasturni amalga oshirish uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida Moliya sohasini rivojlantirish Agentligi tashkil etildi. Unga mahalliy kadrlar bilan birga chet el mutaxassislari hamda ekspertlari tanlov asosida ishga taklif qilindi. Ushbu mutaxassislar «O‘zsanoatqurilish banki», TIF Milliy banki, “Asaka bank”, «Ipakyo‘li banki» va“Hamkorbank”ka chet el bankchilik tajribalari bo‘yicha maslahatlar berish bilan birga metadalogik xizmatlar ham ko‘rsatdilar. Bugungi kunda mazkur banklar, u yoki bu darajada kredit xatarlarini boshqarish, strategik rejalashtirish, kredit siyosatini ishlab chiqish, mablag’larni boshqarishni takomillashtirish, buxgalteriya hisobi hamda ichki audit institutini xalqaro andozalar darajasida tashkil etish va hisobotlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha konsalting xizmatlarini oldilar. Ushbu loyihani amalga oshirilishi tijorat banklarida professional xizmatchilarni tayyorlash va u bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlarni boshqarish, shuningdek banklarda zarur strategiyalarni, xususan kredit berish jarayonlarini tezlashtirsh uchun kredit loyihalarining tavakkalchilik darajalarini baholash usullarini, kredit portfelini dversifikatsiya qilish yo‘li bilan kredit risklarini kamaytirish, xalqaro buxgalterlik andozalariga ko‘ra buxgalterlik hisobini yuritish va tayyorlash usullarini va taqdim etilayotgan hisobotlarning sifatini oshirish hamda oshkoraligini ta’minlash, ichki audit xizmati institutini tashkil etish hamda banklarda korporativ boshqaruvni yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha yozma (metadalogik) protseduralar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Bank tizimini rivojlanishida va xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb qilishda banklarda o‘tkazilayotgan tashqi auditning roli bilvosita muhim ahamiyatga egadir. Agentlik 1999 yildan boshlab har yili tanlov asosida bir qator tijorat banklarda xalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda, tashqi audit tekshiruvlari o‘tkazilishini ta’minlab kelmoqda. Shuningdek, audit tekshiruvi davomida auditorlar bank xodimlariga hisobotlar tayyorlashda, moliyaviy hisobotlarni xalqaro andozalarini qo‘llash uslublarini o‘rgatmoqda. Tijorat banklariga taqdim etilayotgan, auditning xalqaro andozalariga muvofiq tayyorlangan auditorlik hisobotlari hamda berilayotgan xulosalar, xalqaro moliya institutlarining banklarda kredit liniyalarini ochish va boshqa hamkorlik turlarini yo‘lga qo‘yishlarida muhim rol o‘ynamoqda. JB o‘z oldiga qo‘ygan ushbu maqsadlarga erishishda, xususiy korxonalarni institutsional rivojlantirish, moliya institutlarini rivojlantirish, qishloqda joylashgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda shahar tarnsportni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish yo‘li bilan amalga oshiriga harakat qilmoqda. Shuningdek, JB mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy (ta’sirini) oqibatlarini yumshatish hamda davlat harajatlarining (effektivligini) unumdorligini oshirishda moliyaviy ko‘mak berish bilan birga texnik yordamlar ham ko‘rsatmoqda. Loyihani amalga oshirishning yana bir asosiy yo‘nalishi bu Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik ba’zasini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi. Xususan, Markaziy bankda xorijiy yuridik maslahatchilarning bergan takliflari asosida 14 ta yangi tahrirdagi asosiy me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bundan tashqari, mazkur loyihaning amalga oshirilishidan ko‘zlangan yana bir maqsad, axborotlashtirish va to‘lov tizimini samaradorligini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishdan iborat edi. Bu ishni amalga oshirishning bir necha yo‘nalishlari rejalashtirildi, xususan, to‘lov tizimini takomillashtirishni zamonaviylashtirilgan moddiy texnika ba’zasidan foydalangan holda banklarda yagona korrespondentlik hisob raqamlarini joriy qilish orqali to‘lovlarni amalga oshirishga erishildi. Shunday qilib Moliya sohasini institutsional rivojlantirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar hukumat tomonidan belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirilishidan erishilgan natijalar: - banklarda xalqaro andozalarga muvofiq buxgalterlik hisob va hisobotini yuritish yo‘lga qo‘yildi, shuningdek ularda ichki audit xizmati instituti tashkil etildi; aniq vaqt ichida hisob kitoblarni amalga oshiradigan takomillashtirilgan zamonaviy to‘lov tizimi joriy qilindi, shuningdek, banklar o‘rtasida so‘nggi hisob kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyati yaratildi va bu bilan banklarda likvidlikni boshqarish yaxshi yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, JB respublikamizga moliyaviy va texnik yordamlar ko‘rsatish bilan birga, uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlilini qilib, o‘zining maslahatlarini berib kelmoqda. Jumladan, u O‘zbekistonda quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil ishlarini olib bormoqda. • hayot darajasini baholash; • mamlakat bo‘yicha iqtisodiy memorandumlar tayyorlash; • davlat harajatlarining tahlili bo‘yicha; • mamlakat moliyaviy hisobotini baholash; • davlat byurtmalari tizimini baholash; Shuningdek, iqtisodiy tarmoqlar bo‘yicha boshqa bir qancha hisobotlar tayyorlab, hukumatga o‘z tavsiyalarini berib kelmoqda. JBning yana bir muassasasi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK) respublikamizda 14 ta loyiha bo‘yicha 46 mln. AQSH dollari qiymatiga teng bo‘lgan investitsiya va kredit portfeliga ega. XMK O‘zbekistonda ABN Amro Gollandiya-O‘zbekiston qo‘shma bankini (hozirda KDB Financial Group Uzbekistan, 2013yildan) tashkil etilishida 1,0 mln. AQSH dollari miqdorida ustav kapitalida shuningdek, «O‘zbek Lizining Interneshnl» qo‘shma korxonasining ustav fondida 0,9 mln. AQSH dollari miqdorida o‘zining investitsiyasiga ega. Shuningdek, Hamkorbank OATBning ustav kapitalida 15 foiz aksiyaga egalik qilmoqda. Bundan tashqari XMK O‘zbekistonda sifatli xalq iste’mol mollarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “O‘zDatchChiz” qo‘shma korxonasi uchun sifatli sir ishlab chiqaruvchi texnika uskunalarini sotib olish uchun 584 ming AQSH dollari miqdorida to‘gridan to‘g‘ri kredit mablag‘i ajratdi. Shuningdek, granit plitalari ishlab chiqaruvchi MCHJ shaklidagi “Osiyo-Granit” korxonasiga texnika asbob uskunalar sotib olish uchun ham 1,2 mln. AQSH dollari qiymatida kredit mablag‘i berdi. Download 303.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling