Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti moliyaviy texnalogiyalar yo


-rasm. Jahon bankining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalari13


Download 303.87 Kb.
bet8/9
Sana18.03.2023
Hajmi303.87 Kb.
#1282095
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xamidullayev Omon

3-rasm. Jahon bankining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalari13
Yuqoridagi ma’lumotlardan (3-rasm) Jahon bankining O‘zbukistonda amalga oshirilayotgan loyihalarini ko‘rishimiz mumkin. Bunda JB ning O‘zbekistonga ajratgan umumiy kreditining 8.9 % ini qishloq xo‘jaliga va agro sanoatga, 37.5%i suv resurslariga, 29.2 % i irigatsiyaga, 24.5 % i boshqa sohalarga kreditlar ajratilgan. Bu albatta agrosanoatni rivojlantirish uchun JB tomonidan ajratilayotgan kreditlar ijobiy ta’sirga ega.
Jahon banki 2013 yilda O‘zbekistonga 82 million dollar ajratdi. Bu haqda mazkur tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takuya Kamata ma’lum qildi. Bu mablag‘ Buxoro viloyatining Olot va Qorako‘l tumanlarida suv ta’minoti tizimini yaxshilashga sarflanadi. Loyiha amalga oshgach, Olot va Qorako‘l tumanida 220 ming aholining suv bilan ta’minlashi yaxshilanadi. Mazkur hududlarda aholining taxminan 80 foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi.
2012-yilning sentabridagi ma’lumotga ko‘ra Jahon banki O‘zbekistonga qishloq xo‘jalik korxonalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 40 million dollar qarz beradi.
Jahon banki tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, mazkur loyihaning birinchi bosqichida 317 qishloq xo‘jalik korxonasiga texnika, ishlab chiqarish uskunalari sotib olish, parrandachilik,baliqchilik va chorvachilikni rivojlantirish uchun qariyib 26 million dollar yo‘naltirilgan.
Bu Bankning Direktorlar Kengashi 2012-yilning 27 martida O‘zbekistonga elektroenergiya iste’molini hisob-kitob qilish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar joriy qilish loyihalarini amalga oshirish uchun $180 mln qarz berish qarorini ma’qulladi. Bu loyiha doirasida Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida 1,2 mln elektro schetchik o‘rnatiladi.
Jahon Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takuya Kamataning aytishicha, zamonaviy elektroschetchiklar va boshqa “aqlli texnologiyalar” elektr energiyasining ishlatilishini yaxshi nazorat qilish imkoni yaratadi. Bu narsa elektr tarqatuvchi shirkatlar uchun ham iste’molchilar uchun ham foydali bo‘ladi.
Shu kungacha Jahon banki O‘zbekistonga 773 million dollar miqdorida qarz bergan.
Hozirgi kunda, XMK O‘zbekistonda XTTB bilan hamkorlikda korxonalarning institutsional rivojlantirish dasturini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Xususan, XMK “Oxangaronsement” va «Qizilqumsement» aksiyadorlik jamiyatlarini zamonaviylashtirish, shuningdek, tijorat banklari hamda telekommunikatsiya sohasini davlat tasarrufidan chiqarish loyihalarini amalga oshirilishida qatnashish ishtiyoqini bildirmoqda. O‘zbekiston respublikasi bu olgan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarib kelmoqda. Bu bilan albatta Jahon bankining ishonchli kreditori va hamkoriga aylanib bormoqda va Jahon banki bilan hamkorlik jarayonida Respublikamiz bu kreditlardan samarali foydalanib kelmoqda.14
Jahon banki O‘zbekiston hukumatiga moliya sektorini isloh qilish maqsadlari uchun 15 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi. Loyihaga ko‘ra, bir qancha davlat banklari xususiylashtiriladi, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun alohida — taraqqiyot banki tashkil etiladi, u eksport qiluvchilarni resurslar bilan ta’minlaydi.
Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekiston uchun yangi imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi. Bu tashkilotning press-relizida qayd etilgan.
Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi moliya sektoridagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston hukumatiga 15 million AQSh dollari ajratadi. Kreditni qaytarish muddati 30 yil, shundan 5 yili imtiyozli davr hisoblanadi.
Islohotlar doirasida quyidagilar rejalashtirilmoqda:

  • davlat ishtirokidagi bir qator banklarni xususiylashtirish;

  • yangi taraqqiyot bankini tashkil etish;

  • kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish;

  • respublika moliya sektorining tabiiy ofatlarga tayyorligini kuchaytirish.

O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan bir paytda uning bank va sug‘urta sohalari bir qator o‘tkir va o‘zaro bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Jami 33 ta bank bo‘lib, shuni 12 tasi davlat tijorat banklari va ular ustunlikka ega. 2021 yil oxiriga kelib iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning 86 foizi ayning ushbu davlat banklari hisobiga to‘g‘ri keldi.
An’anaga ko‘ra, davlat tijorat banklari davlat mablag‘larini ustuvor tarmoqlarga va davlat korxonalariga, boshqaruv va boshqaruv xavflarini belgilamagan hamda davlat sarmoyasiga va kapital kiritish yordamiga muhtoj bo‘lib qolgan holda bozor ko‘rsatkichlaridan pastroq stavkada taqdim etib keladi.
Shuningdek, davlatning tadbirkorlik va fuqarolarning qurg‘oqchilik va ob-havo ofatlaridan ko‘rilgan zararni bartaraf etish imkoniyatlari cheklangani qayd etilgan. Sababi tabiiy xavflardan sug‘urtalash ommalashmagan.
Bundan tashqari, mavjud banklar kichik va o‘rta biznesning sifatli moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondira olmayapti. Bu muammoni hal qilish uchun taraqqiyot bankini tashkil etish ko‘zda tutilgan — u xususan, eksport qiluvchilarni resurslar bilan ta’minlaydi, kafolatlar va sug‘urta bo‘yicha yordam beradi.
“Bank bozori, moliyalashtirish va sug‘urta industriyasidagi islohotlar butun moliyaviy xizmatlar sohasi samaradorligini oshiradi. Bu o‘z navbatida, xususiy tadbirkorlik hisobiga barqaror o‘sishni ta’minlaydi”, — dedi Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.
“Loyiha davlatning banklarni boshqarishdagi bevosita ishtirokini kamaytirishga va yetakchi xususiy banklar tomonidan boshqariladigan yanada samarali, inklyuziv va raqobatbardosh bank tizimini qurishga yordam beradi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq, Jahon banki hisobotida O‘zbekistonda oligarxlar paydo bo‘lish xavfi yuqoriligi, 2025 yilga borib O‘zbekistonda hokimiyatni shaxsiy manfaatlar egallab olish xavfi maksimal darajaga yetishi kutilayotgani haqida yozgan edi.
Bundan tashqari, Jahon banki guruhi 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan yangi hamkorlik dasturini qabul qildi. U uchta strategik maqsadga qaratilgan — xususiy sektorda inklyuziv bandlikni oshirish, inson kapitalini rivojlantirish va «yashil» iqtisodiy o‘sish hisobiga farovonlikni oshirish va barqaror rivojlanish.

XULOSA
Kurs ishini tayyorlash davomida quydagi keltirilgan xulosalarni shakillantirishga muvaffaq bo’ldim jahon iqtisodiyotiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkaza oladigan 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar faoliyat yuritmokda. Ular turli shakldagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish, rivojlantirish va takomillashtirishda muhim rol uynamokda. Shuning uchun ham xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy rivojlanishini ularsiz tasavvur etib bulmaydi.
Xalqaro moliyaviy tashkilotlar jahon valyuta tizimini, xalqaro kredit munosabatlarini, investitsion hamkorlik alokalarni tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Xalqaro Moliya korporatsiyasi alohida o‘ringa ega bo‘lib, rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotli mamlakatlarga texnik va moliyaviy yordam ko‘rsatishda, xalqaro kreditlar ajratishda, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni ta’minlashda yetakchilik qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, xususan EKOSOS, YUNIDO, YUNKTAD, YUNSITRAL kabi tashkilotlar jahon iqtisodiyotida savdoiqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyaga mos va mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish, arzonlashtirish va ularning ochiqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks dastur qabul qilindi.
Bank tizimining barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 2013 yilda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish tadbirlari davom ettiriladi.
Xalqaro valyuta fondi va Jahon bankining texnik ko‘magida Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan yangi standartlarni joriy etish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Respublika moliya-bank tizimi buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini Moliyaviy Hisobotlarning Xalqaro Standartlariga (MHXS) to‘liq moslashtirish borasidagi tadbirlar Jahon bankining texnik ko‘magida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni boshlanish davridan chet el investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik berildi.
Tashqi iqtisodiy soha tarmoqlari mjmuini vujudga keltirmasdan turib, moliya, bank-kredit tashkilotlari, bojxona xizmati ishini xalqaro me’yorlar va talablar darajasida yo‘lga qo‘ymasdan, xalqaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shu nuqtai nazardan ham xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
1. Respublikamizda bank tizimini takomillashtirish;
2. Sug‘urta xizmatlari sohasini rivojlantirish;
3. Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda iqtisodiy indikatorlar haqida holis va ishonchli axborot ta’minoti hamon yaxshi yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Bu masalani hal qilish uchun muqobil va mustaqil nodavlat axborot agentlarini tashkil qilinishi lozim


Download 303.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling