Toshkent moliya instituti «iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot fakulteti


Download 67.63 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi67.63 Kb.
#1370717
  1   2
Bog'liq
Sug\'urta IIKT amaliy


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«IQTISODIYOT» KAFEDRASI
IQTISODIYOT FAKULTETI
IQTISODIYOTDA INFORMATSION - KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR
fanidan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: Sug’urta kompaniyasi uchun AT ishlab chiqarish
O’qituvchi: Azizova M.
Bajardi: SI 74/22 guruh talabasi Toshpulatov Sh.

TOSHKENT 2023


SUG’URTA KOMPANIYASI UCHUN AT ISHLAB CHIQARISH
REJA

1.Sug’urtakompaniyasidaavtomatlashtirilgan axborot tizimlari ta’minoti

2.O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini avtomatlashtirishning ahamiyati










Sug’urta kompaniyasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ta’minoti 
Butun jaxon global tarmogi (Internet) sug’urta kompaniyalarining xizmatlarini tarketuvchi bo`lib faoliyat ko`rsatadi. Hamda mijazlarga xizmat ko`rsatish turini yangilash va sifatini oshirish maqsadida faydalaniladi. Yirik kompaniyalar o`z 
investitsiyalarini. Internet orqali joylashtirmoqdalar foydalanuvchilar (haridorlar)
Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanmokdalar. MORGAN 
STANLEY DEAN WITTER (AKSh) sug’urta okmpaniyasining o’tkazgan statistik tadqiqotlari shuni ko`rsatiki dunyodagi eng yirik kompaniyalar 1999 yil oxiriga qadar WEBning imkoniyatlaridan kam foydalanganlar. Ular asosan o`z saytlarida quyidagi xizmat turlari  haqidagima’lumatlarni joylashtirgan. 
Sug`urta biznesiga AKTni joriy qilish kata ahamiyatga ega bo`lib, sug`urta 
kompaniyalarining AKTga bo`lgan talab va manfaatdorliklari yil sayin ortib bormoqda. Hozirgi  kunda sug`urta biznesini axborotlashtirish quyidagi ko`rinishlarda shakllantiriladi: 
-asosiy biznes  jarayonlarni avtomatlashtirish uchun axborot tizimi majmuasini (ERP-tizimlar) joriy qilish; 
-mijozlar bilan o`zaro munosabatlarni boshqarish tizimlarini 
joriy qilish (CRM-tizimlar va Business Intelligence); -
Internet-sug`urta. 
Sug`urta qiluvchilar o`rtasida polislarni ro`yxatga olish,sug`urtalash va qayt sug`urtalash, brokerlik va agentlik shartnomalarini yuritish, buxgalterlik hisobi va xodimlar ro`yxatini yuritish kabi to`liq funktsiyalar to`plamini o`z ichiga oluvchi ERP- tizimlar zamon talabidan kelib 
chiqqan holda qo`llanilib butunlay boshqaruv tizimini avtomatlashtirishga imkon beradi. ERP-tizimlar sug`urta kompaniyalarida sug`urta shartnomalari, risklar, mukofotlar, to`lovlar , kompaniyalarning statistik va iqtisodiy hisob kitoblari uchun zarur bo`lgan barcha axborotlar haqidagi boshlangich ma’lumotlarni tuplab berish maqsadida keng joriy qilinib, bu tizim 
ma’lumotnoma va klassifikatorlar tuzish, sug`urta shartnomasi va polislarni ro`yxatga olish , qayta sug`urtalash shartnomalarini yuritish, shartnomalarni asosiy ko`rsatkimchlarini kiritish yoki hisob-kitob qilish, barcha shartnomalar bo`yicha hisob-kitoblarni avtomatlashtirish funktsiyalarni o`z ichiga oladi va buxgalterlik, sug`urta hamda qayta sug`urtalash bloklari o`rtasida ikki tomonlama axborot ayrboshlash mavjudligini e’tiborga oladi. 
Sug`urta xizmatlari iste’molchilariga xizmat ko`rsatish sohasida aynan 
zamonaviy AKTlarni joriy kilinishi raqobatchilar bilan ko`rashda kushimcha 
ustunliklarni beradi. Sug`urta tashkilotlarida ERP tizimlaridan tashqari CRM 
(customer relationship management) boshqaruv tizimlaridan hozirgi kunda keng 
foydalanib kelinmokda. CRM – strategiyalari mijozlarga xizmat ko`rsatish, savdo 
va marketing sohasidagi biznes  jarayonlarni avtomatlashtirish va takomillashtirishga imkon beruvchi maxsus texnologiyalar va dasturiy ta’minotlar 
majmuasikurpinishida amalga oshiriladi.Bu esa xizmatlar buyurtmachilariga eng optimal vaqt mobaynida va eng qulay aloqa tarmoqlari orqali daromad keltiruvchi takliflar qilish imkoniyatini beradi. Sug`urta tarmogidagi hozirgi vaziyatda biznes tuzilishini aniq darajada ishlab chiqish, risklarning real darajasini bexato baholash hamda bu risklar bahosini mos holda belgilashga imkon beruvchi Business Intelligence (BI) vositalaridan foydalanish lozimdir. 
Business Intelligence(tadbirkor intellekt) tizimini sug`urta tashkilotlarida joriy qilish analitik axborotlar muxitiga tegishli bo`lgan quyidagi ko`rsatkichlarni samarali ta’minlab beradi: 
-Ma’lumotlarni o`z vaqtida va anik kiritish
-Ma’lumotlar integratsiyasini amalga oshirish;
-Ma’lumotlarni interpretatsiya qilishni soddaligi;
-Ma’lumotlar mutanosibligi; 
-Axborotlardan hamkorlikda foydalanish;
Sug`urtachilar mBusiness Intelligence turidagi dasturiy mahsulotlar yordamida quyidagi ko`rinishdagi jarayonlarni amalga oshirib, bu ularga turli vaziyatlardagi risklarni oldindan aniqlash va boshqarishga imkon beradi:
-manfaatli mijozlarni saralab olish; 
-bo`lib o’tgan yo`qotishlarni taxlil qilish
-mos kelishlikni taxlil qilish; 
-muvofiqlashtirilgan marketingdan foydalanish;
-kompaniya faoliyatini taxlil qilish. 
Ayni damda sug`urta kompaniyalarini instituttsional rivojlantirishdagi eng progressive AKT Internet-sug`urta hisoblanadi. Internet-sug`urta-bu mijozni sug`urta kompaniyasi (bevosita o`zining sayti orqali) bilan kelgusida zarur sug`urta mahsulotini tanlash uchun virtual mulokot qilish va,o`z navbatida joriy xizmatlarni namoyish qilish, sug`urta qoplamalarini olishni Internet-texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirishga imkon beruvchi moliyaviy bozor segmentidir. 
Sug`urta kompaniyalari birinchi bosqichda xususiy Internet saytlarini yaratishlari lozim va bu elektron vizitka funktsiyasini amalga oshirib, unda mijoz bilan aloqalarni urnatish yullari haqidagi ma’lumotlar, litsenziyalar, sotiladigan mahsulotlarning qisqacha tasniflari berib boriladi. Keyingi bosqichda sug`urta kompaniyalari o`z Internet – vakolatxonalarini rivojlantirish yulida e’tiborlarini mukofotlarini onlayn-to`lovlar orqali amalga oshirish, mijozni 
sug`urta ro`yxatiga kirishi va personlashtirilgan ma’lumotlarni yangilab borish kabi yo`nalishlardagi sug`urta xizmatlariga qaratishlari lozim. 
Ayni damda respublikamiz sug`urta kompaniyalari Internet sug`urta segmentidagi Internet muxitida ikki yo`nalishdagi biznes yechimlardan biridan foydalanib faoliyat yuritish imkoniyatiga 
ega bo`ladilar: 
-Internet bilan bog`liq risklarni sug`urta qilish (kiberjinoyatchilik; 
-elektron qurilmalarni sug`urta qilish;
-moliyaviy risklarni sug`urta qilish;
-turli ko`rinishdagi javobgarliklarni sug`urta qilish va boshqalar). 
O`zbekistonda Internet sug`urtani rivojlantirilishi istiqbolli ahamiyatga ega bo`lib, O`zbekiston Respublikasida 2003 yil dekabr oyida qabul qilingan «Elektron raqamli imzo haqida», 2004 yil may oyida qabul qilingan «Elektron tijorat haqida» «Elektronhujjat aylanishlar tizimi» haqidagi qonunlar bu tizimni rivojlantirishning huquqiy asoslari hisoblanadi. Yangi turdagi bunday xizmatlarni joriy qilish kelgusida sug`urta xizmatlari bozori xajmining o`sishi, mijozlarga samarali va sifatli xizmatlar ko`rsatish, kompaniya daromadlarini o`sishiga shu bilan birga raqobatbardoshligini oshishi, sug`urta kompaniyasini tashki bozorda ham samarali faoliyat yuritish imkoniyatlariga ega bo’lishlariga xizmat qiladi. 
Sug'urta - bu sizni kutilmagan hodisa natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan zararni tiklash uchun zarur bo'lgan pul bilan ta'minlaydigan moliyaviy vosita. Boshqacha qilib aytganda, sug'urtani sug'urtalashda sizga falokat, baxtsiz hodisa yoki bizga u yoki bu tarzda ta'sir qiladigan har qanday kutilmagan hodisadan kelib chiqadigan zararni tiklashga imkon beradigan pul himoyasi beriladi.

Download 67.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling