Toshkent moliya instituti iqtisodiyot nazariyasi fanidan mustaqil ish


Download 25.25 Kb.
Sana25.04.2020
Hajmi25.25 Kb.
#101258
Bog'liq
DBG'I50 Ne'matov Z. IN Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIMI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN



MUSTAQIL ISH

Mavzu: Investitsiyalar samaradorligi. Multiplikator samarasi

Bajardi: DBG’i-50 guruh talabasi

Ne’matov Zikrullo

Tekshirdi: Abduxalilova Saboxat

Reja:


  1. Investitsiya xususiyatlari va turlari.

  2. Investitsiyaning samaradorligi.

  3. Multiplikatorning samarasi.

Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir. Ko‘pchilik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar Investitsiyani qarz deb tushunadi. Davlat qarzi hisoblab chiqilganda Investiitsiyalar hisobga olinmaydi.

Investitsiya iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoklarga, ijtimoiyiqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzok, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, Investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saklab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan I. turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va b. boʻlishi mumkin.

Uning quyidagi turlari mavjud: davlat Investitsiya si — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el Investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy Investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fukarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) Investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) Investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan Investitsiya, ; real Investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, q.x., qurilish va b.) soxa-siga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzok, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida Investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing , bevosita chet el Investitsiyalari, ipoteka, byud-jetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.

Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita Investitsiya faol oʻsib bormoqda: 1980-y.lar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik I. hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-y.lar oʻrtalariga kelib Investitsiya hajmi 2 trln. dollardan oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda Investitsiyadan samarali foydalanilmoqda. Oʻzbekiston Respulbikasida 1996 yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hiso-biga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el Investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat I. dasturini qabul qiladi. Respublika iktisodiyo-tiga Investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy Investitsiya ni amalga oshiradigan xususiylashtirish Investitsiya fandlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000 y.da moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. soʻm, shu jumladan, 810 mln. AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3% ni respublika byudjeti, 39,1% ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5% ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7% ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4% ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada Investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1995 y. 5 may), "Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida" (1998 y. 12 dek.), "Chet ellik investorlar huquklarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Lizing toʻgʻrisida" (1999 y. 14 apr.), "Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquklarini himoya qilish toʻgʻrisida" (2001 y. 30 avg .) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti b-n bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli Investitsiya ni, ayniqsa, chet el Investitsiya larini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy Investitsiya larni sugʻurtalash sohasida 1994 y.da tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.

Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. 

Moliya Investitsiyalar — qimmatli qogʻozlar (aksiyaobligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq muddatga jalb qilingan qiyilmatlar. Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va boshqalar.

Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi:



  1. Ichki investitsiyalar.

  2. Tashqi investitsiyalar.

Ichki investitsiyalar — mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi. 

Tashqi investitsiyalar — foyda olish maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qo'yiladigan investitsiyalardir.

Investitsion sarflarning ko'payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o'sishiga olib keladi. Bu o'zaro natija multiplikator samarasi deyiladi. Multiplikator amarasi - bu sof milliy mahsulotdagi o'zgarishning sarflaridagi (investitsiyalardagi) o'zgarishga nisbati.




Investitsion sarflardagi uzgarish
SMM dagi o'zgarish = multiplikator x Investitsiyalardagi o'zgarish.

Investitsion sarflardagi o'zgarishdan tashqari iste'mol, davlat xaridi yoki eksportdagi o'zgarishlar ham multiplikator samarasiga ta'sir ko'rsatadi.

Mul'tipikator samarasi najita holatga asoslanadi. Birinchidan, iqtisodiyotda bir subyekt tamonidan qilingan sarf, boshqasi tomonidan daromad shaklida olinadi. Ikkinchidan, daromaddiga har kanday o'zgarish iste'mol va jamg'arishda xuddi shunday yo'nalishda o'zgarish bo'lishiga olib keladi.

Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi gullardan tashqari balans usulidan va «xarajat va natija» larni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.



Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.

«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab iqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori olingan mahsulot hajmi bilan taqqoslanib muvozanatlik darajasi taxlil qilinadi.
Download 25.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling