Toshkent moliya instituti jo„rayev a. S., Safarov g„. A., Meyliyev o. R. Soliqlar va soliqqa tortish
Kassk maktab rVoj anshi bosqChari
Download 0.51 Mb.
|
Soliqlar va soliqqa tortish
Kassk maktab rVoj anshi bosqChari
1-bosqCh XVI I asr oxri vaXVI I I asr boshi 2-bosqCh XVI I I asr oxri va XIXasrboshi 3-bosqCh XIX asrnng 1-yarmi 4-yakunlovchi bosqichXIX asrning 2- yarmiga to’g’ri keladi Angliya jahonda eng rivojlangan va sanoatlashgan davlatga aylana boshladi, iqtisodiyotda va ijtimoiy hayotda kapitalistik munosabatlar xal qiluvchi o‘rinlarni egalladi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xo‘jaligi va tez o‘sayotgan sanoat mavjud edi, faol tashqi savdo olib borilardi. Yangi jamiyatga xos sinfiy ajralish yaqqol bo‘lib, ishchilar, sohibkorlar, yer egalari - lendlordlar va fermerlar bor edi. Kapitalning dastlabki jamg‘arilishi natijasida yirik markazlashgan manufakturalar va kapitalistik fermalar tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Agar XVIII asr boshida mamlakat xali agrar holatda bo‘lsa, sanoatning iqtisodiyotdagi hissasi tobora tez o‘sib bordi. Angliya industrial agrar davlatga aylandi. Manufakturalar soni oshdi, ulardagi ishchilar soni ko‘paydi, ishchilarning ahvoli nihoyatda og‘ir bo‘lib, qattiq ekspluatatsiyaga duchor qilindi. Asr o‘rtasida Angliya boshqa mamlakatlarga nisbatan manufakturadan fabrikaga o‘tishga yaqin turar edi. Angliya sanoat inqilobi arafasida edi. Mamlakatning sanoat mahsulotlari jahon bozorida yuqori baholangan va talab tobora ortgan, ammo davlat tomonidan kiritilgan savdo-sotiqdagi protektsionizm siyosati, feodalizm davridagi bir qancha tartib va cheklashlar, qonunlar davr talabiga javob bermay qo‘ydi, ularning borligi kapitalizm rivojiga to‘sqinlik qilar edi. Angliya sanoati egalari erkin sohibkorlik faoliyatini kuchaytirishni, feodalizm qoldiqlarini tugatishni talab qilardi. Shu sababli sohibkorlar sinfi yangi kapitalistik ishlab chiqarish usulini ilmiy jihatdan to‘la tahlil qiladigan iqtisodiy ta‘limotlarga muhtoj edi. Shunday qilib, XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi choragida Buyuk Britaniyada boshqa davlatlarga nisbatan iqtisodiy g‘oyalarning rivojlanishi uchun nihoyatda qulay sharoitlar yuzaga keldi, bu g‘oyalar A.Smit va D.Rikardo ta‘limotlarida o‘z aksini topdi. Bu olimlar o‘zlaridan avvalgi merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm g‘oyalarini mukammal o‘rganib, shular asosida yangi iqtisodiy maktabning shakllanishini nihoyasiga etkazdilar. Aslini olganda ular bozor iqtisodiyoti asosini yaratdilar. Sanoat inqilobi dastlab engil sanoatda, xususan, to‘qimachilik sohasida boshlandi va mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi. J.Key to‘quv mokisini, 1733 yilda J.Hargrivs o‘z qizining nomi bilan atagan «Jenni» mexanik to‘quv dastgohini kashf etdi. Mexanik K.Vud uni 1772 yilda takomillashtirdi, 1783 yilda esa S.Krompton «myul-mashina»ni yaratdi, 1785 yilda E.Kartrayt mexanik to‘quv stanogini ijod qildi, bu dastgoh 40 odamning ishini bajarardi. R.Arkraydning to‘quv mashinasi esa bu sohaning unumdorligini keskin oshirdi. Ishlab chiqarishning energetik bazasi kul va suv oqimidan 1782 yilda J.Uatt tomonidan ishlab chiqilgan bug‘ mashinasi ihtiyoriga o‘tishi muhim o‘zgarish bo‘ldi, bu mashina asosida 1805 yilda bug‘ kemasi-paroxod yaratildi, 1811 yilda J.Stefenson parovoz yasadi, 1830 yilda esa Manchester-Liverpul temir yo‘li qurildi. Metallurgiya sohasida 1735 yilda A.Derbi pistako‘mir o‘rniga toshko‘mirdan foydalanib, domna pechidan nisbatan sifatli va ko‘proq miqdorda metall olish yo‘lini topdi. J.Uilkinson hamma narsa, ko‘prik, quvur va hatto paroxod ham metalldan bo‘lishi kerak, degan g‘oyani ilgari surdi. Temirdan paroxod yasalganida uning suvda so‘za olishiga xech kim ishonmadi. Sanoat inqilobi iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda keskin o‘zgarishlarga olib keldi. 1701-1802 yillar oralig‘ida to‘qimachilik rivoji tufayli Angliyada paxta tolasidan foydalanish 6000 foizga o‘sdi. 1788-1838 yillarda cho‘yan eritish 68 ming tonnadan 1347 ming tonnagacha oshdi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling