Toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti "bank ishi" kafedrasi


Download 419.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana09.01.2022
Hajmi419.37 Kb.
#260484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
XOLDOROV SHERZOD OYBEK OGLI tijorat banklarida qollaniladigan kreditlash shakllari va ularni amalga oshirishtartibi

                      

KIRISH

          Mavzuning   dolzarbligi  Hozirda   mamlakatimizda   jadal     ijtimoiy   va

iqtisodiy   islohotlar   kechmoqda.   Har   bir   sohada   jumladan   iqtisodiyot   va   uning

“lokomotivi”   bo‘lgan   bank   tizimi   sohasida   ham   xalqaro   andozalarga   mos,

rivojlangan   mamlakatlar   tajribasidan   o‘tgan   yangi   islohotlarni   tadbiq   etish

2



birlamchi maqsad qilib belgilangan. 

Albatta,   iqtisodiyotning   rivojlanishi   uning   o‘sish   sur’atlari   bevosita

bank   tizimi   rivojiga,   uning   xizmatlar   ko‘lamining   kengayishiga   to‘g‘ri

bog‘liqlikda   kechadi.   Zero,   prezidentimiz   Sh.   M.   Mirziyoyevning   tashabbusi

bilan   ishlab   chiqilgan   2017-2021   yillarda   O‘zbekiston   Respublikasini

rivojlantirishning     beshta     ustuvor     yo‘nalishi   bo‘yicha   harakatlar     strategiyasi

ishlab   chiqildi   va   bunda   aynan   bank   tizimini   isloh   qilishni   chuqurlashtirish

va   barqarorligini   ta’minlash,   banklarning   kapitallashuv   darajasi   va

depozit   bazasini   oshirish,   ularning   moliyaviy   barqarorligi   va   ishonchliligini

mustahkamlash,   istiqbolli   investitisiya   loyihalari   hamda   kichik     biznes   va

xususiy   tadbirkorlik   sub’ektlarini   kreditlashni   yanada   kengaytirish

keyingi   besh   yillikda   amalga   oshiriladigan   asosiy   vazifalardan   biri   qilib

belgilanganligi ham bejiz emas.

1

 Aynan mana shu strategik maqsadlarga erishish



yo‘lida   prezidentimiz   Sh.M.Mirziyoyevning   2017-yil   2-sentabrda   PF-5177-sonli

“Valyuta siyosatini  liberallashtirish  bo‘yicha  birinchi navbatdagi  chora tadbirlar

to‘g‘risida”gi   farmoni,   12-sentabrda   PQ-3270-sonli   “Respublika   bank   tizimini

yanada   rivojlantirish   va   barqaroroligini   oshirish   chora   tadbirlari   to‘g‘risida”gi

qarori,   13-sentabrda   esa   PQ-3272-sonli   “Pul   kredit   siyosatini   yanada

takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi yana bir qarorlari qabul qilindi.  Bu

qaror   va   farmonlarning   ijrosi   o‘laroq   mamlakatimizda   erkin   xorijiy   valyuta

konvertatsiyasi   yo‘lga   qo‘yildi,   banklardan   ularning   vazifasiga   kirmagan   lekin

ularni qiynab kelgan bir qator vazifalar olib tashlandi, fiskal va monetar siyosat

uyg‘unlashtirilib inflatsion targetlash amaliyotga joriy etildi.   Albatta, bularning

barchasi bank tizimi va iqtisodiyot   rivoji yo‘lidadir.

So‘ngi   yillarda   respublikamiz   bank   tizimi,     yuqori   o‘sish   sur’atlari   bilan

rivojlanmoqda. Xususan tijorat   banklari jami   aktivlari so‘ngi  5 yilda   qariyb 5

baravar oshib  2017  yil  so‘ngida  166  trln   632  mln  so‘mga  yetdi va yiliga

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini



yanada   rivojlantirish   bo‘yicha   harakatlar   strategiyasi   to‘g‘risida.   O‘zbekiston   Respublikasi   qonun   hujjatlari

to‘plami. - Toshkent, 2017. - № 6 (766).

3



o‘rtacha 35% ga o‘sib kelmoqda. Banklarimizning kreditlash amaliyoti ham yil

sayin kengayib, aktivlarga monand ravishda so‘ngi 5 yillikda tijorat banklarining

kredit qoldig‘i 5 baravar oshib 2017 yilda 110 trln 572 mlrd so‘mga yetdi va o‘tgan

yilga nisbatan 2 baravar oshgan bo‘lsa, 5 yillikda o‘rtacha 40% lik o‘sish sur’atini

qayd   etib  kelmoqda.

2

  Albatta,   bundan  banklarimizning   kreditlash   amaliyotining



jadallik bilan salomoq jihatdan kengayib borayotganini ko‘rish mumkin. Ammo

bu   sohada   yuksalishlar   bilan   bir   qatorda   kamchiliklar   ham   yo‘q   emas.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Mamlakatimiz bank tizimi

va   bozor   infratuzilmasining   boshqa   organlari   faoliyati   samaradorligini   oshirish

ham dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Afsuski, hozirgi kunda ularning faoliyati

bugungi   hayot   va   iqtisodiy   islohotlar   talablaridan   ancha   ortda   qolmoqda”.

3

Mamlakatimizda   iqtisodiyotning   kreditlar   bilan   ta’minlanganligi,   yani



iqtisodiyotga   yo‘naltirilgan   bank   kreditlarining   yalpi   ichki   mahsulotdagi   ulushi

Jahon   banki   tavsiya   etgan   eng   kam   me’yor   –   60%   dan   ancha   pastligi,   (2016

yilgacha   26%   dan   oshmagan   2017-yilda   esa   amalga   oshirilgan   devalvatsiya

natijasida   xorijiy   valutada   berilgan   kreditlarning   so‘mdagi   qiymati   2   barobar

ortishi natijasida 44% ga ko‘tarildi), tijorat banklarimizning zamonaviy kreditlash

shakllari:   forfeyting,   faktoring,   kontokorrent,   overdraft,   kredit   kartalari   orqali

kreditlash,   kabilardan   foydalanish   amaliyotining   rivojlanmaganligi   kabi   holatlar

bank tizimimizning ojiz nuqtalaridir. Aynan mana shu holatlar bitiruv malakaviy

ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi. 


Download 419.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling