mahsulotiga nisbatan ulushini, boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, iqtisodiyotdagi
ulushiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, quyidagi holatga guvoh bo‘lamiz – jami bank
(O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki).
aktivlari 2016-yilda 84075 mlrd so‘m bo‘lib YaIM ga bisbatan ulushi 42,2 % ni
tashkil etgan, 2017-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 24% dan ortiqroqqa o‘sib 66,9 %
ni tashkil etgan holda 166631,8 mlrd so‘mga yetganligini ko‘rishimiz mumkin.
E’tiborimizni respublikamiz tijorat banklarining kredit qo‘yilmalariga qaratadigan
bo‘lsak, bunda ham yuqori o‘sishni kuzatishimiz mumkin. 2016-yilda jami kredit
qo‘yilmalari 52610 mlrd so‘mga yetib, YaIM ga nisbatan ulushi 26,4 % ni tashkil
etgan va 2015-yilga nisbatan 1,5% ga ortganini ko‘rishimiz mumkin. 2017-yil
yakuniga kelib esa kredit qo‘yilmalarining qoldig‘i sezilarli darajada yuqori o‘sdi,
2016 yilga nisabatan ikki barobardan ortiqroqqa o‘sib 110000 mlrd so‘mdan ortib
ketdi va YaIM ga nisbatan ulushi ham 44,4 % ni tashkil etdi ammo bunday yuqori
o‘sishning asosiy sababi 2017-yil 5-sentabrda amalga oshirilgan milliy valyutamiz,
so‘mning qariyb 100 foizlik devalvatsiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: